1-laboratoriya ishi Gistоlоgik tadqiq


-rasm. Biologik tadqiqotlar uchun mikroskoplar



Download 0,79 Mb.
bet2/37
Sana29.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#718195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Gistologiya lab Sultonov

1-rasm. Biologik tadqiqotlar uchun mikroskoplar.
A-optik biologik mikroskop “Биолам С” 1-asosi (“oyog’i”); 2-tubus tutgich; 3-qiya tubus; 4-okulyar; 5- revolver; 6-obyektivlar; 7-stolcha; 8-iris diafragmali kondensor; 9-kondensor vinti; 10-yoritgich oyna; 11-mikrometrik vint; 12-makrometrik vint;
B-elektron mikroskop ЭВМ-100AK (tasvirni avtomatik ishlovchi sistema bilan); 1-mikroskop kolonkasi (electron-optik sistema va namunalar uchun kamera bilan); 2-boshqaruv pulti; 3-lyuminestsent ekranli kamera; 4-tasvirni analiz qilish bo’limi; 5-ko’rish signali hosil qilgich.

va uning atrof-muhiti nur sindirishidagi farq hosilasi kattaligiga bog`liq.
Flyuoressent mikroskopiya. Flyuoressensiya obyektning nurli energiya ta`sirida yuzaga keladigan nurlanishidir. Flyuoressent mikroskopda gistopreparat to`lqin uzunligi qisqaroq bo`lgan ultrabinafsha, binafsha va ko`k nurlar yordamida o`rganiladi. Bu mikroskop bir-biridan 0,1 mkm uzoqlikda turuvchi nuqtalarni farq qilish imkonini beradi. Vitaminlardan A, B2,pigmentlar, lipoidlar kabi moddalarning o`zlariga xos bo`lgan flyuoressensiya birlamchi flyuoressensiya deyiladi. Ma`lum bir xil moddalar va strukturalar maxsus bo`yoqlar - flyuoroxromlar bilan ishlov berilgach, flyuoressensiya qobiliyatiga ega bo`ladi. Bunday flyuoressensiya ikkilamchi flyuoressensiya deyiladi. Antigen-antitanacha reaksiyalariga asoslangan immunoflyuoressent analiz usullari ham mavjud.
Hujayralarning differensiallanishini o`rganishda, maxsus kimyoviy transmission (elektronlar oqimi preparat orqali o`tadigan) elektron
mikroskop yordamida amalga oshiriladi. (1-rasm) birikmalar va strukturalarni aniqlash va kuzatishda bu usullardan foydalaniladi.
Elektron mikroskopiya submikroskopik tekshirish usuli bo`lib, elektromagnit to`lqinlari yorug`lik nuri to`lqinlaridan 100.000 marta qisqaroq (o`rtacha-0,0056 nm1 ) bo`lgani uchun bu mikroskop kuchlanish bo`lganda 50000 V ko`rsata oladigan ikki nuqta oralig`i 0,002 nm yoki 0,000 002 mkmga teng bo`lishi kerak. Amalda esa zamonaviy transmission elektron mikroskoplar bir-biridan 0,1-0,7 nm uzoqlikda turuvchi nuqtalarni farq qilish imkonini beradi. Gistologik strukturalar hajmi to`g`risida tasavvur hosil qilish imkonini beradigan (rastrlovchi) elektron mkroskoplar ham mavjud.
Yuqorida bayon qilingan usullardan tashqari gistologik strukturalarni o`rganishning yana bir qancha boshqa fiziko-kimyoviy usullari qo`llaniladi.
Avtoradiografiya usuli radioaktiv elementlar bilan nishonlangan moddalarning hujayra va to`qimalarda tarqalishi (joylanishi)ni aniqlash uchun qo`llaniladi va moddalar almashinuvi to`g`risida aniqroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu usul qo`llanilganda fosfor- Р32, karbon-C14, oltingugurt-S35, vodorod-H3 yoki boshqa radioaktiv elementlardan biri bilan nishonlangan modda organizmga kiritiladi va ma`lum vaqt o`tgach, to`qima va organlarda radioaktivlik miqdori aniqlanadi. Avtoradiografiya usuli bilan turli moddalarning sintezlanishi, hujayra ichida tashilishi (transport), oqsillarning tarkibi va h.k. larni o`rganish mumkin.
Gistokimyoviy usullar hujayra, to`qima strukturalarining kimyoviy tabiatini o`rganishda qo`llanilib, o`rganilayotgan sturkturalarda kimyoviy sintezning erimaydigan maxsus mahsulotlari to`planishiga asoslangan. Bu usul bilan hujayra va to`qimalarda aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar (DNK, RNK), har xil karbonsuvlar, yog`lar, ularning birikmalari, fermentlar sifat va miqdor jihatdan aniqlanishi mumkin.
Hayvon to`qimalarini tiriklik paytida ham o`rganish mumkin bo`lib, buning uchun to`qima va hujayralar oziqlantiruvchi muhitda va optimal harorat sharoitida organizmdan tashqarida o`stiriladi. Organizmdan tashqarida o`stirilayotgan to`qimalarda hujayralarning harakatini, ko`payishi, o`sishi va turli xil fiziko-kimyoviy ta`sirotlarga javobini kuzatish mumkin. Bu usul ko`proq viruslarni o`rganishda qo`llaniladi. Maxsus sharoitda o`stirilayotgan to`qimalar muayyan vaqt oraliqlarida suratga tushiriladi yoki kinoga olinadi.
Turli xil tekshirish yo`llari yordamida qo`lga kiritilgan ma`lumotlarni analiz qilishda morfometriya, sitospektrofotometriya, sitospektroflyuorometriya va biometriya usullaridan foydalaniladi.

Gistologiyada о‘rganiladigan eng muhim obyekt gistologik preparat, ya’ni hayvon yoki о‘simlik organizmining maxsus ishlangan va buyum oynasi bilan qoplag‘ich oyna orasiga qо‘yilgan, eng kichik bо‘lagi yupqa kesmadir. Gistologik preparatlar asosan tirik yoki о‘lik fiksasiyalangan tо‘qimalardan tayyorlanadi.


Preparat tayyorlash usullari bir necha bosqichdan iborat: materialni olish, fiksasiya qilish, yuvish, suvsizlantirish, zichlashtirish, quyish, kesmalar tayyorlash, bо‘yash, kesmalarni suvsizlantirish, yoritish, yakunlash.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish