9-rasm. Kristall polimerning sxematik tasviri
a-real polimer, b-ekvivalent model
10-rasm. Pachkalar orqali o’tadigan makromolekula zanjirlarining sxematik tasviri
Regulyar (tartibli) tuzilgan polimerlar uchun kristallik holat termodinamik holat bo’lganligi uchun, makromolekulalar harakatini kuchaytirish bilan (masalan, qizdirish bilan) polimerning kristallanishini tezlashtirish mumkin.
2.Tola hosil qiluvchi eritma va suyumanmalarning struktura-mexanik xossalar
Konstentrlangan eritmalarda makromolekulalarni o’zaro yaqin va uzoq tartibda joylashish modelini solvatlangan makromolekulalarni fluktuatsiyali pachkalar hosil qilish bilan tushuntiriladi. Barpo etilgan pachkalarnnng o’zaro ta’siri natijasida konstentrlangan eritma strukturasi hosil qilinadi. Eritmada pachkalar bilan birga assotsiyalanmagan makromolekulalar ham bo’ladi.
Anomal qovushoq sistemaga (eritmaga) siljituvchi kuch (t) ta’sir ettirilganda, ikki yuza hosil bo’ladi. τ qiymati 0,1-10 Pa bo’lganda hosil bo’lgan I yuza buzilmagan struktura qovushoqligini ifoda etsa, II yuza butunlay buzilgan struktura qovushoqligini, boshqacha aytganda minimal Nyuton qovushoqligini ifodalaydi (12-rasm). Egri chiziqdagi har bir nuqta ta’sirli qovushoqlikni ifoda etadi, chunki har bir nuqtada ikki jarayon, strukturaning buzilishi va yangi strukturami bunyod bo’lishi sodir bo’ladi. Agar tola hosil qiluvchi eritmaga unchalik katta bo’lmagan siljituvchi kuch ta’sir ettirilganda, birinchi bo’lib struktura elementlar orasidagi molekulalararo bog’lar buziladi. Siljituvchi kuch ta’siri ortib borishi bilan avvaliga struktura element mayda pachkalarga bo’linadi. Siljituvchi kuch ta’siri yana ham ko’paytirilganda oqim bo’yicha oriyentatsiyalangan yakka makromolekulalar oqimi vujudga keladi va shundagina eritmaning doimiy minimal Nyuton qovushoqligiga erishiladi. Filyera teshiklari orqali eritma o’tganda siljituvchi kuchning qiymati 103-104 P ga teng bo’ladi. Amalda, eritma strukturasining to’la buzilishi sodir bo’lmaydi. Chunki eritmada solvatlangan makromolekulalar bilan bir qatorda solvatlangan pachkalar ham bo’ladi. Termodinamik ma’no bilan aytganda, erituvchi qanchalik „yomon” bo’lsa, siljituvchi kuch ortishi bilan anomal qovushoq darajasi shunchalik ko’p bo’ladi. Texnolog uchun „yomon” va „yaxshi” erituvchi degan so’z boshqacha ma’no beradi. Yaxshi erituvchida tayyorlangan konsentrlangan eritmaning qovushoqligi, yomon erituvchida tayyorlangan eritmaning qovushoqligiga nisbatan, eritmadagi polimer konsentratsiyasi bir xil bo’lishiga qaramay, ancha kam bo’ladi, suyultirilgan eritmalarniki esa aksincha, yaxshi erituvchida tayyorlanganda yuqori bo’lib, yomon erituvchida tayyorlanganda kichik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |