7-rasm. Har xil molekulyar massadagi M1234 polimer fraksiyalarning termomexanik egri chiziqlari
Polimer zanjirlarining konformatsion o’zgarishlarga moyilligi sababli, molekulalar qayishoqlikka ega bo’lgandagina, termomexanik egri chiziqlarda gorizontal maydon hosil bo’ladi. Shishalanish harorati Tsh va qovushoq-oquvchanlikka o’tish harorati To orasida polimer materiallar, kauchukka o’xshab, yuqori elastiklik deformatsiyalanish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli bu oraliq yuqori elastiklik harorat sohasi deyiladi. Tola hosil qiluvchi polimerlarning amorf holati shishasimon yuqori elastik va qovushoq-oquvchan holatlarda amalga oshadi.
Makromolekulalar va boshqa elementlarning berilgan kuch ta’sirida qaytmaydigan siljishidan vujudga keladigan deformatsiya plastik deformatsiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |