T/r
|
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan valyutaning kelib tushishi
|
5210, 5220
|
4010
|
2
|
Kassadan valyuta mablag‘larining valyuta schyotiga topshirilishi
|
5210, 5220
|
5020
|
3
|
Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta schyotiga o‘tkazilishi
|
5210, 5220
|
5510-5520
|
4
|
Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi
|
5210, 5220
|
5830
|
5
|
Ilgari berilgan avanslarning qaytarilishi
|
5210, 5220
|
4310-4330
|
6
|
Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi
|
5210, 5220
|
4860
|
7
|
Investitsiyaga mablag‘larning qo‘yilishi
|
0600, 5800
|
5210, 5220
|
8
|
Bankdan kassaga valyuta mablag‘larining kelib tushishi
|
5020
|
5210, 5220
|
9
|
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning to‘lanishi
|
6010
|
5210, 5220
|
10
|
Berilgan avanslarning summasi
|
4310-4330
|
5210, 5220
|
11
|
Ilgari olingan avanslarning qaytarilishi
|
6300, 7310
|
5210, 5220
|
12
|
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi
|
6810-6840
|
5210, 5220
|
13
|
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi
|
6950
|
5210, 5220
|
Korxonada O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5510-«Akkreditivlar»
5520-«Chek daftarchalari»
5530-«Boshqa maxsus schyotlar».
5510-«Akkreditivlar» schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510-«Akkreditivlar» schyotining debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
5510-«Akkreditivlar» schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul mablag‘lari ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510-«Akkreditivlar» schyotining krediti, 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5510-«Akkreditivlar» schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi.
5520-«Chek daftarchalari» schyotida chek daftarchalaridagi pul mablag‘larining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablag‘larini deponentlash 5520-«Chek daftarchalari» schyotining debeti va 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichida valyuta schyotlari», 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari», 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning to‘lovi doirasidagi summa 5520-«Chek daftarchalari» schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to‘lanmagan (to‘lovga taqdim etilmagan) summa 5520-«Chek daftarchalari» schyotida qoladi va ushbu 5520-«Chek daftarchalari» schyotining qoldig‘i bank ko‘chirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520-«Chek daftarchalari» schyotining kreditida 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichida valyuta schyotlari», 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 5520-«Chek daftarchalari» schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari bo‘yicha yuritiladi.
5530-«Boshqa maxsus schyotlar»da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, ob’yektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Korxonada 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
5500 «Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar» ning korrespondensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |