I.A.KARIMOV NOMIDAGI TDTU QO’QON FILLIALI
Ilmiy izlanish asoslari fanidan referat
O’qituvchi: Dot. Kushimov B Talaba: Turg’unov M
Mazvu:Ilmiy axborotlarni manbalarining izlanishi, yig‘ilishi va qayta ishlovi
Asosiy savollar:
Ilmiy axborotlar manbalari
Axborotlar izlanishi sistemalari
Ilmiy axborotlar qayta ishlovi
Tayanch tushuncha va iboralar: axborot; informatika fani; axborotlar mahsuloti, ko‘rsatgichlar bazasi; ilmiy hujjat; birlamchi hujjatlar; ikkilamchi hujjatlar; UDK; UDKning asosiy bo‘limlari; informatsiya; informatsiya sistemasi; ilmiy axborotlarni qayta ishlovi; xronologik; mavzu bo‘yicha.
Eng muhim ilmiy ishlar natijalari bo‘yicha axborotlarni davlat sistemasi orqali yig‘ish, saqlash, axtarish va berish, bunga eng zamonaviy hisoblash va uzatish mashinalarini ishlatish, hozirgi vaqtning vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli ham informatika fani muhim hisoblanib, u o‘zida bir necha fanlarni, insonning EHM bilan dialogini va kompyuterlar sistemasini o‘ziga mujassamlashtiradi.
Informatika fanida informatika sistemasi mavjudki, bunga: axborotlar bilan ta’minlash sistemasi, ilmiy kommunikatsiya sistemasi, axborotlar mahsuloti, ko‘rsatkichlar bazasi, axborot resursi, axborotlar texnologiyasi va axborotlar tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.
Axborotlar bilan, ya’ni yangi texnologiya, g‘oya, ilmiy natija va boshqalarni yetkazish vazifasini yechsa, ilmiy kommunikatsiyada ilmiy axborot va bilimlar ham saqlanadi, ham tarqatiladi. Bunda nashriyot ishlari, bibliotekadagi referatlash, axborotlar va maslahat xizmatlari tarkib topgan.
Ba’zi axborotlar va xizmatlarning birligi standart ko‘rinishda axborotlar mahsuloti degan nomni olgan.
Ko‘rsatgichlar bazasi EHM da qo‘llanilib, bibliografik (ikkinchi darajali axborot, ya’ni chop etilganini yana yig‘ish), faktografik ko‘rsatkichlar bazasi va oxirgi haqiqiy (aniq) axborot hisoblanadi.
Axborotlarni talab qiluvchilarning har biri maxsus harakterdagi o‘zining axborotini so‘raydi. Shunday bo‘lsada, ularni to‘rt kategoriyaga bo‘lish mumkin:
Ishlab chiqarish uchun ilmiy axborotlar.
Yangi texnika uchun ilmiy axborotlar.
Yangi texnika yaratishdagi tashkiliy boshqaruv ishlari uchun ilmiy axborotlar.
Rejalarni ishlash ilmiy axborotlar.
Ilmiy hujjat - bu material ob’ekti bo‘lib, tarkibida ilmiy-texnikaviy axborotlarni saqlash va foydalanishga mo‘ljallangandir.
Ilmiy hujjatlar: tekstli (kitob, jurnal, hisobotlar va h.k.) grafikli (chizmalar, sxema va diagrammalar), audiovizualli (yozilgan tovush, kino va videofilmlar), mashina o‘qiydigan axborotlarni (mikrofotouzatuvchilar va h.k.) o‘z ichiga oladi.
Hujjatlar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |