49. Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini qo‘shimcha tarzda rag‘batlantirish Kadastr agentligi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan har oydagi ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyati natijalari bo‘yicha belgilangan rejada yuqori ko‘rsatgichga erishgan xodimlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.
10-bob. Davlat kadastrlari palatasining hisobot berishi
50. Davlat kadastrlari palatasi muntazam ravishda o‘zining faoliyati to‘g‘risida Kadastr agentligiga hisobot beradi.
51. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
52. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan
rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
53. Davlat kadastrlari palatasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son
qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 529-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 733-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarori)” 2018-yil 15-avgustdagi 663-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” 2019-yil 12-fevraldagi 117-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 2-son, 14-modda) ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” 2019-yil 10-dekabrdagi O‘RQ-591-son Qonuni)” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son)