1. Iqtisodiyot / Davlat kadastri


-§. Davlat kadastrlari palatasining huquqlari va javobgarligi



Download 237,46 Kb.
bet21/28
Sana20.01.2022
Hajmi237,46 Kb.
#393465
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
66 12.02.2021

1-§. Davlat kadastrlari palatasining huquqlari va javobgarligi

18. Davlat kadastrlari palatasi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va Kadastr agentligiga kiritish;

2) Davlat kadastrlari palatasi vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

3) Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalariga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish bo‘yicha takliflarni Kadastr agentligiga kiritish;

4) Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

5) malakali xorijiy mutaxassislarni ularga istisno tariqasida Davlat kadastrlari palatasining mablag‘lari hisobidan xorijiy valyutada ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;

6) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb qilish;

7) davlat organlari va mansabdor shaxslardan Davlat kadastrlari palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistik ma’lumotlarni so‘rash va tekin olish;

8) Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshirig‘iga (taqdimnomasiga) muvofiq tekshirishlar o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek, davlatning boshqa tashkilotlari vakillarini chaqirish va jalb etish;

9) Davlat kadastrlari palatasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni Kadastr agentligiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va xo‘jalik birlashmalariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;

10) Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarida komplayens-nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni minimallashtirish hamda profilaktikasini amalga oshirish;

11) Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan pullik xizmat ko‘rsatiladigan ro‘yxat va tariflarni belgilash bo‘yicha takliflarni Kadastr agentligiga kiritish;

12) Kadastr agentligi bilan kelishgan holda Davlat kadastrlari palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish, idoralararo xususiyatiga ega bo‘lgan xalqaro shartnomalarni tuzish;

13) Kadastr agentligi bilan kelishgan holda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan Davlat kadastrlari palatasining vakolati doirasida hamkorlik qilish;

14) Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;

15) o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

16) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarni tuzish;

17) Davlat kadastrlari palatasining vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va da’volarni kiritish;

18) Davlat kadastrlari palatasining hamda hududiy boshqarmalarning mol-mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan bir tarkibiy bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga o‘tkazish bo‘yicha takliflarni Kadastr agentligiga kiritish;

19) Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan o‘z sohasida ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish;

20) kadastr muhandislarini intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni vakolatli organlarga kiritish;

21) kadastr muhandislariga berilgan malaka shahodatnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;

22) Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

23) Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallarini bosqichma-bosqich tugatib borish haqidagi takliflarni Kadastr agentligi rahbariyatiga kiritish;

24) davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish;

25) ko‘chmas mulk bo‘lgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni hududiy boshqarmalar ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga noto‘g‘ri axborot kiritish oqibatida ko‘rgan zararlarni sug‘urtalash orqali qoplash ishlarini amalga oshirish.

Davlat kadastrlari palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

19. Davlat kadastrlari palatasi:

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni samarali amalga oshirish;

Davlat kadastrlari palatasi tarkibiy bo‘linmalarining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi;

Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga oid ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.


Download 237,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish