2. Axborotlar izlanishi sistemalari
Insoniyat hozirgi zamonaviy informatsiyalashgan, kompyuterlashgan jamiyatda o‘zining asosiy ob’ektiv va mazmunli katta qimmatlikga ega bo‘lgan informatsiyaga ega.
Informatsiya (lotinchadan olingan bo‘lib: tushuntirish, bayon qilish ma’nosini bildiradi) – informatsiyali jamiyatning asosiy sotsial resursi hisoblanadi. Bu tushuncha kibernetika, genetika, informatika hamda ilmiy bilish va ijod epistemologiyasida keng qo‘llaniladi.
Informatikadagi informatsiyalar miqdori, sifati, zichligi, tezligi, sig‘imi va boshqa xususiyatlarga egadir. Bular xabarlarni aloqaning texnikaviy kanallaridan uzatishda, nerv sistemasini funksiyasida, kompyuterlarning ishida, turli xil boshqaruv jarayonida va h.k. katta o‘rin egallaydi.
Bularning hammasi informatsiyalarning uzatishida, saqlanishi va qayta ishlovida katta ahamiyatga egadir.
Agar informatsiyaning tushunchasida sistema tashkillanish o‘lchovi xabarlarning ma’nosi, uzatilish va qabul etilishi orasidagi munosabati bilan farqlansa, falsafa va fan epistemologiyasida esa uning tushunchasini semantika, aksiologik, semiotik, kommunikativ va nazariy tasviriy gnoselologik, fizikaviy jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Informatika Fransiyada (60-yillarda) hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga kelganligidan kelib chiqgan holda qarasak, bu so‘z axborot avtomatikasi yoki axborotni qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atama kompyuter texnikasi haqidagi fan sinonimiga mos keladi.
Agar biz informatikaning asosiy resursi axborot ekanligini hisobga olsak, unda u biror faoliyat to‘g‘risidagi qanaqadir voqea xabarlar, bilimlar majmui hamdir.
Shu bilan birga informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini hisoblash mashinalari tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o‘rganuvchi ilmiy va muxandis fani sohasidir. Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tomoyillarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ham axborot uslublari ob’ekt, hodisa, jarayon va boshqalarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublaridan kelib chiqgan holda, kompyuterlar yordamida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasi:
o‘zaro aloqador uch qism – texnik, dasturiy, algoritmik vositalar majmui;
xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlaydigan halq xo‘jalik tarmog‘i;
fundamental fan sohasidagi boshqaruv jarayonlarini axborot jihatdan ta’minlovchi metodologiyasini ishlab chiqaruvchi;
amaliy fan sohasida axborot jarayonlari qonuniyati (yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish), sohalar kommunikatsiyasi, axborot tizimi va texnologiyalarni ishlab chiquvchidir.
Insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi axborot inqiloblari, ya’ni yozuvning, kitob nashr etishning (XIV asr), telegraf, telefon, radio yuzaga kelishi (XIX asr), mikroprotsessor texnologiyasi kashf etilishi (XX asr), kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot kommunikatsiyalarning yaratilishi informatikani global sistemaga keltirdi (XXI asr).
Bunday global sistemaning yaratilishida informatika vositalarining, ayniqsa, oddiy hisoblash vositasi bo‘lgan yuqori schetlaridan boshlab personal kompyuterlar yaratilgungacha bo‘lgan tarixiy yo‘l katta ahamiyatga egadir.
Bunda XVII asrda nemis olimlari V.Shikkard, G.Leybnes va fransuz olimi B.Paskallar arifmetik omillarni bajaruvchi mexanik qurilmasi, rossiyalik olim V.T.Odner hamda P.L.Chebishevlarning yaratgan arifmometri, angliyalik matematik Ch.Bebbidjning analitik mashinasi, amerikalik G.Xollerizning ma’lumotlarni qayta ishlovchi perfokartali mashinasi (keyinchalik uning firmasi IVMga aylangandi), rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich kashf etgan elektron sxema - triggerning yaratilishi, AQShda Dj.Atanasov guruhining (1937 yil) elektromexanik mashina, IVM da ishlangan (1944 yil) Mark-1 deb ataladigan mashinaning va 1945 yilda birinchi D.Ekkert va D.Mouchli tomonidan Buyuk Britaniyada yaratilgan programmani xotirada saqlovchi mashinaning, keyinchalik hozirda 4-5 avlod muddatlarida yaratilgan minglab, millionlab mashinalarning yaratilishi zamonaviy kompyuterlar kashf etilish tarixini tashkil etadi.
Yaratilish avlod muddatlari taxminan 1960-1970 yil 1 avlod, 19601970 yil 2 avlod, 1970-1980 yil 3 avlod va 1980-1990 yillarda 4-5 avlod mashinalari hisoblanadi. Har bir yaratilgan avlod mashinalari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Hozirgi avlod mashinalarining yaratilishida insonning mashina bilan o‘zaro aloqasi, mashina resurslarini vaqt bo‘yicha taqsimoti, uzoq masofadan boshqarish chet tashqi qurilmalarni takomillashtirish, ayniqsa, mashina xotirasi kuchi, quvvati, undagi dasturlarning takomillashganligiga katta e’tibor berib, muvaffaqiyatlarga erishildi.
Hozirgi zamon mashinalari insonni intelektual imkoniyatlarini kengaytiruvchi vosita sifatida muhim hisoblanib, barcha faoliyat sohalarida mehnat unumdorligini oshirishga ijodiy ta’sir ko‘rsatdi.
Shulardan kelib chiqqan holda hozirgi vaqtda quyidagi informatsion sistemalarni ajratish mumkin (IS): ommaviy informatsion xizmat ko‘rsatish sistemasi (bunga pechat, radio, televideniye va h.k.); individual kommunikatsiya va aloqa sistemasi (bunga pochta, telefon, telegraf, teletaym); informatsion – majmualar sistemasi; informatsion boshqaruv sistemasi; ilmiy-texnika informatsion sistemasi (bunga Davlat ilmiy texnika informatsion sistemasi, Xalqaro ilmiy-texnika informatsion sistemasi, ilmiy-texnikaviy bibliotekalar va h.k.).
IS eng samaralisi, agar ularda inormatsion axtarish sistemasi bo‘lsa, unda informatsiya ham katta miqdorda to‘planib borsa, qayta ishlov berilib axtarilishi mumkin bo‘lsa, bir so‘z bilan aytganda, kompyuterlashgan va xuddi Internet sistemasida “jonli” ravishda informatsiyalar yig‘ilib, berilib boriladi. Hozirgi vaqtda turli xildagi informatsion sistemalar va axtarish sistemalar mavjudki, ularning tuzilishi va ishlash prinsipi 4.1 va 4.2– rasmlarda keltirilgan.
Informatsiya sistemasi bu informatsiya iste’molchisi bilan muntazam ravishda paydo bo‘ladigan informatsiyalar orasidagi munosabat, ya’ni asosiy maqsad informatsiyani o‘z vaqtida iste’molchiga yetkazish bo‘lsa, informatsion – axtarish sistemasi bu – ma’lum soha, maqsadli informatsiyalarni avtomatik ravishda axtarib topib, iste’molchiga berish hisoblanadi.
Bunda avtomatik sistemalar hujjatli (originalni berish, hujjatlar nusxasini yoki manzilini berish mumkin), fotografik (ma’lumot beradi, faktlar, ma’lumotlarni hujjatli ko‘rsatadi), mantiqiy – informatsiyali (mantiqiy natijalardan kelib chiqqan ma’lumotlarni beradi) va ular turli rejimda ishlashi mumkin. Bularning hammasi internetga o‘xshash informatsion tarmoqga qo‘shilishi va muntazam ravishda ishlab borishi mumkin. Bu esa mamlakatda informatsion sistema qanday yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liqdir.
4.1-Rasm. Informatsion sistemaning umumiy sxemasi.
4.2-Rasm. Atomatlashtirilgan informatsiyali-axtarish sistemasining umumiy sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |