P rofessor, texnika fanlari doktori Mixaylenko V.E. V.E. Mixaylnko 1927 yil 16 mayda Ukrainaning Xarkov viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini u 1943 yildan Qozog‘istonda evakuatsiya davrida Jambul qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash maktabini bitirgandan so‘ng boshlagan. O‘rta maktabni oltin medal bilan Jitomir shahrida 1944 yilda tugatgan. SHu yili Kiev qurilish injenerlari instituti (hozirgi Kiev qurilish-arxitektura Milliy universiteti) ning arxitektura fakultetiga o‘qishga kiradi. Institutni imtiyozli diplom bilan tugatgandan so‘ng «CHizma geometrich va chizmachilik» kafedra aspiranturasiga tavsiya etilgan.
Mixaylenko V.E. 1953 yilda «Ob izobrajeniy svetoteni v arxitekture» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini prof. S.M. Kolotovning rahbarligida himoya qiladi. U 1952 yildan beri o‘zi o‘qigan institutda assistent, dotsent va 1965 yildan kafedra mudiri bo‘lib ishlaydi. 1972 yilda Mixaylenko V.E. Moskvada prof. N.N. Rыjov rahbarligida «Prikladnaya geometriya arxitekturnыx obolochek» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1974 yilda unga professorlik ilmiy unvoni tasdiqlanadi. 1976-1986 yillarda prof. Mixaylenko V.E. Kiev qurilish injenerlar institutida ilmiy ishlar prorektori bo‘lib ishlaydi. SHu davrda u O‘zbekistondan (ayniqsa Samarqand arxitektura qurilish instituti) borgan barcha injenerlik fanlari sohalarida tadqiqotlar olib borgan aspirantlar, doktorantlarga prorektor vazifasini bajargan holda turli yordamlarini bergan.
Prof. Mixaylenko V.E. o‘zi ishlagan kafedrada va qolaversa butun Ukrainada uning ustozi prof. S.M.Kolotov yaratgan ilmiy maktab ishlarini jadal rivojlantirdi. U «CHizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanlari bo‘yicha aspirantlar qabul qilishni kengaytirdi. Ilmiy rahbarlikka kafedra yosh olimlaridan S.N.Kavalyov, N.I.Sidletsskaya, V.A. Anpilogova, K.O. Sazanov va boshqalarni jalb qildi. Natijada uning shaxsan o‘zi O‘zbekiston uchun 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha 14 ta fan nomzodi va 1 ta fan doktori tayyorlashga rahbarlik qildi. Ulardan hozirgi kunda mamlakatimizda 4 tasi professor ilmiy unvoniga ega bo‘lib faol ishlamoqdalar. Prof. V.E.Mixaylenko ilmiy maktabi tomonidan Respublikamizga 28 ta fan nomzodlari tayyorlangan.
Prof. Mixaylenko V.E. «CHizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanlarida ilmiy xodimlar tayyorlashda bizning fikrimizcha tengi yo‘q olim bo‘lsa kerak. U 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» hamda 05.01.03 «Texnika estetikasi» bo‘yicha 70 ta fan nomzodi va 10ta fan doktori tayyorlagan.
Uning shogirdlari Ukraina, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Moldava, Buryatiya va Livan mamlakatlarida faol ishlamoqdalar.
Prof. Mixaylenko V.E. ilmiy ishlari Ukraina va chet ellarda chop etilgan 10ta avtorlik guvohnomasi, 25ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va spravochniklar o‘zi va hammuoliflikda chop etgan.
Prof. V.E. Mixaylenko Ukrainaning 2ta akademiyasiga (Oliy maktab va qurilish Akademiyalariga) akademiklikka saylandi. Bu akademiyalarda u «CHizma geometriya, muxandislik va komp’yuter grafikasi» fanlari o‘quv metodik seksiyasining raisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda. Prof. V.E. Mixaylenko birnecha yillardan beri Kiev qurilish injenerlari institutida 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» fanlari va 05.01.03. «Texnika estetikasi» sohalari bo‘yicha maxsus doktorlik ilmiy kengashining raisi sifatida faoliyat ko‘rsotmoqda.
Professor Mixaylenko V.E. 1965 yildan beri Kievda doimiy chop etiladigan (har yili 2ta kitob chop etiladi) «Prikladnaya geometriya va injenernaya grafika» ilmiy maqolalar to‘plami redkolegiyasining raisi hisoblanadi. Bu to‘plam Ukraina Oliy o‘quv yurtlari «CHizma geometriya va muxandislik grafikasi» fan o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, aspirant va doktorantlari ilmiy ishlarini chop etish uchun tashkil qilingan bo‘lib hozirgacha 82 ta soni nashrdan chiqqan.
«Prikladnaya geometriya i injenernaya grafika» ilmiy maqolalar to‘plamining tashkil bo‘lganidan boshlab 3200 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. Unda 2001 yilda Kievda o‘tkazilgan chizma geometriya va muhandislik grafikasi, kompyuter grafikasi bo‘yicha butun dunyo konferensiyasi materiallari va umuman o‘tkazilgan 10 ta dunyo konferensiyalari haqida to‘liq ma’lumot keltirilgan. Prikladnaya geometriya va injenernaya grafika maqolalar to‘plamida, Kievda himoya qilingan ilmiy ishlar ro‘yxatlari (1945 yildan hozirgacha) va bir qator chet el va Rossiya shu jumladan O‘zbekistondan professor R.Xorunov va SH.K.Murodovlarning hayoti va faoliyati haqidagi maqolalar o‘rin olgan professorlar to‘g‘risida, ularning hayoti, ilmiy faoliyatlari ham chop etilgan.
1963 yildan boshlab Respublikamiz pedagoglaridan SH.K.Murodov birinchi bo‘lib Kiyevdagi prof. S.M.Kolotov ilmiy maktabiga aspranturaga o‘qishga kirishi tufayli Ukraina olimlari bilan ilmiy bog‘lanishlar paydo bo‘ldi. 1968 yilda dots. V.E.Mixaylenkoning Buxoro va Samarqand Oliy o‘quv yurtlariga kelib ma’ruzalar o‘qishi va undan keyingi yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Qo‘qon, CHimkent va Jambul shaharlariga bir necha bor kelishi va har kelganida ilmiy seminarlar o‘tkazib izlanuvchi va aspirantlar tanlashi O‘zbekiston va qo‘shni respublikalarda fanni rivojlanishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Natijada Respublikamizda mavjud 35 fan nomzodlaridan 28 tasi shu ilmiy maktabda dissertatsiya himoya qilganlar va ulardan hozirgi kunda 4 tasi (Murodov SH.K., YOdgorov J.YO., Ismatullaev R.Q., Qo‘chqorova D.F.) professor ilmiy unvoniga va bittasi fan doktori ilmiy darajasiga (Qo‘yaqorova D.F.) ega bo‘ldilar.