1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi



Download 1,53 Mb.
bet14/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

13-mavzu. Qadimgi Eron
Reja:

  1. Qadimgi Eron hududining tabiiy sharoiti, iqlimi, aholisi

  2. Qadimgi Elam davlati

  3. Midiya davlatining tashkil topishi

Qadimgi Elam hududi tog‘li Karuna va Kerxe daryolari vodiysida yuzaga kelgan. Hozirgi Eronning janubiyg‘arbiy qismini o‘z ichiga oladi. Afsonalarga ko‘ra mil. avv. 2700-yilda Elam davlatiga tarixda “noma’lum podsho” deb nom qoldirgan hukmdor asos solgan deyiladi. Elam tarixini, mutaxasislar to‘rt davrga boiib o‘rganadilar. Ya’ni, Protoelam davri (mil. avv. 3200-2700-yy), Qadimgi Elam davri (mil. avv. 2700-1600-yy), Yaqin Elam davri (mil. avv. 1500-1100-yy) va Neoelam yoki Yangi Elam davr (mil. avv. 1100-539-yy)lariga ajratadilar.
Qadimgi Elam aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Elam tili izolyant hisoblanadi ammo dravid yoki afraosiyo tiliga qarindoshligi hozigi kunda xorij olimlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Mesopotamiya shahar dalatlariga yaqin bo‘lganligi tufayli ulaming ma’daniy ta’siri juda yuqori bo'lgan. Mil. avv. Ill mingyillikga oid Shumer-Akkad manbalarida Shushen(Suza), Anshan(Anchan), Simashki, Adamdun va Paraxse (Marxashi) kabi shahar davlatlar haqida m a’lumot keltirilgan.
Mil. avv. XXVI asda Elamning Avan shahridan kelib chiqqan Mesilim Kish lugali maqomini ham olishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan u Avan sulolasiga asos solgan. Avanliklar protoelam piktografik chiziqli yozuvdan davlat ishlarida foydalanganlar. Podsholar Ukkutaxish, Shushuntarana, Autalummash, Kikkusivetemptilar hukmroligi yillari borasida olimlar orasida munozarali fiklar mavjud. Ammo mil. avv. 2300-yilda Avan shahri podshosi Luxxishshan haqida ma’lumotlar keltirilgan. Elam garchand siyosiy jihatdan kichik shahar davlatlardan iborat bo‘lsa-da yagona o‘lka hisoblangan. Podsho Lixxishshan, Akkad hukmdori Sargon I qo‘shinlaridan yengilib asir tushadi. Lekin Elam yerlari Shumer-Akkad dalatining viloyatlaridan biriga aylanib qolmaydi. Balki vaqtincha qaram mamlakat maqomida qoladi.
Mil. avv. 2190-yili Kutik-Inshushinak(akkadcha Puzur-Inshushinak) Elamda hokimiyatga keladi. Uning otasi Shimpixishxuk podsholar naslidan bo‘lmasada, ammo ona tomondan oldingi hukmdor Xitaga qarindosh bo‘lgan. Bu sulola mil. avv. 2190-yilga qadar Elamda hukmrolik qildi. Kutik-Inshushinak Elamni akkadliklaming hukmronligidan xalos qiladi. Chunki bu payt ko‘chmanchi gutiylar Mesopotamiya shahar davlatlarini bosib olib, Shumer-Akkad podsholigini tugatadilar. Natijada Elam ozod mamlakatga aylanadi. Kutik-Inshushinak Anshanni bosib olib Elamning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
Akkadliklar bilan ittifoqda gutiylar bilan ham urush olib boradi. Suzada iloh Inshushinak uchun ibodatxona bunyod etadi va kanallar qazitib dehqonchilikni rivojlanishiga e’tibor qaratadi. Uning vafotidan so‘ng gutiylar Elamni talon-taroj qiladi va Avan sulolasi barham topib Elam kichik dalatchalarga boMinib ketadi. Ko‘p o‘tmay Ur podshosi Shulgi tomonidan bosib olinadi. Mamlakat bir asrdan ko‘proq shumerlik amaldorlar tomonidan boshqariladi. Ur podshosi Shu-Suen davrida Elamning Simashki shahar-davlati poshosi Gimamme (mil. avv. 2030-yilda) Shumerdan ma’lum erkinliklarga erishadi. III Ur sulolasi amoreylaming doimiy hujumlaridan Shumemi mudofaa etib turgan paytda, Elam qariyib ikki yuz yillik qaramlikdan chiqa boshlaydi. Simashki (Mil. avv. 2015-yilda) sulolasidan Enpiluxan davrida Elam Shumerga bo‘ysunmay qo‘yadi. Garchand Ur podshosi Ibbi-Suen Elamga yurish qilib Enpiluxanni asir olib qaytsada, mamlakat mustaqil bo‘lib qolavergan.
Podsho Xutran-tempti (mil. av. 2010-1990-yy) davrida Elam qo'shini Ur shahrini egallab, III Ur sulolasining so‘nggi podshosi IbbiSuenni taxtdan tushiradi. Simashki sulolasidan podsho Idattu I butun Elamni birlashtiradi. Birlashgan Elam yarim asr mobaynida yuksaladi. Mil. avv. XIX asrda siyosiy inqiroz boshlanib hokimiyatga Sukkalmax (yoki Epartidlar)lar sulolasi keladi. Elam amalda uchga bo‘lib boshqarilgan. Mil. avv. XV asr boshlariga kelib Sukkal-maxlar sulolasi ham barham topadi. Olimlaming fikricha ko‘chmanchi kassitlar hujumi bunga sabab bo‘lgan. So‘ngra Elam Anshana va Suza sulolalari tomonidan idora qilindi. Mil. avv. 760-yili podsho Xumbantaxrax Yangi Elam sulolasiga asos soladi. Ushbu sulola Elamni, Ossuriya podshosi Ashshurbanapal bosqiniga qadar boshqardi. So‘ngi Elam podshosi sifatida Xumban Xaltash III tan olinadi. Shundan so‘ng Elam o‘z mustaqilligini butunlay yo‘qotadi.
Qadimgi Midiya hududi hozirgi Eronning g'arbida, ya’ni Araks daryosi va Elbrus tog‘laridan janubda, Fors o‘lkasining shimolida hamda Dashti-Kavir cho‘lidan g‘arbda joylashgan edi. Midiyaliklar bu o‘lkaga Eronning shaqidan kirib kelganligi ta’kidlanadi. Eroniy tilli midiyaliklar tez orada lulubeylar, gutiylar va kassitlami assimilyatsiya qiladilar. Hududi asosan mo‘tadil iqlimli bo‘lgan.
Midiyaliklar asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Bu yerda yilqichilik ham keng tarqalgan edi. Mil. aw . IX asr oxiri va VIII asr boshlarida Midiya ossurlar tomonidan bosib olinadi. Ammo mil. avv. 673-yili midiyaliklar ossurlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Unga Kashtariti ismli sardor boshchilik qiladi. Natijada Midiya mustaqillikni qo‘lga kiritadi. Midiyaning poytaxti Ekbatan. Ossuriya podshosi Asarxaddon skiflami midiyaliklarga qarshi gij-gijlaydi. Skiflar hukmdori Partatua (Gerodotda, Prototiy deb tilga olingan)ga o‘z qizini turmushga beradi hamda ular bilan kelishuv yo‘lini tutadi.. Natijada skiflar akilossuriya koalitsiyasidan chiqadilar. Midiyani ossurlar boshqa o‘z iznida tutib tura olmaydilar. Ammo ulami vaqtincha kuchsizlantiradilar.
Mil. avv. 625-yilda Midiya taxtiga podsho Fravartishning o‘g‘li Kiaksar (Uvaxshatra) chiqadi. Harbiy islohot o‘tkazib, so'ngra Ossuriya bilan urush boshlaydi. Bu orada Kavkaz tog‘laridan Midiyaga ossurlaming itiffoqchilari podsho Madiy boshchiligida skiflar bostirib kiradilar. Ular Midiyani talon-taroj qiladilar. Kiaksar esa vaqtincha skiflarga bo‘ysunadi va ko‘chmanchilarga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay skiflar sardorlarini hiyla yo‘li bilan qo‘lga olib, ulami qatl etadi. Rahbarlarisiz qolgan skiflar Midiyani tark etishga majbur boMadilar. Midiya mustaqilligi qayta qo‘lga kiritiladi.
Mil. avv. 614-yilda Kiaksar qo‘shinlari Dajla daryosidan kechib o‘tib, Ossuriyaning qadimgi poytaxti Ashshumi qamal qiladi. Uzoq qarshilikdan so‘ng Ashshur egallanib, vayron qilinadi. Bobil podshosi Nabopalasar Ashshur vayronalariga yetib kelgach ikki o‘rtada Ossuriyaga qarshi ittifoq tuziladi. Mil. avv. 612-yilga ikki davlat qo‘shinlari Ossuriya poytaxti Nineviyani egallaydilar va butunlay vayron qiladilar. Ossuriyaning shimoli Midiya davlatiga o‘tadi. Kiaksar kuchli dushmandan qutilgach, Elam va Urartu yerlariga yurish qilib, bu hududlami ham Midiyaga bo‘ysundiradi.
Mil. avv. 590-yilda midiyaliklar Lidiyaga(Kichik Osiyo) bostirib kiradilar va besh yil urush olib boradilar. Ammo ikki tomon ham bir-birini yenga olmaydilar. Mil. avv. 585-yil Galis daryosi yonidagi jang paytida quyosh tutilishi sodir bo‘lib, midiyaliklar va lidiyaliklar buni ilohiy belgi deb hisoblab sulh tuzadilar. Podsho Kiaksaming o‘g‘li Astiag, Lidiya malikasiga uylanadi. So‘ngra Kiaksar vafot etadi, taxtga Midiyaning so‘ngi podshosi Astiag (mil. avv. 585-550-yy) keladi. Ko‘p o‘tmay Midiya forslar tomonidan Ahamoniylar davlatiga qo‘shib olinadi. Midiyaning o‘zi va uning yerlari satrapliklarga ajratiladi. Madaniyatiga va tiliga ko‘ra midiyaliklar forslarga juda yaqin xalq hisoblangan. Boshqa eroniy xalqlar kabi uzun soch va soqol о‘stirib yurganlar. Bellarida alohida hanjar (akinak) ilib yurganlar. Zardushtiylik diniga e’tiqod qilganlar. Shu bilan birga hosildorlik ilohasi Anahitaga sig‘inganlar. Hatto Midiya poytaxti Ekbatanda uning ibodatxonasi bor edi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish