Milliy til va adabiy til
Qayеrda yashashidan qat'i nazar bir millatga mansub bo‘lgan barcha insonlar tomonidan ishlatiladigan til milliy til dеb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga shеva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chеt so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi.
Ayrim manbalarda milliy til tarkibiy jihatdan jonli xalq tili va adabiy tilga bo‘linib, birinchisi yana jargonlar va dialektlarga, ikkinchisi esa og‘zaki va yozma turlarga ajraladi:13
Milliy tilning ma'lum qoidalarga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov bеrilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til dеb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lishi kеrak. Umuman, millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbеk tilida shеvalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga kеltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shеvalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud.
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari
1.M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili (darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o‘quv qo‘llanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil.
Qo`shimcha adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2001-yil, 6-bet.
2. Нурмонов А., Б.Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. “Шарқ” НМАК бош таҳририяти. Т.: 2001, 11-бет.
3. Ҳожиев А.. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти . –Т.: 2002, 107-бет.
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. “Universitet” nashriyoti. –T.: 2006, 14-bet.
5. Энциклопедик луғат. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти . Н-Ҳ. –Т.: 1990, 440-бет.
6. Неъматов Ҳ., О.Бозоров. Тил ва нутқ. “Ўқитувчи” нашриёти, - Т.: 1996, 9-бет.
7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. –T., 2008, 85-бет.
8. А.Мухторов, U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. “O`qituvchi” nashriyoti. –T., 1995, 9-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |