1-ma’ruza tilshunoslikdan umumiy ma’lumot reja



Download 54,47 Kb.
bet10/12
Sana10.03.2022
Hajmi54,47 Kb.
#487979
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5260386883698956627

Til tizim sifatida. Bu masalaga to‘xtalishdan oldin ”tizim” tushunchasi izohlanishi kerak. Manbalarda bu tushunchaga quyidagicha ta’rif berilgan: ” Tizim - 3. O‘zaro bog‘liq va uzviy tartibda bo‘lgan narsa, hodisalar birligi, majmui”10. Yana: ”Sistema (yun.), o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlik, birlik hosil qiluvchi juda ko‘p elementlar”11. Demak, tizimning asosiy belgilari, birinchidan, juda ko‘p qismlardan iborat bo‘lishi kerak, ikkinchidan, bu qismlar o‘zaro munosabatda, aloqada bo‘lishi lozim.
Tizimga misol keltirish uchun gapni uzoqdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Astronomiyadan ma’lumki, Yer sayyorasi Quyosh tizimiga kiruvchi 9 ta sayyoraning biridir. O‘z navbatida, Quyosh tizimi ham kamida xuddi shunga o‘xshagan 100 mlrd. yulduzni o‘z ichiga olgan Galaktika (bizda uni Somon yo‘li deyishadi)12 tizimi tarkibiga kiradi. Bizning galaktika esa galaktikalar tizimiga mansubdir.
Endi ulkan tizimlardan nisbatan kichik tizimlarga, ya’ni Yer sayyorasiga qaytamiz. Yer yuzida yashovchi aholi 5600 dan ortiq tilda so‘zlashadi. Yuqorida aytilganidek, til ijtimoiy hodisalar tizimiga mansub bo‘lib, bu tizimga yana adabiyot, san’at, madaniyat kabi bir qancha ijtimoiy hodisalar kiradi. Til ham o‘z navbatida tizim sifatida o‘zaro bog‘langan va munosabatda bo‘ladigan tovushlar tizimi, lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi kabi qismlardan iborat (yuqorida bularning har biriga ta’rif berildi). Bu o‘rinda biz bu qismlarning o‘zaro aloqasi va munosabatini ochishga harakat qilamiz. Yakka olingan nutq tovushi so‘z sifatida shakllanmasa yoki so‘z tarkibiga kirmasa, u oddiy fiziologik hodisa sifatida qolaveradi. Boshqacha aytganda, nutq tovushi ijtimoiy ahamiyat kasb qilishi lozim. Masalan, u tovushi so‘zlashuvchi insonlar uchun ”o‘zga shaxs” ma’nosini ifodalovchi so‘zga aylanmasa, oddiy tovushligicha qolaveradi. O‘z navbatida u so‘zi gap ichida ishtirok etib, ma’lum vazifa bajarmasa, oddiy so‘zligicha qolaveradi. Mazkur so‘z ishtirok etgan gap esa ”gap” deb ataluvchi tizim tarkibiga kiradi.

Download 54,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish