Amortizatsiya ajratmalari – asosiy vositalar qiymatini xarajatga bosqichma-bosqich, ya’ni mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan qismidir.
Amortizatsiya ajratmalari yig‘indisi eskirish summasini tashkil etadi.
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’yektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
mahsuldor chorva mollari;
kutubxona fondi;
muzey qimmatliklari;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
arxitektura yodgorliklari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
amortizatsiya to‘liq hisoblangan mol-mulk;
asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
Amortizatsiya ajratmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |