1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Download 1,53 Mb.
bet17/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

16-mavzu. Veda davrida Hindiston.
Reja:

  1. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatni yuzaga kelishi

  2. Vedalar davri.

  3. Kshatriylar davlatlarining shakllanishi.

Hidiston tarixini mil. avv. II ming yillik oxiri - I ming yillikning birinchi yarmiga oid davrini “Veda davri” deb ataydilar. Chunki Vedalar ushbu davmi o‘rganishning asosiy yozma manbasi hisoblanadi. Vedalar, oriylaming hind guruhi (hind ariylari) yaratgan muqaddas adabiy yodgorliklaridir. Tili va mifologiyasi bo‘yicha ular Avestoga juda yaqin turadi. “Veda” so‘zi rus tilidagidek “vedat”, ya’ni “bilish” (muqaddas bilim) so‘zi bilan bogiiq. Vedalaming to‘rt asosiy to‘plami va ularga qilingan son-sanoqsiz sharhlar matnlari saqlanib qolgan. Vedaning asosiy mazmuni diniy marosimlar bilan bog‘liq edi. Sharhlar esa keyingi davrlarda Vedalarga asoslangan adabiyotlar tarkibini tashkil qiladi.
Vedalaming eng qadimgisi - Rigveda (asl ma’nosi “madhiyalar vedasi”) oriylar xudolariga bag‘ishlangan madhlardan tarkib topgan. Uning asosiy qahramoni - Indra xudosi hisoblanadi. U momaqaldiroq singari quroli - “vajra” bilan, shaklsiz va dahshatli samoviy suvlami (bu suvlar sigirlar podasiga qiyoslangan) ushlab turadigan yovuzlik timsoli Vritrani sanchib nobud qiladi. Indra g‘alabasidan so‘ng suvlar shiddat bilan oqadi va sigirlar suvloqlar tomon yuguradi. Koinotdagi tartibsizlik o‘mini samoviy tartib egallaydi. Shu kabi afsonalar oriylar jamiyatining dastlabki diniy tasavurlari haqida ma’lumot beradi.
Qadimiy veda adabiyoti, oriylar yarim ko‘chmanchi tarzda turmush kechirganligini ta’kidlaydi. Ulaming asosiy mashg‘uloti yirik qoramol boqish va yaylovlarda o‘t-o‘lan kamayguniga qadar bir yerdan boshqa joyga ko‘chib yurishgan iboratligi aytib o‘tiladi. Oriylaming ijtimoiy munosabatlari patriarxal urf-odatlarga qurilgan edi. Xarappa aholisi madaniyatidan farqli o‘laroq hindoriylar xudolarining aksariyati erkaklar timsolida gavdalangan. Chunonchi Rigveda madhiyalarida xudolaming alohida odamga xos jihatlari o‘z aksini topgan. Ammo bular sof she’riyatga xos obrazlardir (“Indraning baquvvat qo'llari”, “quyoshli xudoning tillo sochlari”). Hindoriylaming xudolari deyarli mavhum tarzda idrok etilgan. Ular olov mehrobida qurbonliklar qilib, xudolar o‘tga tashlangan go‘sht, yog‘, sut, arpa yoki bo‘g‘doy urug‘lari hidiga to‘yinadilar deb ishonganlar.
Rigvedada ikki ijtimoiy toifa alohida o‘rin egallaydi. Birinchisi - “rishi”lar (bashoratchilar) bo’lib, ular diniy marosimlarda alohida o‘ringa ega bo‘lganlar. Ikkinchi toifaga qabilalar boshliqlari yoki sardorlar kirgan. Ular chorva podalarini, sermaysa yaylovlar uchun yuzaga keladigan harbiy to‘qnashuvlarda qabiladoshlariga bosh bo‘lganlar. Ammo yakka hukmdor emas edilar. “Rigvedaning” keyingi nushalari paydo boMishi davriga kelib, oriylaming kohinlari xudolar bilan muloqot qiluvchi bo'libgina qolmay, balki ulaming kasbi nasldan naslga o‘tadigan sinfiga aylanadi. Kohinlaming o‘g‘illari kohin bo'ladilar va boshqa kohinlar qizlariga uylanadilar.
“Rigveda”ni kohinlar o'zib qoldirgani uchun ular aslzodalar hisoblangan. Hind-oriylar Varuna - osmon xudosi, Ratri - tun ruhi, Agni - olov xudosi; Parjana - “daraxtlarni sindiruvchi” hamda sigirlar, otlar va odamlarga suv quyuvchi yom g'ir xudosi va Indra quyosh xudosiga sig‘inganlar. Hind-oriy jamiyatida (“kasta” yoki “vama”) braxmanlar bir qator ustunliklarga ega bo‘lgan. Unga hech kim zulm o‘tkazmasligi, tahqirlashi va unga jismoniy jazo berilishi mumkin emas edi. Aks holda qilingan qurbonlik befoyda boiadi, xudolar uni qabul qilmaydilar deb ishonganlar. Bundan tashqari, braxmanni xafa qilish xavfli hisoblangan. Braxmanlar bilimlari avloddan avlodga o‘tgan. Olim braxman atrofida doim shogirdlari bo‘lgan, ular balog‘atga yetguncha uning uyida yashayganlar, ustoziga xizmat qilganlar va undan ilm olganlar.
Braxmanlardan keyingi ikkinchi toifani “kshatriy’Mar tashkil qilgan. Ular qabila sardorlaridan chiqqan harbiylar sinfi (zodagonlar) edi. Uchinchi tabaqaga qabila jamoasining to‘la huquqli vakillari “vayshiy”lar kirgan. Ular chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan ozod kishilar edi. Yuqorida keltirilgan uch tabaqa vedalar bilan bog‘liq diniy marosimlarda ishtirok etish va veda matnlarini o‘qish huquqiga ega bo’lganlar. Ular “ikkinchi marta tug‘ilgan” lar sinfiga kirgan,
Aksincha, to‘rtinchi tabaqa vakillari “shudra”lar hech qanday vaziyatda “ikkinchi marta tug‘ilish” marosimidan o‘tishi va veda marosimida ishtirok etishi mumkin emas edi. Barcha begonalar va to‘la huquqli bo‘lmaganlar shudra hisoblangan. Hindistonda tabaqa-kasta tuzumi “karma” (hayot davomida qilingan ishlar, xatti-harakatlar, qilmishlar) ta’limotiga bog'liq bo‘lgan. O'sha davrda mavjud bo‘lgan tasavvurlarga ko‘ra, tirik jon o‘limidan so‘ng butunlay yo‘q bo‘lib ketmasdan, qayta tug‘iladi va oldingi hayoti davomida qilgan ishlariga muvofiq ravishda yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yaxshiroq ko'rinishda qayta tug‘ilishga sazovor bo‘lgan hayvon, odam bo'lib tug‘ilishi mumkin, shudra esa braxman, braxman esa xudo (xudolar ham tirik mavjudotlaming bir turi, shuning uchun ular ham karma qonuniga bo‘ysunadilar deb ishonganlar) sifatida tug‘ilishi mumkin edi.
Tirik mavjudotlar guruhlarining har biri - jati (asl m a’nosi - “tug‘ilish”) hisoblangan. Chorva jatisi (zotlari), o‘simliklar jatisi (turlari), odamlar jatisi (kasta va vamalar) mavjud deb ishonishgan. Hindlar uchun kastani o‘zgartirish masalasi, xuddi qo‘yning filga aylanishi masalasi singari bema’ni hisoblangan. Kastadan tashqaridagi nikohlar dastlab munkin bo‘lmagan. Shu tariqa hind-oriy jamiyati shakllanib borgan.
Buddaviylik davrida Hindiston. Ko‘chmanchi oriylaming urug‘-aymoqlari o‘zlarini “jana” (sanskritchada “qabila”) deb nomlaganlar. Gang daryosi vodiysiga ko'chib borib o‘mashgach, ular bu yerlami bosib oiishgan. So‘ngra o'zlarini “janapada”, ya’ni “mahalliy qabilalar” deb nomlay boshladilar. O ln oltita maxajanapada (yoki “buyuk janapada”) qabilaviy ittifoqlari yuzaga kelgan edi. Tez orada boshqa qabilalarni o‘zlariga bo‘ysundirganlar va ular bilan aralashib ketadilar. Keyinchalik harbiy demokratiyadan uzoqlashish yuzaga kelib, davlatlar paydo bo‘la boshlaydi. Ushbu podsholiklarda hukmdor va uning qarindoshlari hamda jangchilari yuqori tabaqa hisoblanib kelgan. Hukmron urug‘da tug‘ilgan kishi “kshatriy” hisoblangan va u zodagonlardan qatlamiga mansubligi e’tirof etilgan. Shunday bo‘lsa-da braxmanlar o‘z mavqeyini saqlab qolganlar. Hokimiyatni qonuniylashtirishda braxmanlar muhim ahamiyatga ega edilar.
Mil. avv. VI asrlarda Shimoliy Hindiston hududida yigirmadan ortiq kichik davlatlar yuzaga keladi. Ushbu davlatlaming boshida kshatriylar kastasiga tegishli mahalliy podsholar turar edi. Ammo mutaxasislaming fikricha ayrim podsholiklardagi sulolalar oriylardan bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da tashkil topgan eng yirik davlatlarga Kashala, Magatxa, Gandxar, Malla, Anga, SHaxya, Panchala va boshqalar misol bo‘la oladi. Yuqorida ta’kidlangan davlatlar o‘rtasida doimiy o'zaro urushlar bo‘lib o‘tgan. Ular butun Hindistonda hukmronlik qilishga intilganlar. .
Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida mamlakatda avvalgi dinlardan farq qilgan qator diniy oqimlar paydo boiadi. Ulardan asosiysi buddaviylik edi. Rivoyatlarga ko‘ra unga Siddxartxa Gautama ismli shahzoda asos solgan edi. Tez orada uning ta’limoti butun Hindistonga tarqalib ketadi. Buddaviylaming fikri to‘rt asosiy haqiqatga suyanadi. Ya’ni dunyo azob-uqubatdan iborat, uning sababi esa insonlarning nafs va xohishlari deb ta’kidlangan, Azobdan qutulish uchun odamlar o‘z nafslarini tiyishlari kerak edi. Bu yo‘lda insonlar Budda aytib o‘tgan qoidalarga rioya qilishlari lozim deb bo‘lgan. Buddaviylik insonlami ilm va ma’naviy komillikka chorlovchi dinga aylanib borgan.
Mil. avv. V-III asrlar Hindiston tarixida Magadha-Mauriya davri deb nomlanadi. Magadha qabilaviy ittifoqi tez orada kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan markazlashgan davlatlardan biriga aylanadi. U hozirgi Bixar shtati hududini egallagan edi. Mil. avv. IV asrga kelib boshqa podsholiklar bilan qonli kurashdan so‘ng ustunlika erishadi va Gang vodiysida o‘z hokimiyati o‘matadi. Hind afsonalarida Magadha podsholari hasis va shafqatsiz qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek ulaming lashkarlari soni juda ko'pligi alohida ta’kidlanadi. Magadxa podsholarining harbiy kuchlari maosh oladigan (yollanma) qo‘shin bo‘lgan. Ularni ta’minlay uchun bo‘ysundirilgan hududlar aholisidan doimiy o‘lpon olingan.
Gang daryosi havzasidagi davlatlar Magadha hukmronligi ostida birlashish jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda, mil. avv. 327- yilda Hindistonning shimoli-g‘arbidan Aleksandr Makedonskiy (Sharqdagi ismi Iskandar) qo'shinlari mamlakatga kirib keldilar. Mahalliy davlatlarning bir qismi yunon-makedon askarlariga qarshi kurash olib boradilar, ayrim podsholiklar esa ularga bo‘ysunadi. Masalan, Panjobdagi mahalliy podsholardan biri Por o‘zining 30 ming piyoda, 4 ming otliq, 3 ming jang arava va 200 ga yaqin fillardan iborat qo‘shini bilan Aleksandr Makedonskiyga qarshi jang qilgan. Ammo yunon-makedon qo'shinlaridan yengiladi. Aleksandr Makedonskiy uning mardligiga tan berib, posholigini o‘ziga qaytarib beradi. Mil. avv. 325-yilga kelib yunon-makedon qo‘shinlari ayrim garnizonlarni Hindistonda qoldirib, mamlakatni tark etadilar.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng (mil. avv. 323-yilda) bosqinchilarga qarshi harakatga Magadhadan kelib chiqqan Chandragupta Maurya boshchilik qiladi. Mil. avv. 317-yilda Makedoniya qo‘shinlarining oxirgi garnizonlari Hindistondan jo‘nab ketadilar. Chandragupta ichki urushlarda Magadha hukmdori ustidan g‘alaba qozonadi va uning poytaxti Pataliputrada (hozirgi Patna) taxtga o'tiradi. Shu tariqa Mauriya sulolasiga asos solinadi, Chandragupta butun Shimoliy Hindistonni o‘ziga bo‘ysundiradi. Mil. avv. 305-yili Salavkiylar dalati bilan kurash olib borib, ular bilan sulh tuzadi. Keyinchalik Chandragupta jaynizm e’tiqodi tarafdori bo‘lganligi manbalarda ta’kidlangan. Natijada mil. avv. 297-yilda podsho Chandragupta o‘z o‘g‘li shahzoda Bindusara (mil. avv. 297-272-yy) foydasiga taxtdan voz kechadi. Uning davrida Maurya davlati o‘z qudratini saqlab qoladi.
Bindusaraning hukmdorligi to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Yunonlar unga Amitrokates ya’ni “dushmanlar qotili” degan istilochilarga beriladigan ism qo‘yganlari ma’lum. Faqatgina Kalinga podsholigi, Maurya davlati hukmronligining janubga tarqalishiga qarshilik qilgan edi.
Bindusara vafot etgandan so‘ng (taxminan mil. avv. 372-yilda), Kalinga istilo etilmagan edi. Uni bosib olish vazifasi Bindusaraning o‘g‘li podsho Ashoka zimmasiga tushadi. U yosh yigitligi chog‘ida, otasi uni Taksilaga isyonni bostirish uchun yuboradi. Shundan so‘rig beshta “janapada”lardan biriga hokim qilib yuboradi. So‘ngra Ashoka taxt uchun aka-ukalari bilan kurashishga majbur bo‘ladi va g‘alaba qozonadi. 0 ‘zaro ichki urushlar to‘rt yil davom etaganligi manbalarda ta’kidlangan edi. Mil. avv. 260-yilda u qo‘shinlarini janubga, qarshilik ko‘rsatayotgan Kalingani bosib olishga boshlab boradi. Kalinga zabt etilib, 100 ming kishi qirib tashlanadi va 150 mingga yaqini imperiyaning boshqa joylariga ko‘chirib yuboriladi.
“Kalinga yozuvi”da Ashoka qilgan ishlaridan qattiq afsuslangani ta’kidlab o‘tadi va istilolami to‘xtatadi. Kalingani bosib olganidan so‘ng Ashokaning eng yirik yutug‘i diniy va siyosiy sohalardagi islohatlari e’tiborga loyiqdir. U dxamma tamoyillarini qayta tasdiqlash maqsadida buddaviylik (ayrim manbalarda buddaviylar sabori) yig‘ilishi tashkil qiladi. Pataliputra shahrida taxminan mil. aw . 245-yilda o'tkazilgan buddaviylik yig‘ilishi Palikanon kitoblaridan birining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Yig‘ilishning oxirida Ashokaning o‘g‘li Maxendra janubiy sohil yaqinida joylashgan orolga (hozirgi Seylon) din targ'ibotchisi sifatida jo‘natiladi. Boshqa targ'ibotchilar Ashokaning yordami bilan hattoki Yunonistonga ham yuboriladi.
Mil. avv. 231-yilga kelib Ashoka vafotidan so‘ng Maurya davlati tez orada parchalanib ketadi. Ashokaning o‘g‘illari va nevaralari saltanatda hukmronligini yo‘qotadi. Ichki urushlar davlatni kuchsizlantirdi oqibatda tashqi dushmanlar bundan foydalanadi. Mil. avv. Ill asming o‘rtalaridayoq, Salavkiylar saltanatining parchalanib 108 ketishidan so‘ng, Hindiston chegaralari yaqinida Yunon-Baqtriya podsholigi tashkil topadi. Baqtriyaning yunon hukmdorlari mil. avv. II asming boshlaridayoq Hindistonni kuchsizlanishidan foydalanib, harbiy yurishlar uyushtiradilar.
Mil. avv. II asming 40-30 yillarida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanadi va shimoli-sharqdan ko‘chmanchi “katta yue-chji“ qabilalari kirib keladi. Yunon-Baqtriya bosqichma-bosqich zabt etiladi. Hindistonning shimoli-g‘arbida esa yunon-baqtriyalik lakarboshilar boshqargan kichik podsholiklar bor edi. Tarixda ulami Yunon-hind davlatlari deb ataydilar. Keyinchalik, milodiy I asrida, Yunon-hind davlatlari yaqinida Hind-saklar va Hind-Parfiya davlatlari paydo bo‘Ia boshlaydi. Hind-Parfiya podsholari orasida eng ko‘zga ko‘ringani Gondofar (milodiy 21-46-yy) bo‘lib, uni davlati shimoliy Hindistonning katta qismini o‘z ichiga olgan edi

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish