Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyati
Mijoz korxonada auditorlik sohasida xizmat ko'rsatishdan oldin auditorlik firmalari mijoz oldida quyidagi mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar:
- xizmat ko'rsatishda «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun”ning barcha moddalariga to‘liq amal qilish;
audit tekshiruvini «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari»da keltirilgan talablarga mos ravishda o'tkazish;
auditorlik sohasida faoliyat yiiritish uchun maxsus litsenziyaga ega bo‘lish;
mijoz faoliyatiga doir maxfiy ma’lumotni tijorat siri sifatida sir saqlash;
o‘z xulosasi yuzasidan huquqiy javobgarlikni to ‘liq o‘z zimmasiga olish
Yuqoridagi talablarning to'liq bajarilishi auditorlik sohasida faqatgina maxsus malakaga, ruxsatga ega bo‘lgan shaxslar va firmalar faoliyat yuritishi mumkinligini ko'rsatadi va mijozga xizmat ko'rsatish jarayonida qabul qilingan qonunlar, standartlarga mos ish yuritishlarini ta’minlaydi. Natijada mijoz manfaatlari yuqori malaka va ijobiy fazilatlarga ega shaxslar tomonidan himoyalanadi. «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari»da audit tekshiruvini o‘tkazish borasidagi talablar bayon etilgan. Tekshiruvni ushbu talablarga asosan tashkil etish mijozga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishiga zamin yaratadi. Auditor tekshiruvining sifatsizligi va mijoz aynan auditor aybi bilan moddiy hamda ma’naviy zarar ko'rgani ham sudda shu standartning buzilgan talablarini auiq ko‘rsatish orqali isbotlanadi. Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyatiga to'liq amal qilmasligi auditorning mijoz oldidagi javobgarligini yuzaga keltiradi. Ushbu holat yuzasidan auditor javobgarligi O‘zbekiston Resbublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan aniqlanadi va sud organlari tomonidan qaror chiqariladi. Auditor o‘z xizmatini sifatsiz, e’tiborsizlik bilan o‘tkazishi natijasida mijoz korxona yoki davlat organi moddiy zarar ko‘rsa bu organlar sudga mazkur masala yuzasidan murojaat etishlari va sud qaroriga asosan:
zarar summasini;
sud xarajatlarini;
jarima summ asini to ‘liq undirishlari mumkin.
«Auditorlik faohyati to‘g‘risidagi qonun”ning 22, 23, 24 - moddalariga asosan auditorlik firmasi tomonidan quyidagi holatlarning bir yoki bir nechtasi sodk etilsa, auditorlik faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi, amal qilishi tugatilishi yoki bekor qilishi mum kin:
auditorlik firmasi rahbariyati tomonidan litsenziya olish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda;
auditorlik firmasi tomonidan litsenziyada ko‘rsatilmagan xizmat taklif etilganda;
O‘zbekiston Respubhkasi qonunchiligida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, mijoz faoliyatiga oid ma’lumot mijoz roziligisiz uchinchi tarafga oshkor etilganda;
bir necha bor sifatsiz audit tekshiruvi o'tkazilganda;
mijozdan to‘liq mustaqil bo'lmagan holda tekshiruv o‘tkazilganda.
Yuqoridagi holatlardan, ayniqsa, uchinchisi, ya’ni mijoz faoliyatiga oid ma’lumotning mijoz roziligisiz uchinchi tarafga oshkor etilishi auditorlik etikasining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi va auditorlik faoliyatining obro‘siga va bu sohaga nisbatan jamiyat ehtiyojiga keskin salbiy ta’sir etadi.
Ammo tekshiruv jarayonida auditor har doim ham qaysi ma’lumot tijorat siri hisoblanishini va qaysilari oddiy ma’lumot ekanligini aniq ajrata olmasligi mumkin. Shu sabab biror ma’lumot tijorat siri hisoblanishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ma’lumot uchinchi tarafga oshkor etilmaganda shu ma’lumot egasi uchun aniq foyda keltirishi zarur;
ushbu ma’lumotdan faqatgina maxsus ruxsatga ega shaxslar foydalanishlari, xabardor bo‘lishlari mumkn;
ma’lumot egasi bu ma’lumotning maxfiyligini ta’minlash uchun zaruriy choralarni ko‘rgan bo‘lishi kerak.
Biror ma’lumotga nisbatan yuqorida keltirilgan talablar qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ma’lumot tijorat siri hisoblanadi. Aks holda faqatgina oddiy m a’lumot bo‘ladi.
Quyidagi hujjatlar mijoz tijorat siri hisoblanmaydi:
korxona ta’sis hujjatlari va ustavi;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar, guvohnomalar;
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxona xodimlarining soni va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Korxona rahbari bu hujjatlarni qonun bilan belgilangan tartibda quyidagi tashkilotlar va guruhlar talabiga ko‘ra taqdim etishi shart:
davlat organlari;
mahalliy boshqaruv organlari;
nazorat va huquq - tartibot organlari;
korxona xodimlari jamoasi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan boshqa organ va shaxslar.
Yuqorida keltirilgan talablar davlat ahamiyatidagi va faoliyatiga doir
ma’lumotlar davlat siri hisoblangan korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.