1. Geometrik grafika fani noyob adabiyotlaridan Evklidning «Negizlar», G. Monjning «Chizma geometriya» va sobiq ittifoq davrining dastlabki yillarida nashr etilgan o‘quv adabiyotlarining mazmuni bilan tanishtirib


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tarkibiga kiruvchi davlatlar olimlarining muhandislik grafikasi fani ilmiy yo‘nalishlari va fanga qo‘shgan hissalari



Download 36,56 Mb.
bet22/35
Sana09.06.2023
Hajmi36,56 Mb.
#950055
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
6. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tarkibiga kiruvchi davlatlar olimlarining muhandislik grafikasi fani ilmiy yo‘nalishlari va fanga qo‘shgan hissalari.
Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlaridan Rossiyadan keyin Ukrainada chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlarini rivojlanishi alohida o‘rin tutadi.
Ukrainada chizma geometriya fanini rivojlanishi hozirgi T.G.SHevchenko nomidagi Kiev davlat universitetida matematika va klassik geometriya fanlarini o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ukrainada chizma geometriya va chizmachilik fanlarini dastlabki rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar Kolotov S.M., Mogilniy I.M., Rozov S.V., A.T.CHalыy., N.L.Russkevich., A.I Korolevich va boshqalar hisoblanadi.
Professorlar I.M.Mogilniy., S.V.Rozovlar asosan, texnika oliy o‘quv yurtlarida chizmachilikni o‘qitish va u bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini birinchilar qatorida yaratgan bo‘lsalar, professor Kolotov S.M. va CHalыy T.A., N. L. Russkevich va Korolevichlar chizma geometriya fanidan oliy o‘quv yurtlari uchun mukkamal darsliklar va birinchi o‘quv qo‘llanmalarini yaratganlar.
P rofessor, texnika fanlari doktori, Stepan Mitrofanovich Kolotov (1880- 1965)
Kiev qurilish injenerlar institutida 20 yildan ko‘proq vaqtda ishlab ilmiy maktab yaratgan professor S. M. Kollotovning ijodiy faoliyati Ukrainada alohida o‘rinda turadi. SHuning uchun S. M. Kolotov ilmiy maktabi haqida to‘liqroq ma’lumotlar keltiramiz. U kishi asos solgan ilmiy maktab xozirgi kunda dunyoda eng yirik ilmiy maktablardan biri hisoblanadi.
XIX asrning boshlarida Rossiyada eng yaxshi qurilish oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Peterburgdagi fuqorolar injenerlari institutida Stepan Mitrofanovich Kolotov ta’lim olgan. U institutni 1913 yilda tugatib, shu institutda chizma geometriya kafedrasida ishlash uchun assistent lavozimida ishga qoldiriladi. SHu davrdan boshlab S.M. Kolotovning ilmiy va pedagogik faoliyati boshlanadi. 1916 yil Kolotov S.M. Kiev shahriga kelib arxitektura sohasida ishlaydi. 1918 yil S.M. Kolotov Kiev arxitektura jamiyatida katta ma’ruza qilib Oliy ta’limni rivojlantirish maqsadida Kievda oliy arxitektura maktabini yaratishni tavsiya qiladi. 1918 yilda Kiev arxitektura instituti tashkil qilinib, uni birinchi prorektori va chizma geometriya kafedrasining mudiri bo‘lib ishlay boshlaydi. Bu institutda ilmiy va metodik yo‘nalishlar bo‘yicha faol ishlagani uchun 1925 yilda S.M.Kolotovga professorlik ilmiy unvoni beriladi. 1926 yilda uning ilk bor yozgan kitobi «predmetning ortogonal proeksiyasiga asosan uning perspektivasini yasash» chop etiladi.
Ovoz to‘lqinlarining kasalligi tufayli S.M.Kolotov 1926-1930 yillarda O‘zbekistonda qurilish tashkilotlarida injener quruvchi sifatida ishlaydi. U Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand shaharlarida qurilish tashkiloti boshlig‘i, qurilish bo‘lim boshlig‘i, qurilish bosh boshqarmasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlaydi. U Samarqandda yashash uchun uylar, Tojikiston Maorif instituti loyihasi, Buxoro, Qorako‘l, Karmana, Termiz va boshqa shaharlarda paxta zavodlarini rekonstruksiya qilish kabi qator ishlarni bajarishda qatnashadi. Uning Samarqanddagi teatr binosining loyihasi va Kommunal bank, yashash uchun uylar loyihasi bilan tanlovda qatnashib, mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 1930 yilda S.M.Kolotov O‘rta Osiyo industrail institutiga (hozirgi TDTU) professorlikka taklif etiladi va u bu erda arxitektura loyihalash kafedrasiga 1944 yilgacha 1944 yilgacha mudirlik qilgan va chizma geometriya fanidan dars bergan. 1931 yilda Toshkentda doimiy ishlaydigan qurilish kurgazmasini loyihalaydi. U O‘zbekiston Halq ta’lim vazirligi buyurtmasi bilan bir nechta klublar loyihalaydi. 1932 yilda Stalinobod (hozirgi Dushanbe) mehnat saroyi, 1933-34 yillar O‘rta osiyo qurilish instituti, 1939 yilda Toshkentda Respublika kutubxonasi binolarining loyihalarini yaratadi. Bu davrda S.M.Kolotov ilmiy ishlaridan eng mashhuri oliy o‘quv yurtlari va texnikumlar uchun yozilgan va Moskvada chop etilgan «CHizma geometriya» darsligi hisoblanadi. Bu kitobda u chizma geometriya qoida-qonunlarini amaliy ishlar bilan yaqinlashtirilgan ya’ni, chizmalarni loyihalash ishlariga qo‘llanishlari keltirilgan. Darslik o‘zining metodik tomondan va osondan murakkabga qarab tuzilishi bilan hamda yordamchi proeksiyalash usulini birinchi marta bayon etilishi va uni pozitsion va metrik masalalarini echishda qo‘llanishi keltirilgan.
Kolotov S.M. O‘zbekistonda ishlagan davrida u O‘zbekiston arxitektorlar ittifoqining a’zosi va 1937 yilda Moskvada o‘tkazilgan I butun ittifoq arxitektorlar s’ezdining delegati bo‘lgan. 1939 yil S.M.Kolotov O‘zbekistondagi xizmatlari uchun uni Respublika oliy sovetining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlagan. 1939 yilda unga O‘rta Osiyo industrial qurilish instituti ilmiy kengashi qaroriga asosan SSSR Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan professorlik ilmiy unvoni tasdiqlangan. SHuning uchun prof. S.M. Kolotov O‘zbekistonda «CHizma geometriya» sohasidagi 1-professor hisoblanadi.
S.M.Kolotovning O‘zbekistonda ishlagan davrda yaratgan asarlari:
1. Nachertatelnaya geometriya. M-L. Gosmashmetizdat. 1933.
2. Metodika arxitekturnogo proektirovaniya. (Rukopis. 1934).
3. K voprosu o natsionalnoy arxitekture. (Rukopis. 1935).
4. Jilyo v Uzbekistane. (rukopis doklada na s’ezde arxitektorov).
5. Postroenie teney na fasadax bez ispolzovaniya plana. (Rukopis 1939).
6. Ispolzovanie metoda proektivnoy geometrii pri postroenii teney. (rukopis. 1940).
7. Iskusstvo i ego rol v jizni cheloveka (rukopis1943).
8. O prepodavanii nachertatelnoy geometrii (rukopis 1943).
9. Novыy priyom postroeniya perspektivы (rukopis 1944)
10. Priblijeniya teorii teney k praktike arxitekturnogo proektirovaniya.(rukopis 1945).
1944 yilda Ukraina arxitekturlar ittifoqi va arxitektura ishlari boshqarmasi tomonidan S.M.Kolotov Kievga taklif qilinadi va 1948 yilgacha sobiq SSSR arxitektura akademiyasining Ukraina filiali prezidium raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.
1945 yildan prof. S.M.Kolotov Kiev qurilish injenerlar instituti (hozir Kiev qurilish-arxitektura milliy universiteti) «CHizma geometriya va chizmachilik» kafedrasiga 20 yil rahbarlik qilgan.
SHu davrda prof. S.M.Kolotov sobiq SSSR miqiyosida kuchli ilmiy maktab yaratdi. U 1947 yildan boshlab aspirantlar qabul qilib ularga rahbarlik qildi. 20 yil davomida 32ta fan nomzodlari 05.01.01. «Amaliy geometriya va muxandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha tayyorladi.
U 1946 yil Ukraina arxitektorlar akademiyasining muxbir a’zoligiga saylanadi.
Prof. S.M.Kolotovning birinchi shogird fan nomzodlari YAnushevskiy S.K., Grushinskaya N.K., Panamaryon A.M., Mixaylenko V.E. lar 1949-1953 yillarda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Prof. S.M.Kolotov 15 yil davomida sobiq SSSR Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert komissiyasi a’zosi bo‘lgan va bu tashkilotning birnecha faxriy yorliqlari bilan mukofatlangan. Prof. S.M.Kolotovga 1961 yili Ukrainada xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi unvoni berilgan. U 1956 yilda «YOrdamchi proeksiyalash usuli» mavzusida texnika fanlari doktorlik ishini himoya qildi. O‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha u 1947 yil «Novoya teoriya teney», «Vspomogotelnaya proektirovanie», 1961 yilda Mixaylenko V.E., Dolskiy va boshqalar bilan birgalikda «Kurs nachertatelnogo geometrii» darsligini yaratdi.
Soyalarni yasashni yangi nazariyasini yaratishda u ob’ektlarni loyihalash amaliyotida qo‘llaniladigan nazariyalarni yaratdi. YAngi yasash usulida yordamchi proeksiyalash usuli keng qo‘llanilib, ob’ektning gorizontal proeksiyasidan umuman foydalanmasdan faqat bitta frontal proeksiyaning o‘zida soyalar yasash usullarini bergan.
Soyalar yasashning yangi nazariyasida keltirilgan yasashlarda Pille Bartelya tekisligida soya yasashlarni umumlashtiradi. Bunda Pile usuli xususiy hol bo‘lib qoladi.
Kolotov S.M. 1963 yilda Kiev qurilish injenerlari institut bazasida chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan Ukraina Respublikasida yagona bo‘lgan «Prikladnaya geometriya va injenernaya grafika» ilmiy maqolalar to‘plamini tashkil qildi. Bu to‘plamni nashr qilish ishlari bugungi kungacha davom etmoqda. 1950-1963 yillarda Ukraina Oliy o‘quv yurtlarida fanlar bo‘yicha alohida ilmiy to‘plamlar chop etilardi. Bu to‘plamlarda turli fanlardan ilmiy maqolalar shu jumladan chizma geometriya va muhandislik grafikasi kiritilgan.
1965 yil 13 martda S.M.Kolotov o‘limidan so‘ng kafedrada dotsent Mixaylenko V.E. rahbarlik qildi. U S.M.Kolotovni 3- o‘quvchisi bo‘lib, 1953 yili «Ob izobrajenii svetoteni v arxitekture» mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1972 yilda Moskva ilmiy kengashida «Prikladnaya geometriya arxitekturnыx obolochek» mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan.
Professor Kolotov ilmiy maktabi 1965 yillardan boshlab o‘zining yangi rivojlaniщ bosqichiga kirdi. Bu davrda kafedra 7-10 tacha aspirantlar qabul qilindi. Ularga turli ilmiy yo‘nalishlar aniqlandi. Aspirantlarga avval faqat S.M.Kolotov rahbarlik qilgan bo‘lsa, endi uning shogirdlari dotsentlar Mixaylenko V.E., Podgornыy A.L., Evstifeev L.F. rahbarlik qildilar.
«Prikladnaya geometriya i injenernaya grafika» ilmiy to‘plam muntazam ravishda yiliga 2 ta soni chop etildi. Unda faqat Ukraina olimlari emas, Rossiya va boshqa chet el olimlarining ham maqolalari chop etilmoqda. Masalan, MDH mamlakatlari olimlaridan Rossiya professorlari N.F.CHetveruxin, I.I.Kotov, N.N.Rыjov, V.S.Pervikova, V.S.Filippov, S.A.Frolov, S.A.Livitskiy, V.A.Osipov, G.S.Ivanov, A.M.Tevlin, V.I.YAkuninlar, Gruziya olimlaridan professor I.S.Djaparidze, Belorussiyadan prof. E.A.Starodetko, O‘zbekistondan professorlaridan SH.K.Murodov, D.F.Kuchkarova, R.K.Ismatullaev, J.YA.YOdgorov va boshqalarning ilmiy maqolalari chop etilgan.
1967 yilda «Narisna geometriya» (hammuolliflikda), 1972 yilda «Voprosы teoriya izobrajeniy» (tanlangan) kabi mashxur kitoblari chop etildi. SHuningdek Kolodub I.S. (S.M.Kolotovning qizi) va A.Naydenova tomonlaridan 2010 y yozilgan «Kolotov S.M.» kitobida professorning O‘zbekistonda yashagan davrlari va ilmiy faoliyati to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumotlar berilgan. Kolotovdan keyin uning ilmiy maktabiga Ukraina oliy maktab akademiyasi va qurilish akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor V. E. Mixayelenko rahbarlik qildi. U o‘z uztozi S. M. Kolotovning boshlagan yo‘lini davom ettirdi va chizma geometriyaning dunyodagi eng kuchli ilmiy maktabini yaratdi.

Download 36,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish