1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy asoslari tavsifi


-Chizma. Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlanish bosqichlari3



Download 0,71 Mb.
bet3/12
Sana25.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#702908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AUDITor Etikasi

2-Chizma. Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlanish bosqichlari3

Quyida har bir bosqichni batafsil tavsiflashga harakat qilamiz. Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishdagi dastlabki bosqichlaridan birinchisi, uni kelajakda rivojlanishi va istqbolini yaratish maqsadida 1992-yil 9-dekabrda “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisda”gi qonun qabul qilindi. Auditorlik faoliyatini rivojlanishining birinchi bosqichi 1992-yil “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi.


Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning ikkinchi bosqichi 26-may 2000-yilda “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahrirda chop etilishi boʻldi. Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida koʻzda tutilgan Auditorlik faoliyatining tartibga solish mexanizmlarini amalga oshirish, shuningdek auditorlik tekshiruvlarining rolini va huquqiy maqomini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-sentyabr 2000-yilda 365-sonli “Auditorlik faoliyatni takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi, bunga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish maxsus organi vakolati Respublika Moliya vazirligiga biriktirilgan edi, banklarda auditorlik faoliyati qismi uchun esa – Markaziy Bank maxsus organ etib tayinlangan edi. Shuningdek yuqorida taʼkidlab oʻtilgan qaror bilan birgalikda soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan auditorlik xulosalarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma, majburiy auditorlik tekshiruvilari oʻtqazilishidan bosh tortgan xoʻjalik yurituvchi subeʼktlardan jarimalarni undirish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalar ham tasdiqlangan edi.
Moliya vazirligi orqali auditorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi qoʻyidagilarni nazarda tutadi:

  • meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, auditorlik faoliyatini tartibga solish, shu jumladan milliy auditorlik faoliyati standartlarini ham ishlab chiqish;

  • auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartlari va talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, litsenziya shartnomalarini amalga oshirish.

  • auditorlik malaka sertifikatini olishga daʼvogarlar uchun malakaviy talablarni oʻrnatish;

  • auditorlik malaka sertifikatini olish uchun auditorlarni oʻqitish dasturi va malaka imtixonini topshirish tartibi boʻyicha respublika jamoat birlashmasining kelishuvini tasdiqlash;

  • auditorlik malaka sertifikatini olish huquqi auditorlar kvalifikatsion imtihoni respupblika jamoat birlashmasi qatnashchilari tomonidan oʻtqazilishi;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziyani toʻxtatib turish va bekor qilish;

  • bekor qilingan va toʻxtatib turilgan auditorlik malaka sertifikati faoliyatini qayta berish;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziyasi boʻlgan, auditorlik tashkiloti hisobida va malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlani auditorlar reestiriga kiritish.

Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish masalalari Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi. Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq auditorlik tekshiruvlari majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda amalga oshiriladi. Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik tizimlari tomonidan ularga boʻlgan ishonchni oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615 sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda audtorlik faoliyatini kelajakda rivojlantirish va takomillashtirish hamda uni isloh etish yoʻlida uchinchi bosqichining boshlanishi boʻlib xizmat qildi.
Auditorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning ushbu bosqichidagi muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27-sentyabr 2006-yildagi 475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi hisoblanadi.
Shunday qilib, yuqoridagi qarorda quyidagilar koʻzda tutilgan, yaʼni 2007-yil 1-yanvardan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan korxonalarda ichki audit tashkil etilishi lozim boʻlib, u kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi va oʻz navbatida unga hisobot beruvchi hisoblanadi va shuningdek ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi(ulushi) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan aniqlanadigan roʻyxatga muvofiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Auditorlik faoliyatini huquqiy rivojlanishning toʻrtinchi bosqichi Oʻzbekiston Respublikasida auditni isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, shuningdek auditorlik kompaniyalarini kelgusida ahamiyatini oshirish va rivojlantirish, xalqaro norma va standartlarga muvofiq tarzda ularning barqarorligi va samaradorligini taʼminlash, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar safini kengaytirish maqsadida 2010-yil 26-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1438-sonli qarori bilan Respublikada 2011-2015-yillarda auditorlik xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlashi bilan boshlandi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz oʻtkazganlik yoki lozim darajada oʻtkazmaganlik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. Bundan koʻrinadiki auditorlik tashkiloti va auditorlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish davrida moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi sifatli auditorlik tekshirishlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
Yuqoridagi takliflarni umulashtirgan holda shuni taʼkidlash mumkinki, bizning Respublikamizda auditorlik va unga yondosh boʻlgan professional xizmatlarga talab va qiziqishlar oshib boradi, bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasini kelajakda xalqaro auditorlik xizmatlari bozorida milliy auditorlik faoliyatimiz muvofaqqiyatini ishonchliligini taʼminlaydi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish