PO’LATLARNI KLASSIFIKATSIYA QILISH ASOSLARI VA ULARNI RUSUMLANISHI.
Klassifikatsiya 3 xil ko’rsatgich bo’yicha qilinadi: 1. Ximiyaviy tarkibiga qarab. 2. Sifatiga qarab. 3. Vazifasiga qarab.
Ximiyaviy tarkibiga qarab konstruksion po’latlar klassifikatsiya qilinadi. Konstruksion po’lat deb, mashina detallari va metall konstruksiyalar ishlanadigan po’latlarga aytiladi.
Konstruksion po’latlar 2 gruppaga bo’linadi:
1. Uglerodli.
2. Legirlangan.
Uglerodli po’latlar 3 klassga bo’linadi:
A. Kam uglerodli - S <= 0,09-0,25%.
B. O’rta uglerodli - S <= 0,25-0,45%.
V. Yuqori uglerodli - S <= 0,45-0,75%.
Legirlangan po’latlar ham shartli ravishda 3 klassga bo’linadi:
A. Kam legirlangan: Legirlovchi elementlarning jami 2,5-5%.
B. O’rta legirlangan: 10% gacha
V. Yuqori legirlangan: 10% dan ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |