11-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) bo‘ysunadi.
3. Davlat kadastrlari palatasi Kadastr agentligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
4. Davlat kadastrlari palatasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) va Kadastr agentligining qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.
5. Davlat kadastrlari palatasi o‘z faoliyatini Davlat soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi va ularning bo‘linmalari, shu jumladan, ularning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, xorijiy va xalqaro hamda nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Davlat kadastrlari palatasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, buyruqlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar), tuman (shahar) filiallari va ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
8. Davlat kadastrlari palatasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, qisqartirilgan nomi — Davlat kadastrlari palatasi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Palata gosudarstvennix kadastrov Agentstva po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Palata gosudarstvennix kadastrov;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Chamber of State Cadastres of the Cadastral Agency under the State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Chamber of State Cadastres.
Do'stlaringiz bilan baham: |