TEXNOLOGIK XOSSALARI.
Texnologik xossalariga: toblanuvchanligi, suyuq holatda oquvchanligi, bolg’alanuvchanligi, payvandlanuvchanligi, kesib ishlashligi va hoqazo kabilardir.
Xalq ho'jaligi sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatiladigan materiallarni asosan ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Plastik materiallar. Bularga po'lat, mis, dyuralyuminiy kabilar kiradi. Bunday metallar sezilarli darajada deformatsiya qoldirib yemiriladi.
2. Mo'rt materiallar. Bularga cho'yan, beton, g’isht kabi materiallar kiradi. Cho'yan juda oz miqdorda deformatsiya qoldirib yemiriladi.
Tashqi muhitning ta'siriga qarab, bir metallning o'zi ba'zan mo'rt holatda, ba'zan esa plastik holatda bo'lishi mumkin. Masalan, marmar odatdagi sharoitda mo'rt bo'lsa, yuqori bosim ostida plastik holatga aylanadi, ba'zan mo'rt materiallar temperaturaning ko'tarilishi bilan plastik bo'lib qoladi va hoqazo
a) Quymakorlik - suyuq holda oquvchanligi va kirishuvchanligi \bilan ifodalanadi.
b) Bolg’anuvchanlik - tashqi kuch ta’sirida buzulmasdan deformatsiyalanishi. Issiq va sovuq holda bo’lishi mumkin.
v) Payvandlanuvchanlik - puxta va zich birikma hosil qilish xususiyati.
g) Kesib ishlanuvchanlik - vaqt birligida olingan qirindi og’irligi bilan o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |