16-rasm. Eritma va suyuqlanmalarni tozalash sxemasi
1-erituvchi bak, 2-filtrlagich, 3-nasos, 4-filtr, 5-oraliq bak
Polimer gorizontal yoki vertikal (1) baklarda eritilgandan so’ng filtr-ushlagichlardan (2) o’tkaziladi. Bu filtr yopiq korpus bo’lib, ichida to’rsimon savatchasi bor. To’r orqali o’tgan eritma katta o’lchamdagi mexanik zarrachalardan tozalanadi. Ammo eritma bunday filtr yordamida mayda mexanik zarrachalar va gel zarrachalardan tozalanmaydi. Eritmalarni tola olish uchun tayyorlash asosan mana shunday zarrachalar va gazlardan tozalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |