1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Download 1,53 Mb.
bet19/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

18-mavzu. Qadimgi Xitoy
Reja:

  1. Qadimgi Xitoyning geografik o'rni va tabiiy sharoitlari.

  2. Manbalar va manbashunoslik. Tarixiy davrlantirish.

  3. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlarning shakllanishi.

Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. V–III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllandi. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oldi.


Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Mil.avv. IV–II ming yilliklarda Xuanxening o‘rta oqimida karkidon, tapir, bambuk kalamushlari kabi hayvonlar mavjud bo‘lgan. Bambuk daraxti o‘sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog‘i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Mil.avv. IV–III ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan paleosiyo aholisini siqib chiqargan protosinotibetliklar yaratganlar. Mil.avv. I ming yillikda Xuanxening o‘rta oqimida inlar va chjoularning o‘zaro ta’siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga keldi. Bu etnosning shakllanishida shimolda yashagan paleosiyo va austroosiyo Janubiy Osiyo tillarida so‘zlashuvchi etnoslar ishtirok etganlar.
An’anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo‘yicha davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko‘ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so‘ng «uch sulola» – Sya, Shan-In (mil.avv. XVII–XIII asrlar) va Chjou (mil.avv. XI–III asrlar) davrlari boshlandi. An’ana bo‘yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o‘z ichiga olgan ikki qism: G‘arbiy Chjou (mil. avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou ( mil. avv VIII–III asrlar) ga bo‘linadi. Sin sulolasi (mil.avv. III asr) o‘rniga hukmronlik vaqti g‘arbiy va sharqiy davrlarga bo‘linadigan Xan sulolasi keladi. Mil.avv. III asr oxiri – milodiy III asr Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqottalablariga javob bermaydi. Shu sababli, jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari tayyorlangan asosiy buyumlar bo‘yicha bosqichlarga bo‘ladigan arxeologik davrlashtirish ilmiy-amaliy jihatdan asosli. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to‘gri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kirdi. Chunsyu davri (mil.avv. VI–V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi.
Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti asosida quyidagicha davrlashtiriladi:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi (mil.avv. II ming yillik).
2. Mil.avv. VIII–III asrlarda qadimgi Xitoy.
3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat – Sin imperiyasi (mil.avv. 221–207-yillar).
4. Qadimgi Xitoy II–IIII asrlarda.
Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko‘p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari, eng avvalo, Lu podsholigi davrida tuzilgan, mil.avv. VIII–V asrlar voqealari yoritilgan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» matni bilan an’anaviy ravishda uning muallifi, qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiy nomi bog‘lanadi.
Yilnomalar bilan yaqin bog‘langan, eng avvalo, «Shanshu» («Shuszin» – Qo‘shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarini so‘zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan «Shanshu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba’zi boblari keyingi davrlarga oid.
Mil.avv. I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo‘ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o‘rin tutadi. Ana shunday asarlardan biri Sima Syanning (mil.avv. 105–90-yillarda yozilgan) «Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni yoritishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanladi. Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu G‘arbiy Xan (mil.avv. 206-yil) sulolasining tarixini yozishda foydalandi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan janr asoschisi bo‘ldi. Xitoy tarixini arxeologik o‘rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinidan boy qabrlar (mil.avv. III asr) topilgan.
Yuqori paleolit davrida (mil.avv. 50 ming yillar atrofi) Xitoyda mongoloid irqiga mansub odamlar yashagan. Xitoy shimolidan Xuanxe daryosi vodiysi bo‘ylab ilk mongoloidlar janubga – Yanszi daryosi tomon siljib, janubdan kelgan avstraloidlar bilan to‘qnashdilar. Ming yillar davomida bu guruhlarning bir-biri bilan aralashib ketishi natijasida mongoloid irqiga mansub hozirgi xitoyliklarning ilk ajdodlari – neolit odami shakllandi. Janubiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oq bo‘yi hududlarida qadimgi Indoneziya, Ve’tnam qabilalariga mansub antropologik tip – minyu, mavzeye shakllanib, ular hozirgi Xitoyning kichik etnik guruhlarining ajdodlari hisoblanadi.
Mil.avv. IV–III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqimida Yanshao madaniyati tipidagi neolit manzilgohlari vujudga keldi. Dehqonchilik, cho‘chqa va it boqish asosiy mashg‘ulot bo‘lgan. Maxsus o‘choqlarda 1400 haroratda idish-tovoqlar toblanadi.
XX asrning 70-yillarida Xitoyning shimoliy-sharqida lunshan madaniyati topildi. Bu madaniyat mil.avv. XXIV–XVI asrlarni o‘z ichiga oladi. Kulolchilik charxi paydo bo‘ladi. Kulrang va qora rangli idishlar tayyorlanadi. Qo‘y, sigir boqiladi. Mil.avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida kulolchilik charxi yordamida dehqonchilikda o‘roq va pichoqning takomillashgan shakli vujudga keldi. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashdi. Eng qadimgi bronza davri buyumlari (mil.avv. II ming yillikning birinchi yarmi) Ermitou tipidagi manzilgohlardan topilgan.
Maydoni 4 km2 bo‘lgan manzilgohda saroyga o‘xshash katta inshoot topilgan. Xitoy an’anasiga ko‘ra Xitoydagi ilk davlat Syadan boshlanadi (mil.avv. 2205–1766-yillar). Lekin bu davrga oid ma’lumotlar yo‘q. Keyingi In davri (mil.avv. XVII–XIII asrlar)da poytaxt Shan shahri hozirgi Anyan yaqinida mil.avv. XV asrda paydo bo‘ladi, in davlati bir necha o‘n qabilalar birlashmasi bo‘lgan. Birlashmani in qabilasining yo‘lboshchisi Van boshqargan. Uning hokimiyatining tayanchi oqsuyak-zodagon bo‘lgan. Van qo‘shini oqsuyak zodagonlarning jang aravalari, piyodalar hamda boshqa ittifoqchi qabilalarning ko‘ngillilaridan iborat bo‘lib, bu qo‘shin bilan bo‘ysunmagan qo‘shni qabilalar ustiga yurishlar qilingan. Yurishlarda olingan asirlar ajdodlarga qurbonlik qilingan, o‘lja qabila boshliqlari o‘rtasida taqsimlangan. Urug‘-qabila boshqaruvi uning oqsoqoli va urug‘ zodagonlari qo‘lida bo‘lgan. Urug‘-qabilaning asosiy qismi – oddiy jamoachi dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ular jamoaga tegishli yerlarda mehnat majburiyatini o‘tab, olingan hosilning bir qismini zodagonlarga berganlar. Ilk shaharlarda turli kasb egalari bo‘lgan aholi yashagan. Mil.avv. XIV–XI asrlarda O‘rta Xitoyda In davrida ilk shaharlar paydo bo‘ldi. Jez qurollarining paydo bo‘lishi, shaharlar va yozuvning yuzaga kelishi eng muhim yutuq bo‘ldi. Jezdan qurollar va marosim ko‘zalari tayyorlangan. Jez quyish san’at darajasiga ko‘tarilgan. Bu davrdagi ijtiomiy tabaqalanish izlarini In qabrlarida ko‘rish mumkin. In davlati tepasida van (hokim) turgan. Van bir vaqtning o‘zida oliy kohin vazifasini ham bajargan. In davlatining eng qudratli davri mil.avv. XIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van U Di davriga to‘g‘ri keldi. Uning davrida Shan shahrida saroy va ibodatxonalar qurildi. Mamlakat hududi kengaydi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish