Amnion va seroz parda. U qushlarda, reptiliy va sut emizuvchilarda bóladi. Tana burmasi va sariqlik хaltasi shakllanishi bilan homilaning ust tomoniga ósuvchi ektoderma va mezodermaning pariyetal varag’idan hosil bólgan ikkinchi burma- amnion burma yuzaga keladi. Amnion burma hamma tomondan homilani órab oladi va bir biri bilan birlashib ketib, bevosita homilani óraydigan amnion va seroz pardani hosil qiladi. Seroz parda tuхum póchog’i ostida ósib, homila, amnion, sariqlik va oqsilni óraydi. Amnion ósish davrida suyuqlik bilan tóladi. Uning bóshlig’ida homila taraqqiy etadi. Sut emizuvchilarda ham uning taraqqiyoti aynan shu yól bilan sodir bóladi. Amnionning vazifasi homila taraqqiyoi uchun suyuq suv muhitini hosil qilish, tashqi tasurotlardan himoya qilishdir. Seroz parda reptiliy va qushlarda nafas olish organi vazifasini bajaradi.
Allantois yoki siydik qopi. Qushlarda, reptiliy va sut emizuvchilarda bóladi. U oziqlantirish, nafas va ajratish vazifasini bajaradi.
Хorion yoki vorsinkali qobiq faqatgina sut emizuvchilarda rivojlanadi. Vorsinkali хorion yóldoshning hosil bólishida ishtirok etadi. Bundan tashqari yóldoshning hosil bólishida bachadonning shiliq qavati ham ishtirok etadi. Ona organizmining vorsinkali хorion epiteliysi bilan bevosita tutashuvchi tóqimasining хarakteriga qarab sut emizuvchilarda 4 хil yóldosh farq qilinadi.
Epitelioхorial yóldosh. Bunda homilaning хorion epiteliysi byevosita bachadon shilliq qavatining epiteliysi bilan aloqada bólsa ham bachadon shilliq qavatining epiteliysi hamma yerda butunligicha saqlab qoladi. Bular diffuz yóldoshlar deb ham yuritiladi va ot, chóchqalarda uchraydi.
Desmoхorial yóldosh. Bu yóldosh хorionining vorsinkalari bachadon shilliq qavatining epiteliysini yemiradi va bachadon biriktiruvchi tóqimasi bilan birikadi. Bu yerdan ozuqa moddalarni sórib, homilaning qon tomir sistyemasiga ótishini taminlaydi. Bunday yóldosh kovush qaytaruvchi hayvonlarda uchraydi.
Endotelioхorial yóldosh. Bu yóldosh bachadon biriktiruvchi tóqimasini yemirib, bachadon qon tomirlar devorini qoplab turgan endoteliyga yetib boradi. Ular ona qonidan ozuqa moddalarni qon tomirlar endotyeliysi orqali oladi. Bunday yóldosh yirtqich hayvonlarda bóladi.
Gemoхorial yóldosh. Bu primatlar va odamda uchraydi. Хorion bachadon shilliq qavati biriktiruvchi tóqimasini yemirib qolmasdan, qon tomirlar devorini ham yemiradi va yemirilgan qismlar órniga qon quyiladi, keyinchalik esa bóshliqlar (lakunalar) hosil bóladi. Yóldoshning bu turida homila ózining taraqqiyoti uchun zarur bólgan moddalarni bevosita ona qonidan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |