Jaholatga qarshi Ma’rifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan
O'zbek xalqining o'tmishi va bugungi kuniga teran nazar tashlagan har bir inson borki, bir holatdan hayratga tushadi. O'z boshidan ne-ne bosqinlar, qatag'onlarni boshidan o'tkazgan xalq qanday qilib o'zining yuksak qadriyatlari, ma'naviyatini saqlab qola oldi ekan? Milliy an'ana va udumlari shafqatsizlarcha tazyiqqa uchragan zamonlar silsilasidan mardona chiqqan xalqning matonati, irodasiga tan bermasdan iloj yo'q. Dunyo tamadduniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan, zo'ravonliklardan omon chiqqan milliy-ma'naviy qadriyatlar, yuksak axloqiy fazilatlar keng quloch yoyayotgan texnologik inqilob, axborot kommunikatsiyalari asrida emirilayotgani, olomon madaniyatining ortidagi ulkan kuchlar tomonidan yo'q qilib tashlashga urinilayotgani ham bor gap. Shu bois bugungi kunda oltinga teng ma'naviyatimizni asrab-avaylash dolzarb vazifaga aylangan. Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari tomonidan aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.
- Aholining keng qatlamini sog'lom turmush tarziga, bunyodkorlik, halollikka chaqirish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mumkin, - deydi viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Ilhom Ahmedov. - Ongi, tafakkuri yuksak, ma'naviy g'oyalar bilan sug'orilgan inson o'zganing haqiga xiyonat qilmaydi. - Aholining keng qatlamini sog'lom turmush tarziga, bunyodkorlik, halollikka chaqirish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mumkin, - deydi viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Ilhom Ahmedov. - Ongi, tafakkuri yuksak, ma'naviy g'oyalar bilan sug'orilgan inson o'zganing haqiga xiyonat qilmaydi. Haq gap. Halollik, peshona teri orqali tirikchilik qilishni kasb qilgan, ota-ona o'gitlariga, oilasi va vataniga sadoqatli insondan jinoyatchi chiqmaydi. Bunday insonni tarbiyalash uchun nafaqat oila, balki butun boshli jamiyat oyoqqa qalqishi zarur. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi shu jihatni e'tiborga olgan holda, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish maqsadida viloyat hokimligi, Ma'naviyat-ma'rifat markazi, Axborot-kutubxona markazi, Madaniyat, Sport va Xalq ta'limi boshqarmalari kabi idoralar bilan hamkorlikda yil boshidan buyon yuzdan ortiq tadbirlar o'tkazildi. Aholi qamrovi shu darajada kengki, viloyatning eng olis hududlaridagi yoshlar, himoyaga muhtoj ayollar ham e'tibordan chetdan qolmagan. Bunga soha xodimlarining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod kabi tumanlarning chekka hududlarida yoshlar bilan o'tkazgan targ'ibot tadbirlari misol bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |