Oraliq botqoqlar (mezotrof botqoqlar) yuqori va pastqam botqoqlar oralig’ida bo’ladi. Ular ham yer osti suvlaridan, ham atmosfera suvlari hisobiga vujudga keladi. Baland joylarda o’sadigan o’tlar asosan atmosfera yog’inlari hisobiga rivojlanadi, ba yerlarda yuqori botqoqlarga xos o’simliklar rivojlanadi. Pastqam joylarda esa quyi botqoqlarga xos o’simliklar o’sadi. - Oraliq botqoqlar (mezotrof botqoqlar) yuqori va pastqam botqoqlar oralig’ida bo’ladi. Ular ham yer osti suvlaridan, ham atmosfera suvlari hisobiga vujudga keladi. Baland joylarda o’sadigan o’tlar asosan atmosfera yog’inlari hisobiga rivojlanadi, ba yerlarda yuqori botqoqlarga xos o’simliklar rivojlanadi. Pastqam joylarda esa quyi botqoqlarga xos o’simliklar o’sadi.
- 4. Muzliklar – Kriosfera. Muzliklar – bu muzlarning tabiiiy to’plami bo’lib, ular mustaqil harakat qila oladi. Muzliklar yer yuzasining shunday joylarida hosil bo’ladiki, bu yerlarda ko’p yillik yoqqan qor erib yoki bug’lanib ketadigan ko’p yillik yog’in miqdoridan ortiq bo’ladi. Domiy muzlar bilan qoplangan maydon quruqlik yuzasining taxminan 11% ini tashkil etadi. Agar Yer sharidagi barcha muzni quruqlik yuzasiga bir tekis taqsimlansa, uning qalinligi 182 m bo’lar edi.
Muzliklar – qor va muzlarning hosil bo’lishi uchun nam yetkazib beruvchi gidrosferaning, bu namni qattiq holda (qor, do’l va x.k.tarzida), bir joydan ikkinchi joyga olib boradigan atmosferaning va yuzasida muzliklar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan litosferaning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi va kriosfera deb nomlanadi . Kriosfera yaxlit tarqalmagan qobiq bo’lib, u atmosfera, gidrosfera va litosferaning o’zaro termik ta’sir zonasida joylashgan. Unga doimiy manfiy harorat xos. Yuqorida aytib o’tilgan uch omilning birontasi bo’lmasa , muzliklar hosil bo’lmaydi. - Muzliklar – qor va muzlarning hosil bo’lishi uchun nam yetkazib beruvchi gidrosferaning, bu namni qattiq holda (qor, do’l va x.k.tarzida), bir joydan ikkinchi joyga olib boradigan atmosferaning va yuzasida muzliklar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan litosferaning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi va kriosfera deb nomlanadi . Kriosfera yaxlit tarqalmagan qobiq bo’lib, u atmosfera, gidrosfera va litosferaning o’zaro termik ta’sir zonasida joylashgan. Unga doimiy manfiy harorat xos. Yuqorida aytib o’tilgan uch omilning birontasi bo’lmasa , muzliklar hosil bo’lmaydi.
- Kriosferaga fasliy va ko’p yillik qor qoplamlari, fasliy va ko’p yillik muzloqlar, tog’ muzliklari va muz qoplamlari hamda yoriqlardagi va yer ostidagi muzlar kiradi.
- Yer po’stining manfiy haroratga ega bo’lgan va yer osti muzlari va tuproqlarni fasliy muzlaydigan joylari mavjud yuqori qismi kriolitozona deb ataladi. Doimiy qor qoplamining umumiy maydoni shimoliy yarim sharda 2mln.km2, janubiy yarim sharda 14 mln km2, doimiy muzlar va tog’lardagi muzlar maydoni 14 mln km2. Demak, qor qoplamining umumiy maydoni 30 mln km2 atrofida, ya’ni yer yuzasining 6%i qor bilan qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |