Odam qonining bо‘yalgan surtmasi.
Bu preparat ikki tomoni botiq, tо‘q qizil rangga bо‘yalgan qizil qon tanachalari - eritrositlardan va ulardan ancha kam uchraydigan boshqa shaklli elementlardan iborat. Eritrositlar о‘ziga xos о‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bо‘lgan qobiq, ya’ni sitoplazma bilan о‘ralgan. Eritrositlarga qizil rangni uning tarkibidagi gemoglobin beradi. Gemoglobinning asosiy qismi eritrositlarning periferik qismida joylashgan bо‘lib, markaziy qismida oz shuning uchun uning о‘rtasi ochroq bо‘yalgan bо‘ladi. Odam qoni eritrositlarida yadro va xujayra taraqqiyot davrining oxirgi stadiyasida xujayradan chiqib ketib, ularnnig о‘rnini ham gemoglobin egallaydi. Leykositlarni kо‘rish uchun preparatni kata obyektiviga qо‘yib, asta-sekin kо‘rilsa, binafsha ranga bо‘yalgan oq qon tanachalari leykositlar kо‘rinadi.
Leykositlar qizil qon tanachalaridan farqli о‘laroq о‘z yadrolari bilan ajralib turadi. Preparatda donador va donasiz leykositlarni kо‘rish mumkin.
Donador leykositlar sitoplazmasiga katta-kichikligi turlicha bо‘yalgan donachalar kо‘rinadi. Donador leykositlar neytrofil, eozinofil va bazofillar kiradi. Neytrofil sitoplazmasi eozin buyog‘ida pushti rangga bо‘yalgan mayda donachalar bilan tо‘lgan yadrosi bir necha bog‘lamlar orqali tutashgan bо‘g‘imlardan iborat. Bо‘g‘imlarning soni hujayrasining yoshiga qarab kо‘payib boradi. Qon surtmasida yaxshi tabaqalanmagan yadrosi tayoqcha yoki taqacha shaklidagi yosh neytrofillar ham uchraydi. Bazofillar qon surtmasida juda kam uchraydi, shuning uchun ularni topish qiyin. Donasiz leykositlarga limfosit va monositlar kiradi. Limfositlar uch xil formada uchraydi: kichik о‘rta va katta limfositlar. О‘rtasida katta yadro bо‘ladi. Monositlar leykositlarning ichida eng kattasi. Yumaloq shaklida о‘rtasida katta yadrosi bor. Trombositlar notо‘g‘ri shaklda mayda donachalarga ega, binafsha rangga bо‘yalgan, odatda bir nechtalab uchraydi.
Trombositlar (qon plastinkalari) mikroskop ostida dumaloq, ovalsimon, duksimon yoki notо‘g‘ri shaklli, juda mayda, rangsiz guruh-guruh yoki alohida-alohida tanachalar shaklida kо‘rinadi. Ularning diametri 1-4 mk atrofida. Trombositlar 1mm3 qonda 150-400 ming dona bо‘ladi. Ular yorug‘lik mikroskoplarida deyarli kо‘rinmaydi. Elektron mikroskop ostida о‘rganilganda trombositlar markaziy donador bо‘yaluvchi plastinkalar asosini tashkil qiluvchi bо‘yalmaydigan qism gialomerga bо‘linadi. (9-rasm)
9-rasm.Odam qonining bо‘yalgan surtmasi.
1-eritrositlar, 2-limfositlar, 3-monosit, 4-neytrofil leykosit, 5-eozinofil, 6-bazofil, 7-trombosit. (E.Qodirovdan, 1994)
18-laboratoriya
G’оvak biriktiruvchi tо’qima
19-laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |