Aim.uz
Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash
Reja:
-
Kichik nashriyot tizimlari
-
Nashriyot tizimlarining turlari
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan.
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.
Ventura Publisher
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va q ulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada avtomatlashtirishdir.
Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda
sarlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSh firmasining Yevropa bo’limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e'lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to’liq versiyasi bo’lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operasion sistemasi bilan tanish bo’lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o’chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko’rish va unga chop shgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o’zgartirishlar kiritilagndan so’ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to’g’ri keladi:
Taxrirlangan qo’lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash;
Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;
Original maket (asl nusxa) ni tayyorlash.
Nazorat savollari !
-
Kichik nashriyot tizini nima?
-
Ventura Publisher nima?
-
Page Maker dasturi qanday dastur?
-
Kichik nashriyot deganda nimani tushunasiz?
-
Kichik nashriyotga misol qilib qanday nashriyot tizimlarini keltirasiz?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |