1. Kambagʻallikning mohiyati va vujudga kelish sabablari. Oziq-ovqat va demografik muammolarning mohiyati va ularga taʼsir qiluvchi omillar



Download 293 Kb.
bet12/15
Sana19.03.2022
Hajmi293 Kb.
#501264
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
RD 1

1) eng kam ish haqi va pensiyalar;
2) bazaviy ijtimoiy to‘lovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari, stipendiyalar va boshqalar.
Iste’mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va xizmatlar to‘plami har bir mamlakatda turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va ko‘plab omillar – tabiiy iqlim sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Yashash minimumi juda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Undan eng kam ish haqi, pensiya va nafaqalarni belgilash, davlat va mahalliy byudjetlarni hisob-kitob qilish hamda ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi.
O‘zbekiston 2019 yilda global ochlik indeksida 10,7 ball to‘plab, dunyo mamlakatlari o‘rtasida 49-o‘rinni egalladi.
Global ochlik indeksi(GHI) har yili Concern Worldwide va Welthungerhilfe xalqaro nodavlat tashkilotlari tomonidan e’lon qilinadi. Baholashlar turli manbalardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, uch bosqichli jarayonda amalga oshiriladi.
Global ochlik indeksini hisoblashda har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichdan foydalaniladi:
1. To‘yib ovqatlanmaslik: aholining to‘yib ovqatlanmaydigan ulushi (ya’ni, oziq-ovqat kaloriyasining pastligi).
2. Bolalarning to‘yib ovqatlanmasligi: to‘yib ovqatlanmaydigan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar nisbati (ya’ni, to‘yib ovqatlanmaslik natijasida ular bo‘yining tana vazniga mos kelmasligi).
3. Bolalar o‘sishidagi kechikishlar: o‘sishdan kechikayotgan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning nisbati (ya’ni, bolalarning yoshiga nisbatan o‘sishdan kech qolayotganligi ularning surunkali ravishda to‘yib ovqatlanmasliklarini ko‘rsatadi).
4. Bolalar o‘limi: yetarlicha ovqatlanmaslik va nosog‘lom muhit kabi omillarning natijasi sifatida besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.
Tadqiqotlar davomida global ko‘lamda so‘nggi o‘n yillikda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichga tayanilgan holda, 100 ballik shkala bo‘yicha to‘rtala ko‘rsatkichning har biri baholanadi. Agar mamlakat 0 va 10 ball oralig‘ida ball to‘plagan bo‘lsa, bu mamlakatda “ochlikning past darajasi” kuzatiladi. To‘plangan ballar 10 va 19,9 ball atrofida bo‘lsa bu “o‘rtacha ochlik”, 20 balldan 34,9 ballgacha bo‘lsa – “ochlikning yuqori”, 35 balldan 49,9 ballgacha bo‘lsa “ochlikning kritik” darajasini ko‘rsatadi. To‘plangan ballar 50 va undan yuqori bo‘lsa, bu mamlakatda ochlik darajasi “halokatli” ko‘lamda ekanligidan dalolat beradi.
Shunda O‘zbekistondagi holat (10,7 ball) “o‘rtacha ochlik”darajasini bildiradi.
Qo‘shni Qozog‘iston 20-, Qirg‘iziston 35- va Turkmaniston 54- o‘rinda qayd etilgan.
Mamlakatimizda bunday aholining ulushi 2018 yilda juda katta raqamni – 62,1 %ni tashkil etdi. Kambag‘allikni statistik o‘rganish borasida zamonaviy uslubiyotning mavjud emasligi, mazkur muammoni to‘laligicha his qilish va bu borada tegishli chora-tadbirlar ko‘rish imkonini bermaydi.
Kambag‘allik ko‘rsatkichi vaziyatni to‘liq yoritib bera olmaydi. U jamiyat a’zolarining daromadga egalik qilish nuqtai nazaridan tabaqalanish darajasini aks ettirmaydi. Mazkur holatda, Jini koeffitsiyentidan keng foydalanish tavsiya etiladi. Jini koeffitsiyenti 1912 yilda italyan statisti Korrado Jini tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u ko‘pincha “aholi daromadlari konsentratsiyasi indeksi” yoki “adolatlilik indeksi” deb yuritiladi va turli aholi qatlamlari o‘rtasida daromadlarning notekis taqsimlanishini ko‘rsatadi.Koeffitsiyent 0 (yoki 0%) bilan 1 (yoki 100%) oralig‘ida tebranib turadi, bunda 0 mutlaq tenglikni, 1 esa mutlaq tengsizlikni ifoda etadi. Mutlaq tenglik chizig‘i hayotda uchramaydi: ba’zi odamlar boyroq, boshqalari esa kambag‘al bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning daromadlari jamiyatda egallagan mavqelariga mutanosib emas.
2018 yilda eng yuqori darajada ta’minlangan 10% aholining daromadlari barcha daromadlarning 23,7%ini tashkil etgan bo‘lsa, kam ta’minlangan 10% aholining daromadlari jami daromadlarning atigi 3,9%izini tashkil etgan. Daromadlar tabaqalanishining detsil koyeeffitsiyenti 6,1 ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotida xufiyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi (Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 51%ga yetadi) ma’lumotlarni o‘ta aniqlikda hisoblash imkonini bermaydi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 22-25 moddalarida: “Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida milliy kuch-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik vositasida va har bir davlatning tuzilishi, shuningdek, resurslariga muvofiq ijtimoiy ta’minotga va o‘zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirishga, o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”, deyilgan. Shundan kelib chiqqan holda, kambag‘allikka qarshi kurashish har qanday huquqiy-demokratik davlatning muhim vazifalaridan biridir, deyishga to‘la asosimiz bor.
Ammo shuni qayd etish lozimki, kambag‘allikni kamaytirish uchun turli manbalardan katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni ajratishning o‘zi kamlik qiladi. Kambag‘allik favqulodda ko‘p qirrali bo‘lgani holda, uni keltirib chiqaruvchi sabablar ham turlichadir. Kambag‘allikni shunchaki ajratilayotgan nafaqalarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlariga berilayotgan kredit mablag‘larining miqdorini ko‘paytirish orqali kamaytirib bo‘lmasligini o‘tgan yillar tajribasi yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Xususan, mamlakatimizda so‘nggi 2,5 yil ichida tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan kredit mablag‘lari so‘nggi 30 yil ichida ajratilgan mablag‘lardan anchagina ko‘p bo‘lsa-da, bu o‘zining yetarlicha ijobiy ta’sirini bermadi.
Kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa tarmog‘i (EAPN) insonning kambag‘allik holatiga tushib qolish xavfini kuchaytiruvchi bir qator omillarni ajratib ko‘rsatadi. Xususan, bunday omillar sirasiga quyidagilar kiritilgan: ishsizlik, savodxonlik darajasining pastligi, nogironlik, inson salomatligining yomonligi, u yoki bu kam sonli etnik guruhga mansublik, uzoq yoki qashshoq hududlarda istiqomat qilish va shu kabilar.
Bizning fikrimizcha, bu o‘rinda eng katta e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihat – insonlarning iqtisodiy tafakkur darajasidir. Insonlarda o‘z hayotlarini yaxshiroq qilish va rivojlantirish istagi bo‘lishi kerak. Ular o‘zlarini himoyalangan his qilishlari va mol-mulklarining yo‘q qilinishi, hukumatga yaqin amaldorlar yoki ishbilarmonlar tomonidan olib qo‘yilishidan qo‘rqmasliklari kerak. Ular o‘z ovozlari faqat saylov kampaniyasi boshlanganida emas, balki har doim hokimiyat tomonidan eshitilishini ta’minlaydigan muassasalarga ega bo‘lishi lozim. Insonlarga munosib ish joyi bilan ta’minlanish, uy-joyga ega bo‘lish, tibbiy va boshqa shu kabi ijtimoiy xizmatlardan bemalol foydalana olish imkoniyatlari taqdim etilishi zarur.
Kambag‘allikka qarshi kurashishda dunyo mamlakatlari tajribasini o‘rganish va ulardan amaliyotda keng foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqishda Xitoy tajribasidan foydalanish ijobiy samara beradi. Xitoy bugungi kunda kambag‘allikni tugatish borasida juda katta ishlarni amalga oshirdi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda bugungi kunga kelib 850 million kishi qashshoqlik chegarasidan chiqarildi. Xitoyda kambag‘allik darajasi 1981 yilda 88%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 0,7%ni tashkil etdi.Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlardagi kambag‘allik darajasi bilan to‘la mos tushadi. Jumladan, kambag‘allik darajasi AQShda 1%, Shvetsiyada 0,61%, Germaniyada 0,19%, Italiyada (1,5%ni tashkil etadi.
Xitoyda kambag‘allikka qarshi kurashish chora-tadbirlari quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
1. Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya chora-tadbirlarining aniq manzilga yo‘naltirilganligi;
2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahalliy bozorlarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlarining har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi;
3. Kambag‘allikka qarshi kurashishda har bir hududning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib yondashish;
4. Xitoyda amalga oshiriluvchi ijtimoiy siyosat aholi turli qatlamlarining manfaatlarini qamrab olishga qaratilgan. Xususan, keksa yoshdagi aholi uchun tegishli ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish maqsad qilib olingan bo‘lsa, mehnatga layoqatli va ayniqsa yoshlarning mehnat salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish Xitoyda kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatining asosini tashkil etadi. Bunda asosiy e’tibor yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga qaratiladi, ya’ni, “Insonlarga qarmoq berib, ularga baliq tutishni o‘rgatish kerak”, degan Konfutsiy ta’limotiga qat’iy amal qilinadi;
5. Qishloq hududlarida kambag‘allikni kamaytirish maqsadida qishloq hududlariga sanoat ishlab chiqarishini olib kirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish;
6. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish amaliyotidan keng foydalanish;
7. Ijtimoiy dasturlarga yo‘naltirilgan har qanday mablag‘ning sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.
Jahon bankining qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha har ikki yilda e’lon qilinuvchi hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining deyarli 46%i (3,4 milliard kishi)kuniga 5,5 dollardan kamroq mablag‘ga kun kechiradi. 1,9 milliarddan ortiq kishi esa (dunyo aholisining 26,2%i) kuniga 3,2 dollardan kamroq mablag‘ hisobiga kun kechiradi. Kuniga 1,90 dollarga kun kechiruvchi eng qashshoq aholining ulushi dunyo bo‘yicha 10%gacha qisqargan bo‘lsa-da, hanuz dunyoda kambag‘allikni kamaytirish muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotganicha yo‘q.
Oxfam xalqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yig‘ilayotgan soliq tushumlarining har bir dollariga to‘g‘ri keluvchi boylar to‘laydigan soliq atigi 4 sentni tashkil etar ekan. Agar dunyo bo‘yicha eng boy insonlarning atigi 1%i to‘lanayotgan soliqlar miqdorini atigi 0,5%ga oshirsalar, dunyo mamlakatlari bo‘yicha bugungi kunda oddiy maktab ta’limidan bebahra qolayotgan 262 million bola uchun maktabga qatnash imkoniyati yaratilar ekan.

Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish