1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy asoslari tavsifi



Download 0,71 Mb.
bet9/12
Sana25.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#702908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
AUDITor Etikasi

Auditorning professional malakasi. Auditor mijozga xizmat ko‘rsatishda yuqori darajadagi malakaga ega bo’lishi lozim. Yangi mijoz bilan munosabat o‘rnatishdan oldin auditor shu mijoz uchun audit amaliyotining yangi uslubiyatlarini qo'llash, eng so‘nggi qonunchilikka amal qilgan holda yuqori darajali xizmat ko'rsatishni kafolatlashi zarur. Auditor o‘z malakasi doirasidan tashqari bo’lg an sohalarda xizinat ko'rsatishi, tavsiya berishi mumkin emas. Tekshiruv davomida bunday hollarga duch kelinsa, auditor mustaqil ekspert xizmatidan foydalanishi shart. Auditorning malakasi uning oliy ma’lumoti, malaka sertifikatiga ega ekanligi va audit sohasidagi uzluksiz ish tajribasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, auditor ish faoliyati davomida doimiy ravishda buxgalteriya, audit, soliq, xalqaro va xnilliy buxgalteriya va audit standartlari, fuqarolik huquqi, axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘z malakasini oshirish maqsadida ishlashi lozim. Auditorlik firmasi rahbariyati esa bu jarayon ustidan doimiy nazorat olib borishi kerak.

- Mijozning tijorat siri. Auditor mijoz bilan munosabatlarning davom etayotgani yoki to‘xtaganligidan qat’iy nazar, shu mijozga xizmat ko'rsatish jarayonida qo‘lga kiritilgan har qanday ma’lumotni sir tutishi zarur. Auditor hech qachon mijozga xizmat ko'rsatish jarayonida ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni mijoz korxona zarar ko'rishi evaziga o‘z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko‘zlab oshkor etmasligi lozim.
Mijoz faoliyatiga doir ma’lumotlarni oshkor etish faqat quyidagi hollarda jinoyat hisoblanmaydi:

  • ushbu m a’lumot mijoz rahbariyati roziligi bilan oshkor etilganda;

  • qonun bilan belgilangan tartibda yoki sud qaroriga asosan oshkor etilganda;

  • mijoz auditom i qonunchilikka zid amaliyotlarga jalb etgan yoki jalb etishni xohlaganda.

- Soliq munosabatlari. Auditorlar har qanday sharoitda ham soliqqa doir qonunchilikka to’liq amal qilishlari shart. Auditorlar o‘z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko‘zlagan holda daromadlarini yashirmasliklari kerak. Bu majburiyat mijozga soliqqa doir xizmat ko‘rsatish jarayonida ham amal qiladi. Auditor mijoz manfaatlaridan kelib chiqqan holda soliq qonunchiligini buzib ish tutishi qonunga xilof amaliyot hisoblanadi va javobgarlikka tortiladi.
Tekshiruv o'tkazish jarayonida soliqqa doir aniqlangan kamchiliklar yuzasidan auditor mijoz rahbariyatiga yozma ko'rinishda zudlik bilan xabar berishi, bu kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini taklif etishi va zaruriy choralar ko'rilmaganda mijozga nisbatan qollanilishi mumkin bo‘lgan jazo choralaridan xabardor qilishi lozim.
Mijozga soliqqa doir tavsiyalarni auditor faqatgina yozma ko‘rinishda taqdim etishi zarur. Shu bilan birga, auditor mijozga bu tavsiyalar soliq idoralari bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgin har qanday tur muammolarni hal etmasligini va soliq deklaratsiyasi va soliqqa doir boshqa hujjatlardagi ma’lumolarning to'g'riligi yuzasidan javobgarlik faqatgina mijoz rahbariyati zimmasida ekanligini ham eslatib o 'tishi kerak.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish