1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy asoslari tavsifi


Auditorlik kasbiga malakaviy talablarni belgilash va uni litsenziyalashning maqsadi, ahamiyati va mavjud muammolar



Download 0,71 Mb.
bet4/12
Sana25.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#702908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AUDITor Etikasi

2. Auditorlik kasbiga malakaviy talablarni belgilash va uni litsenziyalashning maqsadi, ahamiyati va mavjud muammolar.
Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida yuz bergan jiddiy oʻzgartirishlar jumlasiga, shubhasiz, mamlakatda audit institutining barpo etilishi va rivojlantirilishi kiradi. Buni koʻp jihatdan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga oʻtish davlat dasturi oldindan belgilab qoʻygan edi. Audit sohasidagi davlat siyosati ushbu faoliyatni mustahkamlash va kengaytirishga, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan. Audit sohasini isloh qilishdan maqsad xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy ahvoli va faoliyatining moliyaviy natijalari toʻgʻrisida ishonchli axborot bilan taʼminlash boʻlib, bunday axborotsiz chet ellik hamkorlarning ishonchiga erishib boʻlmaydi.
Bugungi kunda audit tizimi milliy iqtisodiyot moliyaviy sohasining ajralmas qismiga aylandi. Moliya tizimini izchil isloh qilish va bozor infratuzilmasini takomillashtirish natijasida respublikada auditorlik faoliyatining qonunchilik-huquqiy asosi yaratildi, uni rivojlantirishni jadallashtirish uchun taʼsirchan iqtisodiy omillar hamda soliq imtiyozlari va preferensiyalari qoʻllanmoqda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berish tizimi jiddiy ravishda soddalashtirildi va erkinlashtirildi. Xususan, ular endi amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar uchun ularning amal qilish muddatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar faqat sud tomonidan qabul qilinadi. Auditorlik tashkilotlari 2017-yilning 1-yanvarigacha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ozod qilinganlar.
Auditorlik tashkilotlarining masʼuliyatini kuchaytirish, faoliyatini ragʻbatlantirish va xizmat sifatini oshirish, tartibga solishning samarali usullarini joriy etish, auditorlik xizmatlari bozorida nohalol raqobatni bartaraf etish uchun:
2008-yilning 1-yanvaridan auditorlik tekshiruvlarining turiga bogʻliq holda auditorlik faoliyatiga litsenziyalarni tabaqalashtirish tizimi joriy etildi;
auditorlik tashkilotlarining birgina xoʻjalik yurituvchi subyektda 3 yildan koʻp vaqt ketma-ket auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishi taqiqlandi;
auditorlik tashkilotlari va auditorlarning javobgarligini, ular taqdim etadigan xizmatlarning sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari belgilandi;
auditor auditorlik faoliyatini amalga oshirish va faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi boʻlishga haqli;
auditorlik tashkilotlari auditorlar ish sifatining ichki standartlariga ega boʻlishlari shart;
auditorlik tashkilotining litsenziyasi va auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asoslar qaytadan koʻrib chiqildi;
auditorlik tashkilotining rahbari 3 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtishi shart;
auditorlik tashkilotlari Moliya vazirligiga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili taqdim etishlari shart;
professional jamoat birlashmalari tomonidan auditorlik tashkilotlarining majburiy reyting baholanishi tizimi joriy etildi;
Moliya vazirligi 3 yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishi shart;
2008-yilning 1-avgustidan belgilangan tartibga koʻra auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 50 foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablagʻlaridan, qolgan qismi auditorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi;
shuningdek boshqa talablar joriy etildi.
2013 yilning 1 yanvari holatiga koʻra respublikada yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan 103 auditorlik tashkiloti faoliyat koʻrsatyapti, ularning 23 tasi tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishga haqli, 12 tasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda, bundan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlari mustasno, tashabbusli va majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkazishi mumkin, 68 tasi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishi mumkin. Yaʼni auditorlik tashkilotlarining uchdan ikki qismi - 66,7%i yuqori toifadagi litsenziyaga ega. Yanada yuqoriroq darajadagi litsenziya olishga intilishning kuzatilayotganligi auditorlik tashkilotlarining yiriklashtirilayotganligi, salohiyati oshayotganligidan guvohlik beradi. Auditorlik tashkilotlarining aksariyati (82,7%) ushbu faoliyat turi bilan 5 yil va undan koʻp vaqtdan buyon shugʻullanadi, bu esa professionalizmning oʻsayotganligi va audit pozitsiyalarining mustahkamlanayotganligini tasdiqlaydi.
Keyingi yillarda auditorlik bozori rivojlanishining barqaror dinamikasi koʻzga tashlanmoqda (auditorlik xizmatlari hajmining yillik oʻsish surʼati 12-14%ni tashkil qiladi). Auditorlik tashkilotlari mijozlar bazasining kengayishi va xizmatlari sifatining yaxshilanishi hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda ushbu faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi bilan izohlanadi. Auditning asosiy sohalarini qamraydigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar kuchga kiritildi. Professional hamjamiyat bozor iqtisodiyoti talab-ehtiyojlariga javob beradigan audit oʻtkazish koʻnikma va tajribasiga ega boʻldi. U xalqaro audit standartlariga (XAS) oʻtish zaruratini borgan sari koʻproq anglab yetayapti.
Biroq milliy audit standartlarini xalqaro standartlar bilan yaqinlashtirishga doir muayyan qadamlar qoʻyilganligiga qaramay, XASni joriy etish bilan bogʻliq bir qator muammolar mavjud. Xususan, ushbu jarayonlarning amalga oshirilishiga XASning oʻzbek va rus tillariga rasmiy tarjimasi yoʻqligi; XASdan foydalanish va uni qoʻllash uchun zarur infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi; koʻpgina auditorlar XASga oʻtish milliy iqtisodiyot xususiyatlariga monand kelmasligi xususida yanglish fikrga borishi; XAS boʻyicha audit oʻtkazishga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asossiz ravishda koʻp xarajat qilishlari; koʻpgina auditorlarning XAS asoslari boʻyicha malaka darajasi pastligi toʻsqinlik qilmoqda. Ushbu jarayonga auditorlar professional birlashmalari va boshqa manfaatdor jamoatchilikning, shu jumladan auditorlik xizmatlaridan foydalanuvchilarning auditorlik faoliyatini tartibga solishda yetarli darajada ishtirok etmayotganligi; XASga koʻra audit oʻtkazish masalalari boʻyicha darsliklar, qoʻllanmalar va maʼlumot materiallarining yetishmasligi ham salbiy taʼsir koʻrsatyapti. Bugungi kunda XAS masalalari boʻyicha bilimlarning salmoqli qismi mustaqil bilim olish yoki xalqaro auditorlik kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlish natijasida olinayotganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Milliy iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va jahon miqyosida davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida auditni puxta tashkil etishni talab qiladigan, ularning ayrim jihatlarini qamrab oladigan bozor iqtisodiyotining oʻziga xos obyektlari va institutlari paydo boʻlyapti. Bu esa, oʻz navbatida, yuqorida tilga olingan muammolarni hal etish boʻyicha auditning tegishli meʼyoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishni talab qiladi.
Auditdagi oʻzgarishlar, xususan, XASning joriy etilishi asta-sekin, professional va boshqa manfaatdor jamoatchilikning imkoniyatlari, ehtiyojlari va tayyorgarligini hisobga olgan holda yuz berishi kerak. Axborot yigʻish va unga ishlov berishning yangi usullari va taomillariga amalda ishlov berish uchun vaqt kerak.
XASni Oʻzbekiston iqtisodiyotida keng qoʻllash uchun ushbu standartlardan xoʻjalik yurituvchi subyektlar foydalanishini taʼminlaydigan infratuzilmani barpo etish shart. Ayni shu bois doimo ishlaydigan nodavlat organi zarur, U: XASning oʻzbek va rus tillaridagi rasmiy matnlarini tayyorlashi; ingliz tilidagi matndagi oʻzgarishlarni kuzatib borishi va ularni oʻz vaqtida respublikada rasmiy ravishda moslashtirilgan matnga kiritishi; oʻzbek va rus tillarida XAS atamalari glossariysini yuritishi kerak. U audit, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, menejment va boshqa turdosh sohalarda yuqori malakali tarjimonlar va mutaxassislardan iborat boʻlishi kerak.
Kasbiy taʼlimni takomillashtirishsiz buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirib boʻlmaydi. Bir tarafdan, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotda axborotni shakllantirish konsepsiyasi va muayyan qoidalarini tushunadigan, audit oʻtkazishning zamonaviy koʻnikmalarini egallagan malakali auditorlarning yetarli miqdorini tayyorlash lozim. Boshqa tarafdan esa, auditning sifatli tizimi auditda shakllanadigan axborotga ehtiyojmand foydalanuvchilarning yetarli miqdori boʻlishini taqozo qiladi. Ular iqtisodiy qarorlar qabul qilganda, xususan, kapitalni investitsiyalash yoʻnalishlarini tanlash va bu bilan bogʻliq xatarlarni tahlil qilish chogʻida axborotdan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishlari kerak. Bunday foydalanuvchilarning boʻlishi auditni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir.
Auditni isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, auditorlik kompaniyalari rolini oshirish va ularni rivojlantirish, xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini taʼminlash, ular koʻrsatayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish maqsadida Prezidentning "2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida" qarori bilan 2011-2015-yillarda respublikada mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularda quyidagi ustuvor vazifalar ajratib koʻrsatildi:
a) auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini xalqaro qoidalar va standartlarga muvofiq takomillashtirish;
b) xalqaro audit standartlari asosida eng yirik korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish amaliyotini joriy etish;
v) auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
g) respublikadagi auditorlarning professional birlashmalari faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi vaqtda Prezidentning qarori va davlat rahbarining 2011 yil 14-yanvardagi PF-3557-son Farmoyishiga muvofiq auditni takomillashtirish maqsadida "Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tayyorlandi. Ulardan maqsad auditning amaldagi tizimini xalqaro audit prinsiplariga muvofiq oʻzgartirishdir.
Taklif qilinayotgan meʼyorlar va qoidalarning amalga oshirilishi auditning qonunchilik bazasini takomillashtirish va iqtisodiyotning barcha darajalarida uning sifati va samaradorligini oshirishni taʼminlash imkonini beradi.
Oʻtkazilayotgan islohot raqobat muhitini rivojlantirish, auditga nisbatan ishonchni oshirish, auditorlik tashkilotlarini kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligi, yagona talablar va standartlar asosida xizmatlar hajmlarini kengaytirish va ular sifatini yaxshilash, auditorlik tashkilotlarining kadr salohiyatini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiyotni rivojlanib borishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻzaro va xalqaro iqtisodiy aloqalarining keng koʻlamda jadallashib borishi, shubhasiz, yuqori saviyadagi auditorlik xizmatlariga boʻlgan talabni taqozo etadi. Maʼlumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik subyekti oʻzining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan oʻrganib, tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchilikni bartaraf etish yoʻllarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti aniq va toʻgʻri hisob-kitobni, har bir soʻmni tejab-tergab sarf qilishni talab qiladi. Auditorlik xizmati xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini atroflicha tekshirib, yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash bilan birga ularni bartaraf etish, maromiga yetkazish boʻyicha tavsiyalar berib, yoʻl-yoʻriqlarni koʻrsatadi hamda boshqa konstalting xizmatlarini ham bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda iqtisodiy isloxotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qancha qonunlar, taraqiyotimizning yangi bosqichi hisobga olingan holda amaldagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonunlar ishlab chiqmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005-yil 21-sentyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati yuritishi uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtiriish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq 2005-yil 1-oktyabrdan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladigan boʻldi. Shu munosabat bilan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 23-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Xuddi shuningdek, 2005-yil 14-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2005-yil 24-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlariga asosan tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarga, shu jumladan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning “Auditorlik faoliyatini litsenziyalash”, “Litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish”, “Litsenziya amal qilishini tugatish”, “Litsenziyani bekor qilish” kabi moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mamlakatimizda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi asosida moliyaviy javobgarlikning erkinlashtirilishi tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit shakllanishi uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qarori va “Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Nizom tashkil etadi.
Umuman xulosa qiladigan boʻlsak, bugungi kunda auditorlik tashkilotlari oldiga qoʻyilgan talablarni samarali bajarish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan xolisona auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish xizmatlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida boʻlsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan eʼtiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 60 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarini oʻtishi shart.
Auditor malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, agar daʼvogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan boʻlsa, beriladi. Malaka imtihoni auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga daʼvogar boʻlgan shaxslar bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Malaka imtihonini topshirishga Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan daʼvogarlar qoʻyiladi. Malaka sertifikatini berganlik, amal qilishini uzaytirganlik, qayta rasmiylashtirganlik uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun daʼvogar (auditor) Nizomda belgilangan miqdorlarda yigʻim toʻlaydi. Koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda malaka imtihonlarini oʻtkazish va auditor malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish