Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ijarachidan ijara to‘lovlarining kelib tushishi
5110
4810, 4820
2
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan tushgan tushumlar
5110
4010
3
Pul mablag‘lari kassadan hisob-kitob schyotiga topshirildi
5110
5010
4
Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar bo‘yicha summalar hisob-kitob schyotiga o‘tkazildi
5110
5510, 5520
5
Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi
5110
5830
6
Ilgari berilgan avans qaytarildi
5110
4310-4390
7
Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi
5110
4860
8
Olingan avanslar summasi
5110
6310-6390
9
Bankdan kassaga pul mablag‘lari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun)
5010
5110
10
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning qoplanishi
6010
5110
11
Berilgan avanslar summasi
4310-4330
5110
12
Ilgari olingan avanslarni qaytarilishi
6300, 7310
5110
13
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz summasining o‘tkazilishi
6410
5110
14
Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi
6510-6530
5110
15
Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi
6810-6840
5110
16
Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining qoplanishi
6950
5110
Valyuta va maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari hisobi. Bankdagi valyuta schyoti korxonaning respublika hududidagi va xorijdagi banklarda valyuta schyotlarida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Valyuta schyotlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2004 yil 2 sentyabrda tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 sentyabrda ro‘yxatga olingan «Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi,statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom»ga asosan tartibga solinadi. Amaldagi qonun va meyoriy hujjatlarda har qanday korxonaga chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga ega bo‘lish va u bilan xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan.
Chet el valyutasidagi operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun korxona bankda joriy valyuta schyotini ochish zarur. Korxonaga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomaga (lisenziyaga) ega bo‘lishi shart. Shunday ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarni vakillik banklari deyiladi. Korxona o‘zlarining valyuta schyotlarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki byuletenida beriladigan chet el valyutalarida ochish mumkin.
Valyuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlarni topshirishi zarur:
Valyuta schyotini ochish uchun ariza. Arizada korxona boshlig‘i va bosh buxgalterning imzolari va aylanma muxr bosilgan bo‘lib, notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
Korxonaning Nizomi, u notarial idora tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Registrasiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
Korxona soliq inspeksiyasida hisobga olganligi va pensiya fondida registrasiyadan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Valyuta schyoti ochilgandan so‘ng bank va uning mijozi o‘rtasida hisob-kitob va kassa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Unda bank ko‘rsatilgan xizmat turlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haqlar, mablag‘larni joylashtirish shartlari, tomonlarning xuquq va burchlari va boshqalar ko‘rsatiladi.
Valyuta schyotlari bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida «Bank ko‘chirma»lari va ularga ilova qilingan pulli hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Barcha korxona mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan kurslar bo‘yicha Respublika valyuta fonliga eskport operatsiyalaridan tushgan valyuta tushumlaridan 15 foizini sotishlari majburiydir.Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxona eksport operatsiyalaridan tushgan tushumlarning 15 foizini valyuta bozorida sotishlari zarur. Korxonaning valyuta schyoti ochilgan tijorat banki kelib tushgan valyutaning yuqorida ta’kidlangan 15 foizini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining korschyotiga o‘tkazib berishi kerak. Valyuta operatsiyalaridagi ushbu xususiyat tranzit valyuta schyotida kelib tushgan valyutalar hisobini aks ettirishga bevosita ta’sir qiladi.
Valyutani majburiy sotish to‘g‘risidagi topshiriqqa sotilgan valyutaning so‘mdagi ekvivalentini qoplash va uni korxonaning hisob-kitob schyotiga o‘tkazishni ta’minlovchi to‘lov topshirig‘i ilova qilinadi. Shunday qilib, chet el valyutasidagi barcha tushumlar 2 qismdan iborat bo‘ladi: chet el valyutasining 85 foizini joriy valyuta schyotiga, qolgan 15 foizini esa bankdagi hisob-kitob schyotiga so‘mdagi ekvivalenti bo‘yicha o‘tkazib beriladi.
So‘mdagi ekvivalent bu O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan kurslar bo‘yicha chet el valyutasini qayta hisoblashdir. Bunday qayta hisoblash har xaftada bir marta O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan kurslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5210-«Mamlakat ichida valyuta schyotlari»;
5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari»;
5210-«Mamlakat ichida valyuta schyotlari» va 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o‘tkazilgan summalar 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» yoki 6960 «Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar» schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Korxona buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi.
5200 «Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»ning korrespondensiyasi.