G'oya tushunchasi, uning turlari va paydo bo'lish jarayoni.
Reja:
1. G'oya tushunchasi
2. G'oyalarning turlari Mustaqillik g'oyasi Milliy g'oya
3. Mafkura tushunchasi
4. G'oya va mafkuralarning shakllari
5. G'oya va mafkuraning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati
Tayanch tushunchalar: g'oya, mafkura, idea, ideologiya, ijtimoiylik, tafakkur, falsafa, din, siyosat, inson ongi, fikrlar.
G'oya tushunchasi. Inson va jamiyat hayotida muhim o`zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g`oyalar alohida o`rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma'lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro`y berishi jamiyatda qanday g`oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi, kimlarning, ya'ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g`oyalar va ta'limotlar yaratadi. Binobarin, g`oyalar inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai – nazar g`oya bo`la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g`oya bo`la olishi mumkin. G`oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni xarakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.
G`oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan, ruhiyatga ta'sir o`tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g`oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g`oya bo`la olmaydi. G'oyalar garchi tafakkurda paydo bo`lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto, g`ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. G'oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiyaqliy kuchga aylanadi. G`oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo`lsada, inson ruhiyatiga, hatta tub qatlamlariga ham singib boradi. G`oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. Inson va jamiyat hayotida muhim o`zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g`oyalar alohida o`rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma'lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro`y berishi jamiyatda qanday g`oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi kimlarning ya'ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko`p jihatdan bog'liqdir.
G`oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat? Inson o`zining aql – zakovati, iymon – e'tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g`oyalar va ta'limotlar yaratadi.
Demak, birinchidan, g`oya inson tafakkurining mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |