1-laboratoriya ishi Gistоlоgik tadqiq



Download 0,79 Mb.
bet1/37
Sana29.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#718195
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Gistologiya lab Sultonov


1-laboratoriya ishi


Gistоlоgik tadqiqоt usullari bilan tanishish. Mikrоskоpning tuzilishi, dоimiy va vaqtinchalik preparatlar tayyorlash, usullarini о’rganish.


Gistologiya (yunon. histos-to`qima, logos-ta`limot, fan) hayvonlar va odam organizmidagi to`qimalarning taraqqiyoti, tuzilishi va hayot faoliyatini o`rganuvchi fandir. Hozirgi paytda gistologiya fani faqatgina organizm strukturalari, ularda yuz beradigan jarayonlarni o`rganish bilan chegaralanib qolmasdan, balki moddalar almashuvi va funksional jarayonlarni shu strukturalar bilan bog`liq holda mikroskopik va submikroskopik darajada o`rganadi.
To`qimalar hujayra va hujayra shakliga ega bo`lmagan tirik moddalardan tuzilganligi, to`qimalarning embrional taraqqiyot jarayonida kelib chiqishi va barcha a`zolar to`qimalardan tuzilganligini hisobga olib, gistologiya kursi tarkibida sitologiya, embriologiya, umumiy va xususiy gistologiya bo`limlari farq qilinadi.
Gistologiya fani anatomiya, fiziologiya, biokimyo, genetika, patologik anatomiya va boshqa biologik hamda klinik fanlar bilan yaqin aloqadadir.
Hozirgi paytda gistologiyada keng qo`llanilayotgan biokimyo, biofizika va molekulyar biologiyaning tadqiqot usullari shikastlanmagan hujayraning struktur-biokimyoviy tashkillanishi va tuzilmalarini o`rganish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Gistologiyada qo`llaniladigan xilma-xil va ko`p qirrali tadqiqot usullari o`rganilayotgan obyektni mikroskopik va submikroskopik hamda gistokimyoviy tahlil qilish imkonini beradi.
To`qimalarni turli usullar bilan o`rganish uchun ularga ma`lum tartibda ishlov beriladi. Birinchi navbatda to`qimalar chirimasligi, o`z-o`zini emirib yubormasligi va tiriklik paytidagi o`z strukturasini saqlab qolishi uchun fiksatsiya (fixus-mustahkam) qilinadi. Fiksatsiya qiluvchi moddalarga 5-20% li formalin eritmasi, etil spirti, osmiy kislota va shuningdek bir necha kimyoviy moddalarning aralashmasidan iborat murakkab birikmalar kiradi. Fiksatsiya qiluvchi suyuqliklarni tayyorlash va ularni qo`llash maxsus qo`llanmalarda batafsil bayon qilingan.
Tekshirilayotgan organ (to`qima) bo`lakchasi fiksatsiya qilingach, uni parafin, selloidin yordamida yoki sovuqlik ta`sirida muzlatib zichlashtiriladi. Zichlashtirilgan materialdan yupqa qilib kesadigan maxsus asbob - mikrotom yordamida yupqa (qalinligi 1-50 mikrometr) kesmalar tayyorlanadi. Suyuq to`qimalar (qon, sperma)dan surtmalar, yupqa pardalardan yaxlit (total) preparatlar tayyorlash mumkin. To`qimalarning strukturalarini differensiatsiya qilish va aniq kuzatish uchun kesmalar bo`yaladi. Kesmalarni bo`yashda to`qimalar strukturalarining ma`lum ko`rsatkichli pH ga ega bo`yoqlarni qabul qilishi hisobga olinadi. pH ning ko`rsatkichiga qarab bo`yoqlar uch guruh: kislota yoki asos xossali hamda neytral bo`yoqlarga bo`linadi. Kislotali bo`yoqlar - kislotalar yoki ularning tuzlari (pikrin kislotasi, eozin, floksin, azokarmin va boshqalar)dir. Bu bo`yoqlarning kislota xususiyati nitroguruh (NO2), xinoid guruh (O=N=O), gidroksil guruh (OH), karboksil guruh (COOH)larga bog`liq. Kislotali bo`yoqlar bilan bo`yaluvchi strukturalar oksifil (atsidofil, eozin bo`yog`i ishlatilganda - eozinofil) strukturalar deb nomlanadi. Asos xossali bo`yoqlar (safronin, pironin, tionin, azur va boshqalar)ning asos (ishqor)lik xossasi aminoguruh (NH2), monometilaminguruh (NH-CH3), imidoguruh (NH) va boshqalarga bog`liq. To`qimalarning asos xossali bo`yoqlar bilan bo`yaladigan qismlari bazofil strukturalar deyiladi. Ham kislota, ham asos xossali bo`yoqlarni qabul qiluvchi, ya`ni neytrofil strukturalar ham mavjud.
To`qimalar tarkibidagi ma`lum moddalar bilan reaksiyaga kirishadigan va ularni ma`lum rangga bo`yaydigan bo`yoqlar (masalan, sudan III, osmiy kislota faqat yog` va yog`simon moddalarni aniqlash imkonini beradi) maxsus bo`yoqlar deyiladi.
Ma`lum bir maqsadni ko`zlab bo`yalgan kesmalar suvsizlantiriladi va predmet shishasiga yopishtiriladi. Shu yo`l bilan tayyorlangan gistopreparat mikroskop yordamida o`rganiladi. Ko`pchilik tadqiqotlar yorug`lik nuri yordamida ishlaydigan mikroskoplarda olib boriladi.
Hozirgi paytda 2000-2500 martagacha kattalashtiradigan yorug`lik
mikroskoplari mavjud bo`lib, ular yordamida bir-biridan 0,2 mkm1 uzoqlikda turuvchi nuqtalarni ajratib ko`rish mumkin. Bo`yalmagan, tiniq obyektlar (masalan, tirik hujayra va to`qimalar) fazokontrast mikroskop yordamida o`rganiladi. Bunday muhit orqali o`tayotgan yorug`lik nurlari to`lqinlarining fazasi material qalinligi va o`tayotgan yorug`lik tezligi bilan belgilanadigan kattalikka siljiydi. Fazokontrast mikroskop bunday ko`zga ko`rinmaydigan faza siljishlarini yorug`lik nurlari to`lqinlari amplitudasining o`zgarishlariga aylantirib beradi. Bunda hosil bo`ladigan qora-oq tasvir muayyan qismlarining zichligi obyekt qalinligi bilan obyekt




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish