1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Download 1,53 Mb.
bet22/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

21-mavzu. Xan imperiyasi
Reja:

  1. Xan davlati vujudga kelishi.

  2. Xan davlatining ichki siyosati.

  3. Xan imperiyasining tashqi siyosati.

  4. Xitoy madaniyati.

Mil. avv. 203-yilda Sin sulolasi xalq qo‘zg‘olonlari natijasida kuchsizlandi. Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo‘shini Chu sulolasidan bo‘lgan Syan Yuyni jangda yengadi. Bir yildan so‘ng Sin davlati o‘mida Xan saltanati tuziladi. Xan imperiyasining qo‘shni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bo‘lib qolgan oykumena egotsentrik (egotsentrizmga oid, o‘ta manmanlik. O‘zini dunyoga ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol o‘ynagan.
Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga “daotsizm” falsafasiga oid asarlarda o‘z aksini topgan o‘zgacha konsepsiyaga qarshi turganki, unga ko‘ra “o‘rtaliq saltanat” ning boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib topgan kunidan boshlab, eng muhim tashqi siyosiy vazifasi - chegaralami ko‘chmanchi Syunnu (Xunn) qabilalaming muntazam bosqiniaridan himoya qilish edi. Mil. Avv. Ill asming oxiriga kelib imperiyaning shimoliy chegaralarida ushbu qabilalaming qudratli birlashmasi vujudga keldi. “Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma” deb ma’lum bo‘lgan va mil. avv. 198-yilda tuzilgan shartnomaga binoan Lyu Ban Shanyuy (syunnu qabilalarining oliy sardori) Modega nisbatan o‘lpon to‘lovchi ekanligini faktik jihatdan tan oldi.
Mil. avv. 195-yilda Lyu Banning o‘limidan so‘ng, taxtga uning o‘g‘li Xuey-di (mil. avv. 195-188-yy. ) o‘tqaziladi. Ammo mamlakatni amalda malika Lyuy-xou va uning qarindoshlari boshqaradi. Imperator esa sharobxo‘rlik va ayshu-ishratga berilib, davlatni deyarli idora qilmaydi. Xunnlar hukmdori Mode, vaziyatni o‘zi uchun qulay deb hisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoyga qaratdi. Modomiki, Xitoyga hujum qilishga rasmiy bahonasi bo‘lmagan Mode ig‘vo qilmoqchi bo‘ldi va mil. avv. 192-yilda Lyu Banning beva xotini imperatritsa Lyuy-xouga nikoh taklifi bilan maktub yubordi.
Konfutsianlik axloqiga binoan beva hukmdor ayolga nikoh taklifi bilan murojaat qilish odob qoidalarining qo‘pol tarzda buzilishi edi. Lyuy-xou darxol Shanyuy Modega qimmatbaho sovg‘alar yubordi. Shu bilan bir qatorda nikoh to‘g‘risidagi taklifiga rad javobini berdi. Mil. avv. 188-yili davlat boshqaruvida qobiliyatsiz imperator Xuey-di vafot etadi va malika Lyuy-xou buyrug‘iga binoan, uning yosh o‘g‘li Shao-di Gun (mil. avv. 188-184-yy. ) taxtga chiqariladi. Manbalarda ta’kidlanishicha Shao-di Gun, imperator naslidan boimagan. Mamlakat yana Lyuy-xou tomonidan boshqarilishi davom etadi. Biroq bu imperator ham qo‘g ‘irchoq hukmdor edi. Mil. avv. 180-vilda malika Lyuy-xou olamdan o‘tgach, saroy zodagonlari Lyuy qavmidan bo‘lgan vazirlar hamda knyazlami boshqaruvdan chetlatiladilar.
Taxtga imperator Ven-di (mil. avv. 180-157-yy. ) chiqariladi. Yangi imperator davrida soliqlar kamaytiriladi va mamlakatda osoishtalik hukm suradi. Mil. avv. 165-yilda imperator amaldorlikka o‘tish uchun imtihon tizimini kiritadi. Xan imperiyasida konfutsiychilik bilan bir qatorda daotsizm ma’rifati rivojlanadi. Mil. avv. 157-yili taxtni Szin-di (asl ismi Lyussi) egallaydi. U otasining siyosatini davom ettirib, soliqlarni kamaytiradi. Ammo Xan imperiyasiga kiruvchi knyazliklar boshida turgan knyazlaming nufuzi kundan-kunga oshib boradi. Ushbu knyazliklar mustaqqil ravishda tangalar zarb etar, hududlarida soliqlarni yig‘ar, hatto o‘z qo‘shinlariga ham ega edilar.
Mil. avv. 154-yil imperator Szin-di ulami huquqlarini cheklab, ayrim knyazliklaming hududini qisqartirmoqchi bo‘ladi. Bu yo‘l bilan imperator, ulaming ortib borayotgan kuch-qudratini pasaytirmoqchi bo‘ladi. Natijada U knyazi Lyu Pi, Chu knyazi Lyu U, Szyaosi knyazi Lyu An, Szyaodun knyazi Lyu Syunsyuy, Szichuan knyazi Lyu Syan, Szinan knyazi Lyu Piguan, Chjao knyazi Lyu Suylar imperatorga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Tarixda bu isyon “yetti viloyat qo‘zg‘oloni” deb nomlangan. Xan imperiyasida ichki nizolar boshlanib ketadi. Imperatoming buyrug‘i bilan Chjou Yafu boshchiligidagi hukumat armiyasi dastlab, U hamda Chu knyazliklaridagi qo‘zg‘olonni bostiradilar. So‘ngra imperator qo‘shinlari boshqa knyaziiklardagi isyonlami bostirishga muvaffaq bo‘ladi. Umuman qo‘zg‘olonchi knyazliklami mag‘lub etish uchun uch oy kerak bo‘ldi. Imperator Szin-di mamlakat yaxlitligini saqlab qoldi. Szin-didan keyin taxtga uning o‘g‘li U-Di (mil. avv. 140-87-yy) keladi. Uning davrida konfutsiylik ta’limoti ravnaq topadi. Mil. avv. 133-yilda xunnlar bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi bekor qilindi va imperator U-Di ularga qarshi yurishlar boshladi.
Mil. avv. 138-yilning o‘zidayoq U-Di xunnlarga nisbatan dushman bo‘lgan yuechji qabilalari bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida Chjan Szyan boshchiligidagi elchilikni jo‘natdi. O‘rta Osiyoda bo‘lgan davrida Chjan Szyan ilgari Xitoyliklar uchun noma’lum hisoblangan yirik o‘lkalami kashf etdi. Mil. avv. 119-yilda xunnlar bilan olib borilgan urush Xan imperiyasi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ko‘chmanchilar vaqtinchalik bo‘lsa-da kuchsizlantirildi. Endi shimoliy Xitoyga xavf soluvchi ko‘chmanchi xalqlaming eng kattasi yo‘ldan olib tashlangan edi. Xan imperiyasi Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan Sharqiy Turkiston o‘lkasining shahar - davlatlarida o‘z ta’sirini va hukmronligini yoyish uchun turli diplomatik va harbiy usullardan foydalangan. Ushbu siyosatni amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida Xan imperiyasining usun qabilalari bilan ittifoq tuzishi namoyon bo‘ldi.
Mil. avv. 115-yilda usunlar huzuriga Chjan Szyan boshchiligidagi elchilik yuborildi. Ushbu elchilik Xan davridagi Xitoy davlatining Markaziy va 0 ‘rta Osiyoning hamda 0 ‘rta Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savdo va diplomatik aloqalarini rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Biroq Buyuk Ipak yoTini egallash UDi uchun uning “imperiya sarhadlarini 10 mingligacha kengaytirish va hokimiyatini butun dunyo bo‘ylab yoyish” g'oyasini amalga oshirishdagi muhim bosqichi edi. Harbiy yo‘nalishdagi faol tashqi siyosat bilan bir qatorda U-Di janubiy va shimoliy-sharqiy yo‘nalishlar bo'yicha keng istilochilik harakatlarini olib bordi. Mil. avv. 109-yilda imperator U-Di Lyaodun yarim oroli va Koreyaga harbiy yurish uyushtirib, Pxenyanni egallaydi. Koreyadagi Kochoson davlatini bosib olib, uni to‘rt viloyatga bo‘lib yuboradi. Bir yildan keyin imperator buyrug‘i bilan Sharqiy Turkistonga general Chjao Pon qo‘shinlari yuboriladi. Natijada Turfan yerlari bosib olinadi. Mil. avv. 105-yilda Usun (Yettisuv) davlati hukmdori bilan qarindosh tutilib, ular bilan ittifoq tuzadi.
Mil. avv. 104-yilda U-Di buyrug‘i bilan general Li Guanli Davan (Farg‘ona) davlatiga qarshi qo‘shin tortib boradi. Ammo bu yurish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Xitoyliklar katta talofat ko‘rib, Davan bilan sulh tuzib ortga qaytadilar. Shu bilan birga, yillar davomida U-Di tomonidan olib borilgan tashqi urushlar davlat g‘aznasini kamaytirdi. U-Di vafotidan so‘ng yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borilmadi. Taxtga uning o‘g‘li Chjao-Di (mil. avv. 87-74-yy) chiqadi. Mamlakatni vaqtinchalik regent sifatida Xo Guan ismli zodagon boshqaradi. O'zining qisqa boshqaruvi davrida Chjao-di otasidan farqli o‘laroq soliqlami kamaytiradi va jadal tashqi siyosatdan voz kechadi. Mil. aw . 74-yili taxtga Syuan-di chiqadi. Uning davrida xunnlar bilan urush (mil. avv. 71-yilgacha)boshlanib, Xitoyning g‘arbiy chegaralari talon-taroj etiladi. Biroq Xan imperiyasi qo‘shinlari dushmanga munosib qarshilik ko‘rsatadilar. Xunnlar ortga qaytib ketadilar. So‘ngra taxtga Yuan-di (mil. avv. 49-33-yy) keladi. Uning davrida imperator saroyida hokimiyat uchun zodagonlar ikki partiyaga (ya’ni konfutsiychilar va saroy partiyasi) bo‘linib, kurash olib borganlar. Natijada mamlakat kuchsizlanib boradi. Keyingi imperator Chen-di (mil. avv. 33-yildan- milodiy 7-yilgacha) hukmronligi yillarida imperiyada korrupsiya kuchayadi va zodagonlaming Van qavmining nufuzi ortadi. Imperator hokimiyati esa susayib boradi. Bundan vaziyatdan saroy a’yonlaridan biri Van Man foydalanib qoldi va milodiy 9-yili imperator Jutszi Inni taxtdan qulatib o‘zini hukmdor deb e’lon qiladi.
Uning davrida Xitoyda pul va yer islohatlari o'tkaziladi. Ma’muriy boshqaruv tizimiga ham o‘zgarishlar kiritiladi. Bu orada tabiy ofat yuzaga keladi, ya’ni Xuanxe daryosi o‘zanlaridan chiqib mamlakatning unumdor yerlariga katta talofat yetkazadi. Milodiy 18-yili Shandun va Szyansu viloyatining janubida podsho hokimiyati hamda yirik yer egalariga qarshi tarixda “qizil qoshlar” qo‘zg‘oloni deb nom olgan dehqonlar harakati boshlanib ketadi. Dehqonlar hukumat qo‘shinlaridan o‘z odamlarini ajrata olishlari uchun qoshlarini qizil rangga bo‘yab olgan edilar. Kamiga milodiy 21 - 22-yillarda imperiyada ocharchilik boshlanadi. Bulaming barchasi dehqonlani ag‘darib tashlangan Lyu sulolasi vakillari va Fan Chun boshchilik qilayotgan “Qizil qoshlar” armiyasi tomoniga o‘tishga majbur qiladi.
Milodiy 23-yil Van Man taxtdan qulatilib, hokimiyatga Lyu sulolasi vakili Lyu Syuan (Genshi-di) keladi va Xan imperiyasini qayta tiklanganini e’lon qilinadi. Ko‘p o‘tmay “qizil qoshlar” qo‘zg‘oloni ham bostirilib, milodiy 25-yil (ayrim manbalarda 27 yil) imperator Lyu Syu poytaxtni Loyanga ko‘chiradi. I asming o‘rtalariga kelib esa Xan imperiyasi yana qadimgi dunyoning eng yirik davlatiga aylandi. Ushbu davrda imperiyaning eng asosiy vazifasi shimoliy xunn qabilalarini bo‘ysundirish va “g‘arbiy o‘lkada” (Sharqiy Turkiston yerlari) o‘z hukmronligini tiklash edi.
Milodiy 73-yilda Ban Chao elchilik vazifasi bilan g‘arbiy o‘lkaga yuborildi. Uning bu yerlardagi harakatlari o‘sha zamon diplomatiyasiga xos tarzda olib borildi. Sharqiy Turkiston shahar-davlatlari qayta bo‘ysundirildi. 80- yillaming oxiridan boshlab Buyuk ipak yo‘li orqali Kushon davlati, Parfiya va Rim imperiyasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar o'matildi. Bu aloqalar milodiy I va II asrlar chegarasida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Rim imperiyasi (qadimgi Xitoy manbalarida Datsin deb nomlanadi) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘matishga urinishlar ham qilib ko‘riladi. Keyinchalik mamlakat korrupsiya va ichki nizolar tufayli kuchsizlana boshlaydi.
So‘ngra 184-yili og‘ir soliqlar va majburiyatlarga qarshi xalq akaukalar Chjan Szyao, Chjan Bao hamda Chjan Lyanlar boshchiligida (“Sariq ro‘mollilar”) qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonchilarning umumiy soni 300 ming kishiga etib, ular 30 dan ortiq guhlarga bo‘lingan edi. Q o‘zg‘olon 205-yil Xan sarkardalari Dun Chjo va Saosaolar tomonidan qiyinchilik bilan batamom bostiriladi. Tez orada Saosao bosh vazir bo‘lib olgach, imperator hokimiyati nomigagina tan olinadi. So‘ngra 220-yil mart oyida bosh vazir Saossao vafotidan so‘ng, Xan imperiyasining so‘nggi imperatori Syan-di taxtdan voz kechadi. Hokimiyatga Saossaoning o‘g ‘li Sao Pey keladi va o‘zini Vey davlati podshosi deb e ’lon qiladi.
Natijada Xitoy uch mustaqil davlatga (Vey, Shu, U. ) boTinib ketadi.
Qadimgi Xitoy madaniyati. Xitoy aholisining madaniy merosi juda qadimga borib taqaladi. Bu yerda qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston va Yaqin Sharqdagi kabi ko‘hna madaniyat taraqqiy etgan. Bu hududda dastlabki sivilizatsiyalar paydo boTishi bilan insonlar yuksak madaniyatga asos solganlar. Xitoyliklar qadimdan juda mehnatkash xalq bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilikni erta o‘zlashtirganlar. Mil. avv. II ming yillikdan boshlab, Xuanxe va Yanszi daryolari qirg‘oqlarida paydo boTgan davlatlar (Shan) davridayoq qadimgi Xitoy piktografik yozuvlari paydo bo'ldi. Keyinchalik bu yozuvlar ieroglif shakliga kira boshlaydi. Ieroglif yozuvlar m a’lum bir ma’noni anglatuvchi so‘zlar edi. Shan-In davrida u takomillashadi, yozuvdan asosan diniy marosimlarda, fol ochishda, mulkiy munosabatlami hal etishda va boshqa maqsadlarda foydalanish keng quloch ochdi.
Yozishda dastlab qora mol kurak suyaklari, toshbaqa toshi, shoyi mato va bambuk taxtachalaridan foydalanganlar. Faqatgina mil. avv. I asrdan boshlab, qog‘ozga yozishni boshlaydilar. Qog‘ozni ixtiro etilishi esa davlat boshqaruvi, fan va madaniyatni rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Qadimgi xitoyliklar ilmiy bilimlarni dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikda qo‘llashni yaxshi bilganlar. Irrigatsiyadagi katta yutuqlar pirovardida dehqonchilikda hosildorlikni oshirishini yaxshi tushunganlar. Suvsiz joylami sug‘orish uchun maxsus moslamalar ixtiro qilingan. Ular yana ipak qurti yordamida ip olish va undan mato to‘qish texnologiyasini ishlab chiqqanlar.
Qadimgi Xitoydagi ilmiy bilimlaming asoslaridan biri sifatida falsafani tan olishgan. Bu yerda mashhur faylasuf Kun-szi (mil. avv. 125 551-479-yy) faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik u dunyoda Konfutsiy sifatida tanilgan. Konfutsiy yashagan davrda Xitoyni ichki nizolar va urushlar qamrab olgan edi. Shunga qaramasdan uning falsafiy ta’limoti Xitoy jamiyati uchun eng kerakli dastur-ul amal vazifasini bajardi. Chunki konfutsiylik etikasi diniy emas edi. Ammo tabiat bilan uyg‘unlikka intilish jamiyat uchun muhim deb hisoblangan. Konfutsiy etikaning oltin qoidasi “o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani, birovga ravo ko‘rma” tushunchasini ilgari surdi. Uning fikricha haqgo‘y va solih inson quyidagi besh tamoyilga rioya qilishi kerak edi. Bularga “Jen” insonlarga muhabbat, “I” haqiqat va adolat, “Li” urf-odat, “Chji” aql-zakovat hamda “Sin” samimiylik yoki yaxshi niyat kabilar kirgan. Garchand Konfutsiy o‘z yurti Lu davlatidan badarg‘a qilingan bo‘lsa-da, u yaratgan ta’limot Xitoyning boshqa joylariga va keyinchalik butun dunyoga yoyildi. Shu bilan birga mil. avv. V-III asrlarda Xitoda “daotsizm” ta’limotining asoslari paydo bo‘ladi. Afsonalarga ko‘ra daotsizmga mashhur donishmand Lao-szi asos solgan. Bu falsafiy va diniy ta’limot konfutsiylik bilan bir qatorda rivojlanib borgan. Xitoy jamiyatining taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qadimgi Xitoyda yana tarix va geografiya fanlari rivojlangan. Masalan Sima Syan, Fan E, Ban Gu va boshqa olimlar Xitoyning tarixi va geografiyasiga oid asarlar yozib qoldirishgan. Aniq fanlarga kelsak qadimgi Xitoyda matematika va astronomiyaga ham katta e’tibor berilgan. Shan-In davlati davrida astronomiyaga oid bilimlar shakllangan edi. O‘sha davrdayoq xitoylik astronomlar quyosh va oyning tutilish vaqtini aniq hisoblay olganlar. Manbalarda ta’kidlanishicha, keyinchalik xitoylik olimlar janubni ko‘rsatuvchi kompasni ham ixtiro qilganlar. Qadimgi Xitoy me’morchiligi dunyoning boshqa davlatlarida mavjud bo‘lgan me’morchilik maktablaridan qolishmaydi. Masalan, ko‘chmanchi qabilalardan mudofaalanish uchun qurilgan dunyoga mashhur “Buyuk Xitoy devori”ni olaylik. Uning uzunligi 4000 kilometrga yaqin bo‘lib, balandligi 12 metr, qalinligi esa 5 metrga teng bo‘lgan. Bu mahobatli me’moriy majmuasi Sin imperiyasi paydo bo‘lishidan aw al qurilishi boshlangan edi. Shu bilan birga mashhur Sin imperatori In Chjen (Sin-Shixuandi) maqbarasi o‘zining go‘zal va maftunkor mahobati bilan kishilami e’tiborini tortadi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish