1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi



Download 0,51 Mb.
bet11/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston erlarida miloddan avvalgi VI–V asrlardayoq oltin qazib olingan va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibti-doiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qore-jagan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda CHotqol, CHirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumotlar bor.
O‘rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar kovlangan CHotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda tug‘ma oltin kon lahmlari hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning xom ashyo resurslarini o‘rganila boshlandi. O‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik kartalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. CHirchiq, Piskom va CHotqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan shug‘ullana boshladilar, 1913-1917 yillarda esa Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin konidan foydalanildi.
Noyob metall kon­larini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini hal qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida «O‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O‘sha yillari Ohangaron, CHirchiq daryolari vo­diylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini yuvish usulida ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan oshmagan.
1941-1945 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik ol­tin miqdori qariyb 50 kg. ga etdi. Rudali oltin izlash va qidiruv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmurob, G‘o‘saksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, CHormiton, Maryayunbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa rudali oltin konlari topildi. 1965 yilda Metallurgiya vazirligiga bo‘ysinuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kimyo eritish zavodida oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. 1970 yili CHodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha vaqtdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillardagiga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yilda Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yili Kauldi, 1980 yili Marjonbuloq ol­tin qazib olish majmui, 1989 yili Zarafshon va Qizilolmachisoy konlari foydalanishga topshirildi.
Respublika mustaqillikka erishishi bilan O‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo‘lgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy choralar ko‘rdi.
Respublikada 40 dan ortiq oltin koni aniqlangan. Oltinning asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O‘z­bek oltini jahonning eng yuqori sifat standartlariga mos bo‘lib, to‘rtta to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 25 yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir necha bor xalqaro sovrinlar bilan taqdirlandi.
Evroosiyo qit’asida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko‘p bo‘lgan Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning topilishi xalqaro geolo­giya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo‘yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi.
Muruntovdagi affinit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi tovar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi.
Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan Samarqand va Tosh­kent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va razved­ka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan Qizilqumdagi Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Natijada O‘zbe­kiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi! Aholi jon boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.
Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe, O‘qjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridir. Katta miqdordagi tasdiqlangan zaxiralar oltin va mis-porfir konlarida mavjud. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali kondir.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. Uni olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - er ostida ishqorlarni yuvish usuli bilan olinadi.
Mis, ko‘rg‘oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining etakchi korxonasi tugal metal­lurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombina­ti hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan, qo‘rg‘oshin - ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan, CHalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab chiqa­rayotgan O‘zbekiston mis zahiralari bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Tosh­kent viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu erdagi uchta konda bir necha mis zahiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Dalnee koni razvedka qilingan. Zahiralarning kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan kon yo‘q. Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘ta chidamli CHirchiq metal­lar kombinati hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Sa­marqand) va Qo‘ytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molib­den negizida ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi.
2016 – 2013 yillar mobaynida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida umumiy qiymati 146 million dollar bo‘lgan Xonjiza konida polimetall rudalari, ya’ni ruh, qo‘rg‘oshin, mis va kumushning katta zahiralarini qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi3.
Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar - reniy, selen, tellur, skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming tonna ikkilamchi alyuminiy xalq xo‘jaligiga etkazib berilmoqda.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish