1. Iqtisodiyot / Davlat kadastri


-§. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari



Download 237,46 Kb.
bet18/28
Sana20.01.2022
Hajmi237,46 Kb.
#393465
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
66 12.02.2021

2-§. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari

12. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari bilan birgalikda Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;

2) xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish, kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda Davlat kadastrlar palatasi sohasiga oid davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishni tashkil etish va ularni ko‘rsatish sifati monitoringini olib borish;

3) Davlat kadastrlari palatasi, shu jumladan, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

4) axborot tizimlarini yaratish, uni texnik ta’minlash va yuritish;

5) Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalarga muvofiq soha faoliyatini rivojlantirishning rejalarini ishlab chiqish, kutilayotgan istiqboldagi va joriy ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining faoliyatini tashkil etish;

6) Kadastr agentligi tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) va Adliya vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Kadastr agentligiga kiritiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash;

7) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

8) kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratish;

9) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.

13. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanishdagi texnologiyalar va jarayonlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

2) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;

3) Kadastr agentligi direktorining qarorlari va buyruqlari hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining buyruqlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

4) Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiradigan tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi;

5) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati monitoringini olib boradi, nazorat va tahlil qiladi;

6) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;

7) sohaga oid davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahat yordami beradi;

8) Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

9) hududiy boshqarmalar hamda ularning tuman (shahar) filiallarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;

10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

11) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish va geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.


Download 237,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish