197. Kazus Sobirova (buyurtmachi) mo’ynali kiyimlardan tikish uchun buyutrmachining materialidan mo’ynali palto tikish bo’yicha shartnoma tuzish taklifi bilan mo’ynali atelyega (pudratchi) murojaat qildi. Mo’ynali palto tikilganidan so’ng, Sobirova materiallarning qoldiqlarini qaytarish talabi bilan atelyega murojaat qildi. Atelye xodimining aytishicha, barcha materiallar mo’ynali palto tikish uchun ketgan. Sobirova pudratchi tomonidan quyidagi majburiyatlarni bajarmaganligi sababli shartnoma bo’yicha bajarilgan ishlarning qiymatini to’lashdan bosh tortdi:
-material iste’moli to’g’risida hisobot taqdim yetish;
- qolgan materialni mijozga qaytarish.
To’lovni rad etish qonuniymi? Buyurtmachining qonunda ko’rsatilgan ish uchun haq to’lashdan bosh tortishi uchun qanday asoslar mavjud?
198. Kazus Ikki durodgor Bokiyev bilan uning dachasida 1 iyunga qadar yog’och garaj qurib berishga kelishishdi. Bajariladigan ishlar haqi tomonlar tuzgan pudrat shartnomasi deb atalgan yozma hujjatda aks ettirildi. Unda shuningdek bajariladigan qurilishning o’ziga xos xususiyatlariga oid hamma shartlari (garaj kattaligi, fundamental material, metall tom va boshqalar) kiritildi. Qurilish uchun materiallarni Bokiyev 10 maygacha topib berishi kerak edi. Durodgorlar ishni o’z vaqtida bajarishga kirishdilar. 28 mayda hamma ishlar tugatilish arafasida edi, durodgorlar Bokiyevdan 30 may kuni ishlarni qabul qilib olish uchun kelishini so’radilar. 29 may kuni faqat darvozani o’rnatish kerak edi. 28 maydan 29 mayga o’tar kechasi chaqmoq chaqib, garaj to’laligicha yonib ketdi. 2 iyun kuni ishlarni qabul qilib olish uchun kelgan Bokiyev yong’indan saqlanib qolgan fundament va o’rnatilmagan darvozalarnigina ko’rdi.
O’zi bilan durodgorlar o’rtasida pudrat shartnomasi tuzilgan deb hisoblagan Bokiyev bajarilgan ishlar uchun haq to’lashdan bosh tortdi, durodgorlardan o’z materiallari hisobiga yangi garaj qurib berishni talab qildi.
Durodgorlar Bokiyevning talablarini rad qilishdi. Ularning fikricha, darvozalar o’rnatilishidan boshqa hamma ishlar uchun ular haq olishlari kerakligini va ularni qanday shartnoma tuzganligi qiziqtirmasligini, ularni faqatgina olishlari lozim bo’lgan haq miqdori qiziqtirishligini aytishdi.
Tomonlar da’vosini hal qiling. Agar yong’in 1 iyundan 2-iyunga o’tar kechasi sodir bo’lganda masala qanday hal qilingan bo’lardi?