1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja


Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va tugatishning hisobi



Download 0,83 Mb.
bet63/63
Sana23.03.2022
Hajmi0,83 Mb.
#506807
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi bo\'yicha ma\'ruza materiallari

Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va tugatishning hisobi
Asosiy vositalar to‘liq eskirganda, sotilganda, tabiiy ofat natijasida nobud bo‘lganda va boshqa hollarda hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni hisobda chiqarilishida maxsus tuzilgan xay’at tomonidan «Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi» (№4-OS-shakl) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomani korxona rahbari tasdiqlangandan so‘ng, buxgalteriyaga topshiriladi va asosiy vositalar hisobi kartochkasiga tegishli yozuvlar yoziladi. Asosiy vositani tugatishdan olingan materiallar «Dalolatnoma» asosida omborga qabul qilinadi. Asosiy vositalarni tugatilishi va boshqa hisobdan chiqishi tranzit schyot bo‘lgan 9210-» Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi « schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu schyot bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuziladi.

  1. Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.

Kredit 0110-0190 schyotlari - Hisobdan chiqarilgan (sotilgan, tekinga berilgan, tugatilgan) asosiy vositalar dastlabki qiymatiga.

  1. Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.

Kredit 0110-0190 schyotlari - Lizingga berilgan yoki boshqa Korxonalarga hissa badali sifatida berilgan asosiy vositaning dastlabki qiymatiga.

  1. Debet 0210-0299 schyotlari.

Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -Hisobdan chiqarilgan asosiy vositaning eskirish summasiga.

  1. Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.

Kredit 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti-Asosiy vositani tugatishda yordamchi ishlab chiqarishlar xizmati summasiga.

  1. Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.

Kredit 6710-«Mehnat haki bo‘yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» schyoti- Asosiy vositani tugatishda qatnashganlarga mehnat haqi hisoblansa.

  1. Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.

Kredit 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» schyoti - Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar hisoblansa

  1. Debet 1050, 1090 schyotlari.

Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Asosiy vositani tugatishdan olingan turli xil materiallar summasiga.

  1. Debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti.

Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti - Xaridorlarga sotilgan asosiy vositalar summasiga (puli to‘lanmagan).

  1. Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.

Kredit 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda» schyoti - Asosiy vositani tugatishdan moliyaviy natija (foyda) aniqlansa.
10.Debet 9430-«Boshqa operasion xarajatlar» schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti - Asosiy vositani tugatishdan moliyaviy natija (zarar) aniqlansa.
Asosiy vositalar foydalanishga yaroqsiz bo‘lganda yoki to‘liq eskirgan «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» rasmiylashtirilib, hisobdan chiqariladi. Ushbu xo‘jalik operasiyalari buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 0110-0190 schyotlari – Asosiy vositaning dastlabki qiymatiga.
2.Debet 0210-0290 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti - Asosiy vositani eskirish summasiga.
3.Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 2310, 6710, 6520 schyotlari - Asosiy vositani tugatish bilan bog‘liq xarajatlarga.
4.Debet 1040, 1050, 1090 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti -Asosiy vositani tugatishdan olingan turli materiallar summasiga.
Asosiy vositalarni boshqa hisobdan chiqarishlari bo‘yicha moliyaviy natija, xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek aniqlanadi.
Asosiy vositalar inventarizasiya natijasida kam chiqqanda yoki tabiiy ofat natijasida yoki boshqa sabablar bilan ham hisobdan (balansdan) chiqariladi. Ushbu operasiyalar buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Debet 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti.
Kredit 0110-0190 schyotlari - Asosiy vositaning dastlabki qiymatiga.
2.Debet 0210-0290 schyotlari.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Asosiy vositaning eskirish summasiga.
3.Debet 5910-«Kamomadlar va moddiy boyliklarni buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar».
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi»-schyoti -Kam chiqqan asosiy vositaning qoldiq qiymati summasiga.
4.Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimning qarzi» schyoti.
Kredit 5910-«Kamomadlar va moddiy boyliklarni buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» schyoti -Kamomad summasi aybdorga olib borilsa.
Asosiy vositalar kamomadi yoki boshqa hisobdan chiqishiga aybdor shaxs aniqlanmasa,summa 5910-«Kamomadlar va moddiy boyliklarni buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» schyotda qoladi va yil oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi.
Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa hisobdan chiqishida inventar ob’yektlarni har bir turi bo‘yicha alohida analitik schyotlar ochilib, analitik hisobi yuritiladi.
Asosiy vositalar lizing bo‘yicha berilganda, lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar, daromad hisoblanib quyidagicha provodka beriladi:
1.Debet 6290-«Muddati uzaytirilgan daromad» schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Joriy yilda (hisobot davrida) olinadigan lizing summasi.
2.Debet 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti.
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Keyingi davrlarda olinadigan lizing summasi.
Agar asosiy vostalar uzoq muddatli ijaraga berilsa:
Debet 0920-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti buxgalteriya provodkasi beriladi
Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish