759-модда. Банк омонати шартномаси
Банк омонати шартномаси бўйича биринчи тарафдан (омонатчидан) қабул қилиб олган ёки унинг номига келган пул суммасини (омонатни) қабул қилиб олган иккинчи тараф (банк) шартномада назарда тутилган шартлар асосида ва тартибда омонат суммасини қайтариш ва унга фоизлар тўлаш мажбуриятини олади.
Банк омонати шартномаси омонат суммаси банкка келиб тушган кундан бошлаб тузилган ҳисобланади.
Фуқаро омонатчи бўлган банк омонати шартномаси оммавий шартнома деб ҳисобланади.
Банк билан омонатчининг омонат қўйилган ҳисобварақ бўйича муносабатларига нисбатан банк ҳисобварағи шартномаси тўғрисидаги қоидалар, агар ушбу бобнинг қоидаларида бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса ёки у банк омонати шартномасининг моҳиятидан келиб чиқмаса, қўлланилади.
875-модда. Омонат сақлаш шартномаси
Омонат сақлаш шартномаси бўйича бир тараф (омонат сақловчи) унга иккинчи тараф (юк топширувчи) берган ашёни сақлаш ва бу ашёни тўла ҳолида қайтариш мажбуриятини олади.
Омонат сақлашни ўз касб фаолиятининг мақсадларидан бири сифатида амалга оширадиган ташкилот (профессионал омонат сақловчи) омонат сақлаш шартномасида сақловчининг юк топширувчидан ашёни шартномада назарда тутилган муддатда сақлашга қабул қилиш мажбурияти кўзда тутилиши мумкин.
122. Omonat saqlash shartnomasi qanday shaklda rasmiylashtiriladi?
877-modda. Omonat saqlash shartnomasining shakli
Omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak bo‘lgan hollarda (ushbu Kodeksning 108-moddasi) agar ashyoning saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini, omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo‘li bilan tasdiqlangan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yong‘in, tabiiy ofat, to‘satdan kasal bo‘lish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi.
Omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga, agar bunga qonunchilikda yo‘l qo‘yilsa yoki u saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hol bo‘lsa, ashyolar saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki boshqa belgi berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Omonat saqlash shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik saqlashga qabul qilingan ashyo bilan omonat saqlovchi qaytargan ashyoning aynan o‘ziligi xususida nizo chiqqan taqdirda, taraflarni guvohlarning ko‘rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum etmaydi.
123. Agar omonatga yuk topshirgan shaxs uni qaytarib olmasa qanday oqibatlar kelib chiqadi?
888-modda. Ashyoning yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinishi
Yuk topshiruvchi shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati tamom bo‘lgach, saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishi shart.
Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortgan taqdirda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchi ashyoni mustaqil suratda sotishga, uning qiymati belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravariga teng summadan ortiq bo‘lgan taqdirda esa — ushbu Kodeksning 379, 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotishga haqli.
124. Qanday hollarda ashyo yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi javobgarlikdan ozod bo’ladi?
889-modda. Ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi
Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra javobgar bo‘ladi.
Professional omonat saqlovchi ashyoning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi:
engib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida;
ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog‘ida omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart bo‘lmagan yashirin xossalari tufayli;
saqlanayotgan ashyoning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo‘pol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar bo‘ladi.
Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga ko‘ra ashyoni qaytarib olishi shart bo‘lgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
125. Ashyolarni egasizlantirib saqlash deganda nimani tushunasiz? Misollar orqali tushuntiring?
879-modda. Ashyolarni egasizlantirib saqlash
Ashyo egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilarning shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Yuk topshiruvchiga teng miqdorda yoki taraflar kelishgan miqdorda shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolar qaytarib beriladi.
Egasizlantirib saqlash bunday hol omonat saqlash shartnomasida bevosita nazarda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi.
126. Qanday hollarda omonat saqlovchi ashyoni saqlashni uchinchi shaxsga topshirishi mumkin?
884-modda. Ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirish
Agar qonunchilikda yoki omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas, basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari zarur qilib qo‘ygan va omonat saqlovchi uning roziligini olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lmasa. Omonat saqlovchi ashyoni uchinchi shaxsga topshirganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari uchun omonat saqlovchi javob beradi.
127. Omonat saqlashda ta’minlash usullarining qaysi biri qo’llaniladi?
Ushlab qolish usuli ko'plab fuqarolik huquqiy munosabatlarda: yuk tashish, omonat saqlash, pudrat, topshiriq, vositachilik shartnomalarida keng qo'llaniladi. Masalan, Fuqarolik kodeksining 818-moddasi beshinchi qismiga ko'ra, topshiriq shartnomasi bo'yicha tijorat vakili sifatida ish olib boruvchi ishonchli vakil topshiriq beruvchiga topshirilishi kerak bo'lgan o'z qo'lidagi ashyolarni topshiriq shartnomasi bo'yicha o'z talablarini ta'minlash uchun ushlab turishga haqli. Shuningdek, vositachi o'z qo'lida bo'lgan, komitentga ko'rsatgan shaxsga topshirilishi kerak bo'lgan ashyolarni vositachilik
shartnomasi bo'yicha o'z talablarini ta'minlash uchun ushlab turishga haqli (FK 838-modda, ikkinchi qism). Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 839-moddasiga ko'ra, vositachi Fuqarolik kodeksining 343-moddasi (hisobga o'tkazish bilan majburiyatning bekor bo'lishi)ga muvofiq vositachilik shartnomasi bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan summalarni komitent hisobidan o'ziga tushgan hamma summalardan
ushlab qolishga haqli. Ushlab qolishning mohiyati shundan iboratki, qarzdorga yoki qarzdor ko'rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo'lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyoni haqini yoki u
bilan bog'liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to'lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab
qolishga haqli. Ushlab qolishning muhim belgilaridan biri shundaki, bu birinchidan, bevosita ashyoni topshirish bilan bog'liq munosabatlarda qo'llanilsa, ikkinchidan, ushlab turiladigan ashyo har vaqt kreditor qo'lida turadi. Shunday qilib ushlab qolish haqidagi umumiy qoidalar faqat ushlab
qolinadigan ashyo bilan bog'liq ashyo haqini yoki u bilan
bog'liq chiqimlar bilan uzviy bog'liq boʻlgan majburiyatlarga
qo'llaniladi.
128. Omonat saqlaganlik uchun to’lanadigan haq to’lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
885-modda. Omonat saqlaganlik uchun to‘lanadigan haq
Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom bo‘lganidan keyin, bordi-yu, saqlash uchun davrlar bo‘yicha haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa — har bir davr tamom bo‘lganidan keyin to‘lanishi shart.
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo‘lmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin to‘xtatilsa, omonat saqlovchi haqning mutanosib qismini, ushbu Kodeks 883-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo‘ladigan vaziyatlar tufayli muddatidan oldin to‘xtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga qaytarishi shart.
Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab turilgan ashyo yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinmagan bo‘lsa, u ashyoni bundan keyin saqlagani uchun omonat saqlovchiga tegishli miqdorda haq to‘lashi shart.
Ushbu moddaning qoidalari omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa qo‘llaniladi.
129. Zarar deganda nimani tushunasi?
Зарар деганда, ҳуқуқи бузилган шахснинг бузилган ҳуқуқини тиклаш учун қилган ёки қилиши лозим бўлган харажатлари, унинг мол-мулки йўқолиши ёки шикастланиши (ҳақиқий зарар), шунингдек бу шахс ўз ҳуқуқлари бузилмаганида одатдаги фуқаролик муомаласи шароитида олиши мумкин бўлган, лекин ололмай қолган даромадлари (бой берилган фойда) тушунилади.
Агар ҳуқуқни бузган шахс бунинг натижасида даромад олган бўлса, ҳуқуқи бузилган шахс бошқа зарар билан бир қаторда бой берилган фойда бундай даромаддан кам бўлмаган миқдорда тўланишини талаб қилишга ҳақли. Агар қонун ёки шартномада зарарни камроқ миқдорда тўлаш назарда тутилмаган бўлса, ҳуқуқи бузилган шахс ўзига етказилган зарарнинг тўла қопланишини талаб қилиши мумкин.
130. Delik majburiyatlar deganda qanday majburiyat nazarda tutiladi?
985-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari
G‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishilozim.
Qonunda zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Qonunchilikda yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni to‘lashdan tashqari tovon to‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin.
Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo‘lmagan taqdirda ham zararni to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to‘lanishi lozim.
Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan bo‘lsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni to‘lash rad etilishi mumkin.
131. Delikt majburiyatlarni vujudga kelish asoslari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |