15-mavzu:Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi. (Moxenja-Daro va Xarappa)
Reja:
Ilk Hind sivilizatsiyasi vujudga kelishining shart-sharoitlari.
Eng Qadimgi Hindiston jamiyati va madaniyati.
Oriy qabilalarini Hindistonga bostirib kelishi.
Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek Janubiy Osiyoning qulay tabiiy geografik muhiti u yerda ibtidoiy jam oat tuzumining hamma bosqichlaiida odamlar yashashi uchun imkon bergan. Keyingi 100 yil mobaynida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida hududdan juda ko'p ibtidoiy odamlar yashagan, ilk. o'rta, so'nggi tosh asri, shuningdek mezolit. neolit, eneolit va jez davriga mansub yodgorliklar majmuasi topib o'rganildi.
Mezolit davri yodgorliklari m. av. XII-VII mingyilliklarni qamrab oladi. Mezolit davriga kelib Hindistonda toshdan mikrolit qurollar yasash ancha takomillashib, toshning har xil navlaridan sigment. trapetsiya, kesgich, sanchgich qurollar yasash boshlanadi. Shuningdek, yog'ochdan, suyakdan nayza uchlari bigizlar yasaladi. Toshdan yasalgan parrakchalar yogoch dastalarga biturn - qatron bilan yopishtirilib mustahkamlangan yoki hayvonlarning achchiq ichaklari va terilaridan tayyorlangan qayish bilan bog'langan. Bu qurollardan mezolit davri kishilari buyumlarni kesish. go'shtni nimtalarga ajratish, boshoqli o'simliklarning boshoqlarini o'rish maqsadlarida pichoq va o‘roq sifatida keng foydalanganlar.
Undan tashqari Hindistonda yashagan mezolit davri kishilari bigiz, igna. so"zan, tosh sandonlar, ushatgich. nayza, nayza uchJari va boshqa qurollar ham yasaganlar. Hindistonda tarqalgan mezolit davri makonlarining madaniy qatlamlaridan toshdan yasalgan kamon o‘qlarining uchlari ham topilgan. Madaniy qatlamlardan topilgan kamon o'qining uchlariga qarab xulosa qilinsa, u davr kishilari o'zlarining ov va xo'jalik hayotlarida o'q-yoydan keng foydalanganliklarini bildiradi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra. mezolit davrining eng katta kashfiyot va yutuqlaridan biri-kamon va o'qning kashf etilishi edi. Kamon va o‘q - inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslaina bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi edi.
Shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, neolit davridan keyin kelgan bronza davri kashfivotlari “Ilk Hind sivilizatsiyasi”ning rivojiga o‘zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Chunki bu davrda sug'orm a ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq hamma o'tgan davrlarga nisbatan o'zining yuqori pog'onasiga ko’tarildi. Shuningdek, bu davr ishlab chiqarishning rivoj lanishi m unosabati bilan ortiqcha mahsulot yetishtirib, odamlar orasida xususiy tengsizlik, tabaqalanish va ilk davlatlarning paydo bo‘lishi uchun zamin hozirladi.
Eng Qadimgi Hindiston jamiyati va madaniyati. Hindiston yarimorolining shimoli-g‘arbidan Hind daryosi oqib o'tadi. Bu daryo sanskrit tilida Sindxu, pushtu tilida esa Abbasin - "daryolar otasi” deyiladi. Bu daryoning besh irmog'i oqib o'tadigan joy Panjob - Beshsuv deyiladi. Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab kelishgan.
1920 - 1922-yillarda arxeologlar Panjob hududidan, Xarappa va Hind daryosi bo'yidan Moxenjo-Doro yodgorligini topgan va u yerda arxeologik qazishlar o'tkazadilar. Tekshirishlardan bu yodgorlik qadimgi Hind shaharlarining xarobasi bo’lib chiqdi. Moxenjo-Doro Hind daryosining o’rta qismida joylashgan bo'lib, har biri ikki yarim kv km joyni egallab yotar edi. Xarappa va Moxenjo-Doro mil.av. III mingyillik va II mingyillikning o'rtalarida mavjud bo‘lgan davlatlarning markaziy shaharlari bo'lgan ekan. Bu shaharlarda aholi zich yashagan. Har ikki shahar xarobasini qazigan arxeologlaj pishiq va xom g'ishtdan qurilgan 1,2,3 qavatli uy-joy, ibodatxona, hukmdorlar sarovi, omborxona hamda podsho qarorgohlarining qoldiqlarini topganlar. Bu joylardan g'isht yotqizilgan ko'chalar, pishiq g'ishtdan qurilgan quduq va hovuztar ham topilgan.
Shahar tog'dan sopol quvurlar orqali keladigan suv bilan ta’minlangan. Shaharda iflos suvlami tashqariga chiqarib yuboradigan yer osti qurilma inshootlari ham bo'lgan. Har ikki shaharda zargarlik, me'morchilik, to'qim achilik, kulolchilik, qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa sohalari ham rivojlangan. Xarappa va M oxenjo-Doroliklar spool, qayiq va kemalar yasab, daryo va dengizlarda bemalol suzganlar. Har ikki shahar ham qal'alar, qalin, baland minorali mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Xarappa va Moxenjo-Dorodan iyeroglif yozuvlari va tosh tarozlari ham topilgan. Mil.av. XVI-XIII asrlar orasida Xarappa va M oxenjo-Doro shaharlari xarobazorga aylanib inqirozga yuz tutgan.
Olimlaming fikrlariga ko‘ra, Xarappa va Moxenjo-Doro shaharlari shimoli-g‘arbiy Hindistondagi qadimgi davlatlarning poytaxti bo’lgan bo’lsa kerak. Bu ikki shahar m.av. II mingyillik o‘rtalarida O'rta Osiyo vu Erondan kelgan oriy ko'chmanchilarning talon-taroj urushlari natijasida vayron etilgan, degan fikr bor.
Eng Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va xo‘jaligi. Eng Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyatga asoslangan quldorlik davlati edi. Eng Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo‘shinga tayanib ish olib borganlar. Qadimgi aholi boy-badavlat, hunarmand. mayda savdogar. o'rtahol dehqon va ziyolilardan iborat o'rta tabaqaga hamda kam bag'allar, qashshoqlar va qullarga bo'lingan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni o'zlashtirganlar. Buyvol. zubr va qo'tos ho'kizlarini qo'sh omochga qo'shib yer haydaganlar. O'zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan.
Suvni yuqoriga chiqarishning eng qadimgi qo'l usuli Misr tipi - shoduflar bo'lib, ular qadimiy Misr, Mesopotamiyada va Hindistonda keng tarqalgan edi. Shoduf moslamasi Hindistonda ‘'densli’' nomi bilan mashhur bo'lgan. U yerda '‘rati” deb yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo'lib, bular Misr “atue”siga o‘xshaydi. Dehqonlar dalalarga bug'doy, arpa, no‘xat, sholi, shakarqamish va g'o‘za ekkanlar. Hindiston g'o’za - paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o'rik, olma yetishtirib. polizchilik va bog'dorchilik bilan ham shug'ullangan. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mis va jezdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero't yaylovlar ko'p bo’lgan. Shu bois aholi qoramol, qo'tos, zubr, qo‘y, echki, cho'chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shug‘ullangan, Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo'lga o'rgatib, ulardan xo'jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta'minlagan.
Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro‘zg‘or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlagan. U yerda to'qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko’p joylaridan savdo omborxonalari va do'konlarrning qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi.
Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo'llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig‘ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, bo‘lg‘usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan.
Eng Qadimgi Hindiston madaniyatining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi va u yerda harbiy demokratiya davriga borib taqaladi. Qadimgi hind madaniyati ularning xo‘jaligi bilan chambarchas bog’liq bo'lgan. Hind va Panjob viloyati eng qadimgi hind madaniyatining beshigi hisoblanadi. Yozuv eng qadimgi hind madaniyatining ajralmas qismi bo’lgan. Arxeologlar Xarappa, Moxenjo-Doro va boshqa joylardagi yodgorliklardan sopol parchalari, muhrlar sathi va toshlarga bitilgan g‘alati yozuvlar topishgan. Bu yozuvlar ba'zi jihatlari bilan misr va shumerlarning iyerogliflariga o‘xshab ketadi. Qadimgi hind alifbosining 700 ga yaqin rasm-belgilardan iborat ekanligi olimlar tomonidan aniqlangan. Tekshiruvchilar bu yozuvni o‘qishga urinib ko'rganlar. Lekin bu urinish hozircha yaxshi natija bergani yo'q.
Qadimgi Hindistonda haykaltaroshlik ham rivoj topgап. Bu jihatdan Xarappa va Moxenjo-Dorodan topilgan erkak kishi, raqqosa ayol timsoli va boshqa haykallar diqqatga loyiqdir. Eng qadimgi Hindistonda rassomchilik ham taraqqiy etgan. Hind vohasi va Panjobdagi eng qadimgi yodgorliklardan, hatto uzoq Mesopotamiyadan odam, odam qiyofasidagi xudolar, zubr, karkidon, buqa, lil, qo'tos, shuningdek, eng qadimgi rasm-belgili yozuv tushirilgan tosh muhrlar topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |