1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


-mavzu. Kushon podsholigi davrida Hindiston



Download 1,53 Mb.
bet18/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

17-mavzu. Kushon podsholigi davrida Hindiston
Reja:

  1. Ko‘chmanchi yuechjilar bosqini.

  2. Hindiston kushonlar davlati tarkibida.

  3. Qadimgi Hindiston madaniyati.

Mil. avv. II asr o‘rtalarida Markaziy Osiyo hududlarida siyosiy vaziyat murakkablashadi. Mo‘g‘uliston va Shimoliy Xitoy yerlarida kuchayib borayotgan ko‘chmanchi xunnlar imperiyasining ta’siri natijasida boshqa chorvador xalqlar o‘z yerlaridan g‘arbga siljishga majbur bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa ushbu ulkan imperiya tarkibiga kirib ketishi xavfi paydo bo‘ldi. Xususan ko‘chmanchi yue-chjilar va xunnlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bunga misol bo‘la oladi.
Taniqli olimlar A. N. Bernshtam, A. M. Xazanov, E. I. Kichanov, N. N. Kradin, A. Asqarov, Y. F. Buryakov, K. Shoniyozov, E. Rtveladze va boshqalaming ilmiy izlanishlarida Markaziy Osiyo ko‘chmanchilari va o‘troq ziroatkorlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari o‘z aksini topgan.
Xunnlar hukmdori shanyuy Mode (yoki Maodun)dan so‘ng mil. avv. II asrda yue-chjilarga shanyuy Laoshan oxirgi qaqshatqich zarbani bergach, ular g‘arbga O‘rta Osiyoga chorvalari bilan ko’chib ketishga majbur bo‘ldilar. Usun yerlari (Yettisuv) orqali ikki daryo oralig‘i (Oks va Yaksart) hududlariga chiqdilar. Mahalliy ko‘chmanchi xalqlar bo‘lmish saklaming ayrimlari Baqtriya orqali Parfiyaga o‘tib ketishga majbur bo‘ldilar, qolganlari esa, yue-chjilar qabilaviy ittifoqi tarkibidan o‘z o‘mini topgan. Katta yue-chjilar kelguniga qadar ham ikki daryo oralig‘i yerlarini egallash borasida saklar o‘rtasida doimiy kurashlar bo‘lgan. Misol uchun saklaming bir qismi hisoblanadigan qang‘arlar, yue-chjilar kelguniga qadar o'zlariga bo‘ysunishni xohlamagan mahalliy ko‘chmanchilar (saklaming 109 boshqa guruhi) assiylar (yoki assian), passianlar, toxarlar va sakaroakalami Yunon-Baqtriyaga siqib chiqarganlar. Ushbu ko‘chmanchilar Baqtriyadagi (Xan davlati solnomalarida Daxya yoki Dasya) markazlashgan ammo kuchsizlanib qolgan yunonlar hokimiyatini tugatganlar. Strabonning ma’lumotiga qaraganda aynan yuqorida aytib o‘tilgan nomadlar Yunon-Baqtriya davlatini ag‘darib tashlaganlar. Ulaming ichida yuechjilar borligi to‘g‘risida olimlar o‘rtasida mulohazali fikrlar bildirilmoqda.
Saklaming katta bir qismi Hindistonning shimoli-g‘arbidagi Seyiston viloyatiga borib o‘mashdilar. Ikki daryo oralig‘i (Amudaryo va Sirdaryo) esa siyosiy jihatdan yuechjilar va qang‘arlar o‘rtasida bo‘lib olingan. Ammo iqtisodiy jihatdan ko‘chmanchilar o‘troq ziroatkorlar bilan bir joyda yashay olmaganligi sababli chorvadorlar yaylov va tog1 oldi qirlarida qo‘shni bo‘lib hayot kechirganlar. Amudaryo daryosi qirg‘oqlari yerlarida dastlab o‘ziga makon tutgan katta yue-chjilar qabilaviy ittifoqi, Baqtriyaga hali to‘liq kirib bormagan edilar.
Oldin Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan Yunon-Baqtriyaning shahar va qal’alari ko‘chmanchilar nazorati ostiga o‘tadi. Misol uchun Dalvarzintepa manzilgohi ko‘chmanchilar hukmronligi davrida taraqqiy eta boshladi. Dastlab yunon-baqtriyaliklar hukmronligi yillarida 4 gektami tashkil qilgan shaharcha mil. avv. I asrlarda yirik siyosiy markazlardan biriga aylangan edi. Bu orada mil. avv. 90-yilga kelib yue-chjilar deyarli butun Baqtriyani bosib olishga erishadilar. Ya’ni Amudaryodan janubda joylashgan kichik yunon knyazliklarini birin ketin bosib oladi. Iqtisodiy jihatdan bir ko‘chmanchi oilani boqish uchun taxminan o‘rta hisob bilan 100 ta qo‘y va echki hamda 15 yoki 25 ta yirik shohli qora mol kerak bo‘ladi. Agarda katta yuechjilaming umumiy soni 100000 oilaga yaqin bo‘lsa, boqiladigan chorva soni Shimoliy Baqtriyada uzoq tura olmasligi m alum bo‘ladi. Zero, shimoldagi So‘g‘d yerlari qang‘arlar ta’sirida bo‘lganligini hisobga olsak, ular faqatgina saklar talon-taroj qilib o‘tgan Baqtriyaning qolgan qismiga kirib borishdan boshqa ilojlari ham yo‘q edi.
Ushbu vaziyatdagi Markaziy Osiyodagi siyosiy omilni tahlil qiladigan bo‘lsak, butun Baqtriya yunon-baqtriyaliklaming o‘zaro urushi va saklaming bosqinidan so‘ng oson o‘lja bo‘lib qolgan. Taniqli olimlar B. Y. Staviskiy, G. A Pugachenkova va E. V. no Rtveladzelaming bu boradagi fikri turlicha talqin qilingan. Ammo yue-chjilami besh mustaqqil knyazlikka (Xitoy mabalarida “xi-xou”) bo‘linishidan oldin deyarli butun Baqtriya egallanib bo‘lganligi aytib o‘tiladi. Shundan so‘ng Baqtriya (Daxya) yerlari Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xisi va Dumi knyazliklariga bo"linib ketgan. Ko‘chmanchilar o‘zlaridan keyin kam yozma manbalar qoldirganligi sababli, yuqorida ta’kidlangan knyazliklami chegaralari borasida aniq ma’lumotlar hozircha yaxshi o‘rganilmagan.
Mahalliy va ellin boshqaruv tizimi ko‘chmanchi katta yue-chjilar tomonidan tez o'zlashtirildi. Buni biz yozma va numizmatik manbalarda ko‘rishimiz mumkin. Ko‘chmanchi chorvachilik sekin inqirozga yuz tuta boshladi.
Mil. avv. I asrga kelib aksariyat katta yuechjilar o‘troqlashib bo‘lgan edi. O‘troq ziroatkor yerlardagi aholi bilan aralashuv, jadal rivojlanib borgan. Dasht chorvadorlari harbiy davlatchilik tizimi bevosita saqlab qolingan edi. Arxeologik ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, katta yue-chjilar davlat boshqaruvida dastlab, Baqtriyadagi mahalliy yozuvlardan keng foydalanganlar.
Milodiy I asr boshlarida katta yuechjilarning Guyshuanlar urug‘idan bo’lgan hukmdori (yabg‘u) Kudzula Kadfiz Baqtriyani birlashtirishga erishadi. Yue-chjilaming 5 ta knyazligini birlashtiradi, so‘ngra Ansi (Parfiya) bilan urush boshlab, Hindikush janubidagi Pudu (Kashmir)ni bosib oladi va Gibon (Qobul viloyati) yerlarini ham egallaydi. Bulaming barchasiga Baqtriya, iqtisodiy va siyosiy platsdarm bo‘lib xizmat qilgan edi. Kudzula Kadfiz Kushonlar davlatini imperiyaga aylantirishda dastlabki qadamni qo‘yib berdi. Rabotak sulolaviy ro‘yxatga ko‘ra undan so‘ng taxtga kelgan Vima Takto “noma’lum podsho” yunoncha Soter Megas norni ostida podsholik qilgan. Soter Megas olimlaming fikricha uzoq hukmronlik qilmagan bo‘lsa-da uning nomidan tangalar zarb etilgarii ma’lum. Ammo hukmronlik qilgan yillari borasida olimlar orasida munozarali fikrlar ko‘p uchramoqda.
Milodiy I asr o‘rtalarida Vima Taktodan keyin hokimiyatga kelgan Vima Kadfiz Hindistonning Markaziy qismlariga qadar imperiyani kengaytirdi. Uning davrida pul islohoti o‘tkazildi hamda oltin tangalar keng muomilaga kiritila boshladi. Oltin tangalaming aksariyati aholi zich bo‘lgan Hindistonda keng tarqaldi. Matxura va Taksilla shaharlari Kushonlar ta’siriga tushgan o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga chiqadi va iqtisodiy jihatdan yuksaladi. Vima Kadfizdan keyin, milodiy 78-yil hokimiyatga kelgan Kanishka I davriga kelib, mamlakat siyosiy markazi Hindikushdan janubga Hindistonga siljiy boshladi. Chunki Buyuk ipak yo‘li savdosining muhim qismi sifatida Shimoliy va Markaziy Hindistonning e’tibori oshgan edi. Hindistonda aholi ko‘p bo‘lganligi tufayli iste’mol bozori katta edi. Kushoniar Kanishka I (taxminan milodiy 78-123-yy) hukmronligi yillarida yunonlar alifbosi asosida davlat ishlarini yuritishni cheklay oldilar. Kushonlaming alohida yozuvi paydo bo‘lsa-da imperiyaning hududlarida aholi o‘z yozuvini ishlataverganlar. Kanishka I buddaviylaming soborini Ashokadan keyin yig‘gan hukmdorlaridan biri bo‘ldi. Uni podsholigi davrida, buddaviylikning maxayana (katta g‘ildirak) yo‘nalishi yanada rivoj topishi uchun keng imkoniyat yaratildi. Buddizm davlat diniga aylanib boradi. Ammo Kushoniar imperiyasida mahalliy dinlarga tolerantlik va diniy bag‘rikenglik imkoniyatlari yaratilgan edi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra Eski Termiz, Qoratepa, Dalvarzintepa va Ayritom manzilgohlaridan topilgan topilmalar, Baqtriyada zardushtiylikning o‘mi yuqori bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Kushonlar Hindistondagi qaram knyazliklar (rojaliklar) ichki ishlariga kam aralashganligi tarixdan ma’lum. Kushonlar tayinlagan kshatraplar (hokimlar) markaziy hokimiyatga nomiga bo‘ysunib ichki ishlarda mustaqil bo’lganlar. Hukmdorlar Xuvishka, Vasishka Vasudevalar davrida Kushoniar konfederativ boshqaruv tizimini saqlab tura oldilar. Milodiy III asr o‘rtalariga kelib, Kushoniar tuzgan iinperiya ichki nizolar va o‘zaro urushlar natijasida inqirozga yuz tutdi. Podsho Kanishka III davrida ko‘p millatli mamlakat parchalanishni boshladi. Milodiy 276-yilga kelib Kushoniar imperiyasi tarix sahnasidan o‘chib ketadi.
Ko‘p millatli Kushonlar imperiyasi Buyuk ipak yo‘lida joylashgan ulkan davlat sifatida shuhrat qozonadi. G ‘arbda qudratli Parfiya (keyinchalik Sosoniylar) Shimolda Qang‘ davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Savdo yo‘li tranziti ushbu davlatni ikki asrdan ortiq dunyoning eng kuchli imperiyalari ichidan o‘z o‘mini egallash imkonini bergan. Kushoniar imperiyasida siyosiy hokimiyat, kelib chiqishi ko‘chmanchilardan bo‘lgan sulola qo‘lida bo‘lsa-da, ular mahalliy boshqaruvni o‘ziariga moslashtira oldilar va keng sarhadli hududlarda hukm surgan edilar. Ko'chmanchilar ko‘p millatli imperiya tuza olibgina qolmay ushbu davlat tarkibidagi xalqlami ummumiy manfaatlarini himoya qilib, o‘troq va chorvador madaniyatlami yagona chegaralar ostida birlashtira oldilar. Umum imperiya qonunlari konfederativ tusda bo‘lsa-da, ammo mahalliy urf-odatlar ham e’tibordan chetda qolmagan edi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish