O’z so'z demakning manfaatida va ko'p so’zning mazarratida. Navoiy yigitlik davrining ijodiy mahsuli bo’lmish bu qit’ada etuk aqlu farosat va ma’naviy kamolot nishonlari aks etgan. Qit’a nutq odobi mavzusida. U uch baytdan iborat. Mutaqoribi musammani maqsur vaznida yaratilgan:
Faulun faulun faulun faul
V - - v – v - v - - v -
Qit'aning g'oyaviy mazmuni sarlavhadanoq anglashiladi. U shunchaki sarlavha emas, balki qit'aning uzviy bir qismi. Chunki undagi mazmun qit'ada takrorlanmaydi va aksincha. Sarlavhaning o'zi ikki qarama-qarshi qutbdan iborat. Biri oz so’zlashning foydali, ikkinchisi sergaplikning zararli ekanligidan saboq beradi. Bu pandomuz mazmunning tushunarli va ta’sirchan bo'lishi uchun zid ma'noli so'zlar tanlangan: oz so'z ko'p so'z, manfaat — zarar: Demak, sarlavhada mavzu qo'yiladi va lining badiiy talqini boshlanadi.
Keyingi baytlar sarlavhadagi badiiy mazmunning izchil rivoji sifatida har biri mustaqil va tugal ma'noga ega bo'ladi. Birinchi baytda ham sarlavhadagidek tilni ehtiyot qilish haqida umumiy fikr bayon qilinadi. Ikkinchi, uchinchi baytlar esa mazkur fikrni sharhlash, badiiy asoslash uchun xizmat qiladi.
Bu ikki bayt oz so'zlash fazilatining alohida jihatlarini izohlaydi:
Nazar qilki, o'q og'zi tilsiz uchun,
Qilur tojvarlar bila dastbo's.
Ushbu bayt o'q tilsizligi tufayli tojdorlar bilan qo'lma-qo'l ko'rishish sharafiga muyassarligi asosida, kam gapirish, hatto, iloji bo'lsa, gapirmay ish bitirish ma'qulligidan dalolat beradi:
Necha tojvardur, kesarlar bosh in,
Chu hangomsiz nag'ma tortar xuro's.
So'nggi bu bayt esa faqat kerakli o'rin va fursatda gapirish joizligidan, bemavrid gapirgan kishining tili boshiga yetajagidan kafolat beradi.
Qit'a yaxlitligicha tamsil san'ati asosiga qurilgan. U zamondoshlarimizni tilga e'tibor bilan munosabatda bo'lishga ehorlaydigan ma'naviy-axloqiy ahamiyatga ega.
Lug’z «Lug'z» asli arabcha so'z bo'lib, yashirin ma'noli gapni anglatgan.
Istiloh sifatida «lug'z» Sharq adabiyotidagi lirik janrlardan birining atamasidir. Fors-tojik adabiyotida bu janrga nisbatan «chiston» atamasi qo'llanadi. O'zbek mumtoz adabiyotida esa ikkala ma'nodosh nom «nazmiy topishmoq» ma'nosida baravar ishlatilgan. Alisher Navoiy lirik merosida o'nta lug'z mavjud. Qalam, tanga, igna, miqroz, o'q, anor, bel, yumurtqa, poki, parvona kabi jism va jonivorlarga bag'ishlangan bu lug'zlar dastlab «Badoye ul-bidoya» devoniga joylashtirilgan, keyinchalik esa «Xazoyin ul-maoniy»ning «Badoye ul-vasat» devoniga ayrim juz'iy islohlar bilan ko'chirilgan. «Xazoyin ul-maoniy»da ular «chistonlar» sarlavhasi bilan berilgan.
Janr qonuniyatiga ko'ra, lug'z yozayotgan shoir muayyan narsa yo jonivorning xususiyaUarini shoirona tasvirlaydi, biroq uning nomini pinhon tutadi. Zehni o'tkir she'rxon mutolaa jarayonida tasvirda qaysi narsa nazarda tutilayotganligini qiynalmay ilg'ab oladi. Navoiyning lug'z yaratish mahoratini o'rganish uchun uning birgina anor haqidagi lug'zini tahlil etib ko'raylik.
Sohir tabiat yaratgan mo'jizalardan biri anor bo'lib, jahon adabiyoti tarixi uning tasviriga bag'ishlangan go'zal asarlar ruvohidir. Anorning tashqi va ichki tuzilishi, rangi, mazasi, ttliil'obaxsh xosiyatining o'ziyoq talay manzara she'rlarga asos bo'lgan. Anorning san'atkorona tasviri o'zbek adabiyotida dastlab Alisher Navoiy ijodiyotida ko'zga tashlanadi. «Lug'z» (nazmiy topishmoq) janrida yaratilgan bu tasvir quyidagicha:
Ne mijmardur, to'la axgar, vale ul mijmar andomi
Erur sun' ilgidin gohe musaddas, gah musamman ham.
Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim, oning
O'tig'a dud yo'qtur, mijmarig'a balki ravzan ham.
O'tu mijmar dema, bor ul sadafkim, durlarin oning
Evurdi qong'a davroni musha'bid charxi purfan ham.
Agar bu nav' emas, bas ne uchun barmoq kuchi birla
Bo'shar jismi, oqar qoni, anga majruh o'lub tan ham.
Nechakim tab'i noridur, valekin me'da norig'a
Berur taskin, muning nafin topibmen voqean man ham.
Avvalo, mutolaa jarayonida asar mag'zini chaqishda kalit kabi zarur so'zlarning ma'nosini bilib olaylik: mijmar — mushk- anbar kabi turli xushbo'y narsalar solinib tutatiladigan idish (manqal); axgar — qizarib yonib turgan olov, laxcha cho'g', ravzan — tuynuk, teshik, darcha, musha'bid — nayrangboz, ko'z bog'lovchi; purfan — hiylagar, makkor; sadaf — shunday jismki, uning ichidagi modda vaqt o'tishi bilan gavharga aylanadi.
Asar anorning ichki va tashqi tuzilishi tasviridan boshlanadi. Shoirni anorning mo'jaz manqalsimon ko'rinishi, uning ichida laxcha cho'g'dek yonib turgan donalari hayralga soladi. Bu ajoyib otashdonning goh olti, goh sakkiz qirrali yaratilishi lining hayratini yanada oshiradi. Hayratlanish, taajjublar izhor qilish, lasvir ob'yektini niuayyan jismga o'xshata turib, alhol, bu o'xshatishga shubha bildirish, uni inkor etish hamda yangi tashbch Ijod etish lug'z va chiston janrlari uslubiga xos xususiyatdir. Miuning uchun tashbeh, tajohuli orifona (bilib bilmaslikka olish), ruju' (inkorni inkor etishga monand usul) kabi poetik san'atlar bu janrlar badiiyatini yuzaga chiqarishda xizmat qiladi. Bu asarda ham anorni ichida cho'g' yonib turgan manqalga qiyoslagan shoir go'zal muqoyasasidan qaytadi. Chunki manqalning tutun chiqadigan tuynugi bo'lmog'i lozim. Anor esa shunday tno'jizaki, uning jismida na tuynuk, ichidagi o'tida na tutun bor. Shu sababdan shoir «o'tu mijmar» tashbehidan uzil-kesil voz kechadi va anorni sadafga mengzaydi Balki, shoir anorni sadaf, uning donalarini esa dur va gavhar deya tavsif etganida ham, biz hccli e'tirozsiz tashbehning tabiiyligiga tan bergan bo'lardik. Biroq agar shoir tashbehsozlik bilan cheklanganida, ya'ni anor tasviri vositasida zamin va zamonni qonga evurgan «davroni musha'bid» qiyofasini yaratolmaganida, bu she'r navoiyona asarga aylanmagan bo'lardi. Navoiy «sadaf» tarkibidagi gavharlarning qonga evurilishi manzarasi orqali o'z davri va davr ahlining jafokorligi hamda makriga ishora qiladi. Asarning to'rtinchi bayti anor iste'moliga doir hayotiy bir tafsilni xayolimizda jonlantiradi: odatda anor «bamioq kuchi birla» siqiladi. Shunda uning tanasi eziladi, suvlari qondek oqib tushib, jismi bo'shaydi. Suvi shifo- baxsh ichimlik sifatida tanovul qilinadi. «Barmoq kuchi birla», «bo'shar jismi», «oqar qoni», «anga majruh o'lub tan hani» — bu ritmik bo'laklaming har biri ijtimoiy hayotga xos jabr-zulmni va uning foje oqibatlarini uzviy kuchaytirib ifodalaydi.
Tabobatda anordan me'da vajigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Navoiy asarni anorning shifobaxsh xosiyati vasfi bilan tugallaydi. Shoir bu borada shaxsan o'zi ham undan naf topganligini qayd etadi. Demak. bu asar anorning mumtoz tasviridan tashqari, kamida ulug' Navoiyning hayotiga oid birgina ma'lumotni yetkazgani bilan ham bizga qimmatlidir.
Fard «Fard» — arabcha yakka, yagona ma'nolarini bildiruvchi so'z. U bir bayt
hajmida bitiladigan mustaqil adabiy asar janri nomini ifodalovchi istiloh hamdir. Fard atigi ikki misradan iborat bo'lsa-da, unda muayyan mazmun, g'oya ilgari suriladi. Fardda, ko'pincha, badiiy umumlashina, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Namuna uchun Alisher Navoiy fardlaridan birini quyida keltiramiz:
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo'q.
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo'q.
Ushbu fardda juda yuksak va salmoqdor insonparvar g'oyalar ilgari surilgan. Navoiy shu ikki misradayoq Sharq tasavvuf ta'limotining eng ilg'or oqimlaridan biri — javonmardlik sulukining dasturiy qoidalarini qoyilmaqom darajada ifodalab berolgan. Javonmardlik namoyandalari muruwat ahli, futuvvat ahlidirlar. Ularni Navoiy o'z asarlarida «axiy» nomi bilan ham yuritadi. Muruvvat ahli eng olijanob toifa sifatida tasvirlanadi.
Chunonchi, baxil — o'zi ham yemaydi, boshqaga ham bermaydi; xasis - o'zi yeydi, boshqaga bermaydi; saxiy — o'zi ham yeydi, boshqalarga ham beradi; axiy esa — o'zi yemaydi, faqat boshqalarga ulashadi. Futuvvat ahli — fatiy — javonmard esa faqat yaxshilik qiladi, lekin uni aytmaydi, ya'ni minnat qilmaydi.
Fard yozishni ahamiyatsiz mashg'ulot, mayda ish deb qarash o’rinsiz. Jussasi kichik bo'lsa-da, fardni eng dolzarb, salmoqli falsafiy- axloqiy g'oyalarni ifodalashga safarbar etsa bo'ladi. Bu ijodkorning iste'dodi va mahoratiga bog'liq. Fard hajmining ixchamligi shoirdan «ming ma'nini bir nukta bila muxtasar etish”ni (Mashrab) taqozo etadi. Alisher Navoiy yigitlik davridan buyon fard yoza boshlagan va ularni birinchi rasmiy devoni “Badoye ul-bidoya»ga kiritgan. Ulug' shoirning «Favoyid ul- kibar" devonida 86 ta fard mavjud. Aytish mumkinki, Navoiy butun umri mobaynida fard janriga murojaat qilib turgan.
Fard janrining qat'iy shakliy talablari ko'p emasligi uning ijodiy imkoniyatini cheklamagan, aksincha, erkinligini ta’minlagan. Shuning uchun ayrim shaklan murakkab, muqim xususiyatli mumtoz janrlar davr o'tishi bilan adabiy taomildan chiqib ketgan. Fard esa hozirgi zamon ruhi, voqeligi, g'oyalarini ifodalashda faol xizmat qilayotgan barhayot janrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |