1. G'oya tushunchasi G'oyalarning turlari Mustaqillik g'oyasi Milliy g'oya Mafkura tushunchasi


Hozirgi davrda mafkuralarning namoyon bo'lish masalasi dolzarb masalalardan biridir



Download 30,6 Kb.
bet8/9
Sana22.07.2022
Hajmi30,6 Kb.
#836334
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu

Hozirgi davrda mafkuralarning namoyon bo'lish masalasi dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda diniy fundamentalizm aqidaparastlik kabi buzg'unchi g'oyalar jahon hamjamiyati taqdiriga xavf solmoqda. Muayyan tarixiy davrlarda ba'zi mafkuralar davlat ideologiyasi darajasiga ko'tarilgan. Zamonlar o'tishi bilan ularning ayrimlari o'z mavkeini yo'qotgan, lekin millat ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida saqlanib kolgan. Xalq ulardan quvvat olgan, ma'naviy oziqlangan, ular orqali o'z qadriyatlarini saqlagan.
Shu bilan birga bir-biridan farq qiladigan mafkuralar o'rtasidagi bahs-munozara hamda ularni murosaga keltirishga intiluvchi g'oyalar mavjudligi ham qadim zamonlardan buyon davom etib kelmoqda. Xuddi shunday bir-biridan farq qiladigan, ya'ni Xudo va ilohiy qadriyatlarni tamomila rad etuvchi ateizm va aynan shu xaqikatlarni mutlaqlashtiruvchi teizm o'rtasidagi bahs-munozara ham uzoq tarixga ega. Bu bahs – munozara hozir ham davom etmoqda.
XIX asrning 30-yillarida Frantsiyada imperator Napoleon shaxsiga siginish va faranglarni ulug'lash bilan bog'lik shovinizm g'oyalari keng yoyildi. Keyinchalik u bir hukmron millatni boshqa xalqlardan ustun qo'yadigan, yoki boshqa biror ijtimoiy sub'ektni mutlaqlashtiradigan mafkuraviy aqidaga aylanib ketdi. Bugungi kunda "Buyuk millatchilik shovinizmi", "Buyuk davlatchilik shovinizmi", "irqiy shovinizm" kabi iboralar uchrab turadi.
Insoniyat tarixida o'z talab-ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik, fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Bunday g'oyalar xalqlar boshiga ko'p kulfat va musibatlar solgan.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ba'zan buzg'unchi mafkura o'zining soxta jozibasi, aldov makri bilan omma ongini zax, jamiyatda hukmron mavqeini egallab olishi mumkin. Masalan, XX asrning 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g'alaba qozonishi nafaqat italyan va nemis xalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixning achchiq saboqlaridan biridir. Holbuki bu g'oyalar mazkur davlatlarda asr boshidanoq namoyon bo'la boshlagan edi.
Masalan, Italiyada 1910 yildan "Milliy g'oya" nomli jurnal chiqa boshlagan, unda ko'proq agressiv millatchilik targ'ib qilinar edi. Afsuski, o'z davrida bunga kam e'tibor berildi va u oxir oqibat hukmron g'oyaga aylandi. Ana shu sababdan ham bugungi kunda butun dunyodagi taraqqiyparvar gumanistik kuchlar bunday fojiali va noxush holatlar takrorlanmasligi uchun hamjihatlik bilan kurash olib borishi ijtimoiy zarurat bo'lib koldi.
Fashizm misoli g'oya va mafkura insonparvarlik va taraqqiyot tamoyillarini, xalq taqdiridagi yuksalish zaruratini, umuminsoniy qadriyatlarni o'zida aks ettirmasa, aksincha, bu intilishlarni rad etsa, mohiyatiga ko'ra ularga zid bo'lsa, u jamiyat tanazzuliga sabab bo'lishini yaqqol ko'rsatadi.
O'z tarixini, asosan XІX asrdan boshlagan ana shunday mafkuralardan biri – sinfiy antogonizm g'oyalarni mutlaqlashtirgan va hokimiyatni kurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasi edi. Sinfiy kurash g'oyasi asosiga kurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash'um iz qoldirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga zid taraflarga ajratib yubordi.
Sinfiy kurash chizig'i nafaqat ijtimoiy guruh va qatlamlar orqali, hatto oilalar va insonlar ruhiyati orqali ham o'tkazildi. Oqibatda "grajdanlar urushi"ga nazariy poydevor qo'yildi. Inson tabiatiga, uning mohiyati va ruhiyatiga zid bo'lgan birodarkushlik holati yaratildi. O'g'il otaga, uka akaga, do'st o'z birodariga qo'l ko'tarishi yoqlab chiqildi, rag'batlantirildi. Bular mardlik va sinfiy onglilik namunasi deb talqin etildi. Natijada milliy qadriyatlar toptaldi, millionlab kishilar halok bo'ldi, butun – butun xalqlar o'z vatanidan badarg'a qilindi.
Zo'rlik asosiga qurilgan va ziddiyatli tizimga asos bo'lgan bu mafkura dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan saltanat va sosialistik lager hududida etmish yil hukm surdi. Oxir-oqibat o'zining g'ayri insoniy va g'ayri milliy mohiyati, mustabid tabiati tufayli tanazzulga yuz tutdi. O'zi tayangan davlatni ham o'zi bilan birga olib ketdi.
G'vuz g'oya va unga asoslangan mafkuralarning eng ko'p tarqalgan shakllaridan biri diniy aqidaparastlikdir. Bunday g'oyalar muayyan davrlarda G'arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan, odamlarga ko'pdan-ko'p qabohatlar keltirgan.
Afsuski, bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga kadam kuyayotgan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga takdid solmoqda, muayyan xududlarni egallab olmoqda. Afsuski, bu g'oyalar ortidan ergashadiganlar hozir ham bor. Ular bunday g'oyalarga asoslanib tinch aholiga qarshi terrorchilik, zo'ravonlik kabi jinoyatlarni amalga oshiradilar, o'z niyatlarini qabih harakatlar orqali namoyon qildilar. Keyingi 15 yilda aqidaparastlar terrori natijasida 140 ming kishi halok bo'lgan Jazoir yoki 20 yildan ortikroq urush borayotgan Afg'oniston bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Xullas, aqidaparastlik, qanday shaklda bo'lmasin, hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdek xatarli bo'lib, odamlar boshiga ko'plab kulfatlar keltiradi. Hozirgi davrda ham hamma narsani inkor etishga, hech qanday ijtimoiy me'yor va qonun-qoidalarni tan olmaslikka da'vat etuvchi nigilizm, yoki ko'p hollarda vatansizlikni mutlaqlashtiradigan kosmopolitizm kabi mafkuralar turli ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda.
G'oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o'rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi. Ya'ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o'laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g'oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning Muzaffar bayrog'iga aylangan.

Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish