Asosiy vositalarning baholanishi: Boshlang‘ich qiymat – ularni barpo etish (qurish, o‘stirish. yetishtirish, yasash) yoki sotib olish bo‘yicha amalda qilingan xarajatlar qiymatidir.
Joriy qiymat – asosiy vositalarning muayyan bir vaqtda amaldagi bozor baholari bo‘yicha qiymati yoki aktivlarni xabardor manfaatdor tomondan o‘rtasida almashtirilishi mumkin bo‘lgan summasidir.
Qoldiq qiymati – asosiy vositalarning dastlabki (qayta tiklangan) yoki joriy qiymatidan to‘plangan amortizatsiya chiqarib tanlangan summasidir.
Tugatish qiymati – asosiy vositalarni hisobdan chiqarish vaqtida ko‘zda tutilgan qiymati, bundan asosiy vositani tugatish xarajatlari ayriladi.
Asosiy vositalar kelishining hisobi. Asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi. Asosiy vositalar holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlar 0100-«Asosiy vositalar hisobi schyotlari» tarkibidagi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
0110-«Yer»;
0111-«Yerni obodonlashtirish»;
0112-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish»;
0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;
0130-«Mashina va asbob-uskunalar»;
0140-«Mebel va ofis jihozlari»;
0150-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;
0160-«Transport vositalari»;
0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar»;
0180-«Ko‘p yillik o‘simliklar»;
0190-«Boshqa asosiy vositalar»;
0199-«Konservasiya qilingan asosiy vositalar».
Asosiy vositalar kelishi bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 0810-«Tugallanmagan qurilish» schyoti - Qurilgan ob’yektlar asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
2) Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti.
-Asosiy vositalar sotib olinganda. Bir vaqtning o‘zida shu asosiy vositalar xo‘jalikda asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.
3) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar».
Kredit 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» schyoti - Moliyaviy lizingga olingan asosiy vositalarning moliyaviy lizing muddati tugagandan so‘ng o‘z asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
4) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti - Ta’sis etuvchilardan ustav kapitaliga qo‘shilgan asosiy vositalar qabul qilinganda.
5) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 8530-«Bepul olingan mulk» schyoti - Asosiy vositalar tekinga olinganda.
6) Debet 0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» schyoti.
Kredit 0840-«Asosiy podani shakllantirish» schyoti - Ishchi yoki mahsuldor hayvon asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda.
7) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar».
Kredit 0890-«Boshqa kapital qo‘yilmalar» schyoti - Asosiy vositani kengaytirish va rekonstruksiya qilishda qiymati oshganda.
8) Debet 0111-«Yerni obodonlashtirish» schyoti.
Kredit 0850-«Yerni obodonlashtirishga qilingan kapital qo‘yilmalar» schyoti - Yerni holatini yaxshilash uchun qilingan sarflar asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda.
9) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti-Asosiy vositalar qayta baholashda oshgan summasiga.
10) Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 9390-«Boshqa operasion daromadlar» schyoti-Asosiy vositalar inventarizasiya natijasida ortiqcha chiqsa, oshgan summasiga.