1. Kambagʻallikning mohiyati va vujudga kelish sabablari. Oziq-ovqat va demografik muammolarning mohiyati va ularga taʼsir qiluvchi omillar


Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar



Download 293 Kb.
bet13/15
Sana19.03.2022
Hajmi293 Kb.
#501264
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
RD 1

4. Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasiga oid statistika keltirildi.
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi», – degandi Shavkat Mirziyoyev.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2020-yil 18-fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni kamaytirishga masʼul lavozimlar joriy qilinib, vertikal tizim yaratildi.
Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tashkil etildi.
Oʻzbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Vazirlikning axborot xizmati xabar berishicha, ushbu qaror liberalizatsiya va bozor sharoitida iqtisodiyotni maqsadli boshqarishning shaffof mexanizmlarini yaratish zaruriyati tugʻilganligi sababli qabul qilingan.


Bundan tashqari, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha tizimni ishlab chiqish, barcha idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi toʻgʻrisida” NIZOM ishlab chiqildi. Unga asosan yangi tashkil etilgan vazirlikning kambagʻallikni qisqartirish borasidagi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

  • iqtisodiy oʻsishning inklyuzivligini tahlil qilish va taʼminlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

  • kambagʻallikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambagʻallik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari meʼyoriy asoslarini ishlab chiqish;

  • milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini taʼminlash;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida oʻzaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan iqtisodiy inqiroz davrida kambagʻallik darajasi yanada ortib ketishi mumkin. Bu haqda Jahon bankining rahbari Devid Malpass maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, “bu yil jahon iqtisodiyotini “chuqur retsessiya” kutmoqda.
Dunyodagi 60 millionga yaqin odam koronavirus pandemiyasi tufayli oʻta kambagʻallashadi. Jahon bankining taʼrifiga koʻra, kunlik daromadi 1,9 dollar va undan past boʻlgan odamlar “oʻta kambagʻallik” holatida”.
Malpassning tushuntirishicha, “iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tibbiy favqulodda vaziyatlarga qanday munosabatda boʻlishni tezda oʻrganish kerak. Bundan tashqari, hukumat kambagʻallar va xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashi zarur”.
Uning qoʻshimcha qilishicha, “bank 15 oy ichida eng himoyasiz mamlakatlarga subsidiya va boshqa iqtisodiy yordam shaklida 160 milliard dollar ajratishni vaʼda qilmoqda. Hozirga qadar mablagʻlar dunyo aholisining 70 foizi joylashgan 100 ta mamlakat oʻrtasida taqsimlangan. 100 ta mamlakatdan 39 tasi Afrika mamlakatlariga toʻgʻri keladi”.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalarga asoslanib, mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tavsiyaviy xarakterdagi quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqdik.

  • kambagʻallikni darajasini aniqlash uchun milliy daromadning aholi jon boshiga ulushi, aholi daromadlari va xarajatlari kabi bir qator koʻrsatkichlardan tashqari, aholining uy-joy va boshqa moddiy boyliklar bilan taʼminlanganlik darajasi, yashash qiymati, natural daromadlar, davlat tomonidan ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlashga qatilgan chora-tadbirlar bilan bogʻliq boshqa koʻrsatkichlarni ham kiritish kerak. Buning uchun milliy xususiyatlarni hisobga olgan kambagʻallik darajasini aniqlashning medologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish zarur;

  • kambagʻalikka olib keluvchi alkogolizm, giyohvandlik, qimorbozlik, odam savdosiga qarshi keskin kurashish;

  • aholining sogʻligi jamiyat boyligi hisoblanadi. Shuning uchun aholiga sifatli va arzon tibbiy xizmatlarni koʻrsatish, nogironligi bor insonlarga ularga mos ish topishga koʻmaklashish, imtiyozlar berish;

  • aholini ijtiomiy muhofaza qilish aholida boqimandalik, dangasalik hissini uygʻotishi kerak emas. Shuning uchun ijtimoiyhimoyaga muhtoj boʻlgan aholini manzilli ravishda qoʻllab-quvvatlash;

  • kishilardagi dangasalik, yalqovlik xususiyatini kamaytirish, ularni oʻz qiziqishlari boʻyicha mehnat qilib daromad topishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • aholining maʼlumotlilik (ayniqsa oliy maʼlumotlilik) darajasini oshirish, kasbiy-malaka darajasini oshirish boʻyicha masofaviy (online) taʼlimni rivojlantirish;

  • aholining tadbirkorlik qobiliyatini oshirish, yoʻqolib ketgan mulkdorlik hissini qayta uygʻotish, maqsadli yoʻnalishlarda ularga imtiyozli kreditlar va soliq boʻyicha imtiyozlar berish;

  • aholining mavjud imkoniyatlaridan (deylik qishloq joylarida tomorqa yerlaridan) samarali foydalanmasligi uchun javobgarlikni kuchaytirish;

  • aholi sonining keskin darajada oshib ketishini oldini olish;

  • aholi oʻrtasida anʼanaga aylangan oʻzbekchilikka xos boʻlgan dabdabali toʻylar, tarbirlar uchun xarajatlarni qisqartirish va buning uchun javobgarlikni oshirish;

  • aholini tadbirkorlikka qiziqtirish, oʻqitish, ularni tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida televideniya orqali oʻz sohasida ulkan muvaffaqiyatlargan erishgan yetakchi tadbirkorlar orqali master-klasslar va suhbatlar tashkil etish, tadbirkorlikni talqin etuvchi filmlarni koʻproq namoyish etish va boshqalar.


Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish