1
1-ma’ruza. Grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriya.
Reja.
1.
Grammatika va milliylik.
2.
Grammatikaning tarkibiy qismlari, o‘rganish obyekti.
3.
Grammatik kategoriya.
4.
Grammatik shakl va grammatik ma’no
5.
UGM, XGM, OGM tushunchalari, ularning mohiyati.
6.
Grammatik ma’no ifodalash usullari.
Grammatika haqida.
Grammatika
ko‘plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning
grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o‘rganuvchi sohasi
anglashiladi. Demak, u so‘z va gapning formal-grammatik tomoni – so‘z o‘zgarishi, sintaktik birliklar va ularning
turli ko‘rinishi, strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nosini o‘rganadi.
Grammatika va milliylik.
Tillar o‘zaro grammatik xususiyatiga ko‘ra ham tasniflanadi. Masalan, o‘zbek
tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo‘laklarni o‘z
atrofida uyushtirishi, eganing fakultativ
(ixtiyoriy)ligi, sifatlovchining
sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo‘lmasligi, ega va kesim,
qaratuvchi va qaralmishning
ikkiyoqlama aloqaga egaligi, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish,
sifatlovchi
va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa
qarindosh tillar bilan birgalikda bir til oilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammo bu bir til
oilasiga kiruvchi barcha
tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o‘xshashlik,
morfologik qurilishida esa farq ko‘proq. Ma’lumki, o‘zbek tilida so‘zning o‘zak-negizi mustaqil holda ma’no
anglatadi va lug‘atlarda grammatik shaklsiz beriladi. Jumladan, fe’lning o‘zak-negizi lug‘aviy,
grammatik va
kommunikativ ma’no ifodalab, asosiy va qo‘shimcha tushunchadan tashqari fikr ham bildiradi. Shunga ko‘ra, u
asosiy tushuncha ifodalab, lug‘aviy unsur (leksema), qo‘shimcha tushuncha bildirib, grammatik shakl (so‘zshakl),
fikr ifodalab kommunikativ birlik (gap) vazifasini bajaradi. Masalan,
(ot), (ishla)
fe’llarining lug‘aviy ma’nosi
harakatni bildirish bo‘lib, grammatik ma’nosi fe’l ekanligi. Ular grammatik shakllanmasdan ham lug‘aviy ma’no
ifodalay oladi. Boshqa qurilishga mansub bo‘lgan rus tilida fe’lning o‘zak-negizi
(pis-, prochita-)
bunday
xususiyatga ega emas. O‘zbek tilidagi gapning minimal qolipi kesimga to‘g‘ri keladi. Rus tilida esa ega va kesim
birligi gapning minimal qolipiga muvofiq.
Til hamisha taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi.
Ijtimoiy hayotning
o‘zgarishi leksikada keskin o‘zgarish yasaydi. Yangi so‘zning vujudga kelishi, so‘zlarning «tirilishi», iste’moldan
chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o‘zgarishga befarq, unda faqat
vaqt o‘z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o‘zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida,
masalan, o‘zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o‘zgarish kuzatilmaganligi
buning yorqin
dalili. Lekin asrlar davomida bunday o‘zgarish bo‘lib turadi. Masalan, eski o‘zbek tilida
Bu sening, Bu mening
ko‘rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo‘lgan. U hozirgi kunda
Bu seniki, Bu meniki
ko‘rinishiga ega.
Bu vatan
meningdir
kabi qurilmalar uning «qoldig‘i».