Professor V.O. Gordon (1892-1971). CHizma geometriya sohasida Sovet davrining yirik olimlaridan hisoblanadi. U Moskvadagi stanoklar yasash institutida ko‘p yillar kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 1936 yilda M.A.Semensov-Ogievskiy bilan (1950 yil o‘lgan) birgalikda Oliy texnika o‘quv yurtlari talabalari uchun «CHizma geometriya» kursi o‘quv qo‘llanmasini yaratdilar. Bu kitob o‘zining sodda yozilishi va materiallarni sistematik ravishda ketma-ket bayon etilishi oson o‘qilishi bilan o‘sha davr darsliklaridan ancha farq qilgan. Mualliflar geometrik figuralar fazoda va proeksiyalarda belgilashda XIX asr rus olimlari N.I.Makarov va V.I.Kurdyumov belgilashlarini kiritganlar. Kitobning oxiri 23 nashridan boshlab professor V.O.Gordonning shogirdi YU.B.Ivanov tomonidan hozirgi zamon belgilashlari kiritilgan.
Professor V.O.Gordon fizika-matematika fanlari nomzodi, texnika fanlari doktori sobiq SSSR OAKda birnecha yillar ekspert a’zosi bo‘lgan. U umum ta’lim maktablari uchun chizmachilikdan birinchilardan bo‘lib darsligik yozgan.
1941-1945 yillarda Toshkent To‘qimachilik va engil sanoat instituti «CHizma geometriya va chizmachilik» kafedrasiga rahbarlik qilgan. U shu davrda o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyati bilan chizma geometriya fanini nazariy va umumta’lim maktablarida o‘kitiladigan «CHizmachilik» predmetini metodik tomondan rivojlantishga katta hissa qo‘shgan. SHu yillarda V.O. Gordon 1936 yilda yozilgan «CHizma geometriya kursi» kitobi mazmunini nazariy jihatdan ancha boyitib chop ettirdi. Hozirgi kunda bu kitob 23 martda kayta nashr qilinib, Rossiya oliy texnika o‘quv yurtlari uchun asosiy klassik darsliklardan biri hisoblanada.
Professor CHetveruxin Nikolay Fedorovich (1891-1974) P rofessor N.F.CHetveruxin 1891 yilda Rossiya Federatsiyasining YAroslavl shahrida tug‘ilgan. 1910 yilda gimnaziyani kumush medal bilan tugatgan va Moskva universitetiga o‘qishga kirib, uni muvoffaqiyatli tugatib universitetga professorlikka tayyorlanish uchun qoldirilgan (o‘sha paytlarda aspirantlar shunday deb yuritilgan). U professor Vlasovning «Haqiqiy sintetik geometriya» fani bo‘yicha ma’ruzalarni tinglaydi. «CHizma geometriya kursi»ni N.I.Merxalovdan eshitgan. Dastlab uning ilmiy ishlariga ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlar bilimdoni atoqli matematik professor N.N. Luzin rahbarlik qilgan.
Prof. N.F.CHetveruxin dars berishni o‘zi o‘qigan Moskva universitetida B.K.Mlodzievskiy rahbarligida «Tasvirlash nazariyasi» fanini o‘qitishdan boshlagan.
Prof. N.F.CHetveruxinning pedagogik faoliyati davrida har-xil o‘quvchilar bo‘lgan. 1930 yilda N.F.CHetveruxinga o‘qigan talabalaridan atoqli akademiklar bo‘lib etishganlardan M.V.Keldыsh, CH.G.Petrovskiy, Malvuevlarni alohida keltirish mumkin. Bu uch olim SSSR FA akademiklari bo‘lib ular butun dunyoga taniqlidir.
N.F.CHetveruxin o‘zining ilmiy faoliyatini abstrakt geometriya tuzish yo‘nalishidan boshlagan. Ammo tez orada u proektiv geometriya va uni bir bo‘lagi bo‘lgan «CHizma geometriya» fanlari bilan shug‘ullanishga kirishdi. Uning «CHizma geometriya» sohasidagi bir qator ishlari Sovet geometrlarini otaqli arbobi sifatida sobiq SSSR da va chet ellarda tanitdi. 1941 yildan boshlab N.F.CHetveruxin Moskva aviatsiya institutiga ishlab «CHizma geometriya» kafedrasini boshqardi. U 1943 yilda Alma-Ota shahrida «Teoriya uslovnыx izobrajeniy» mavzusida fizika-matematika fanlari doktori ilmiy daraja olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan. SHu bilan birga aviatsiya sanoatiga tegishli bir qator fundamental ilmiy ishlar yaratdi. Kafedrada «CHizma geometriya» fani bo‘yicha ilmiy maktabni tashkil qildi.
1946 yilda N.F.CHetveruxin Moskva shahridagi «CHizma geometriya va grafika» ilmiy seminarini tashkil qiladi va umirining oxirigacha uning rahbari bo‘lib kelgan.
1945 yilda N.F.CHetveruxin SSSR pedagogika fanlari Akademiyasining muxbir a’zoligiga saylandi.
Fizika-matematika fanlari doktori professor N.F.CHetveruxinning «Tasvirlash nazariyasiga» tegishli ilmiy tekshirish ishlaridan eng salohiyatli asarlari va ilmiy risolalari 90 tadan oshadi. Uning tomonidan «Oliy geometriya», «Proektiv geometriya», «Grafik yasashlar metodlari», «Geometriya kursida fazoviy figuralar chizmalari», «Preksion chizmalarda steremetrik masalalar», «CHizma geometriya kursi» kitoblari klassik xarakterga ega bo‘lgan kitoblar hisoblanadi. U «Geometriya fanini o‘qitishda dunyoqarash masalalari» kitobida filosofiya va geometriya fanlarining uzviy bog‘liqligi va bir-birini to‘ldiruvchi fanlar ekanini isbotlagan.
Prof. N.F.CHetveruxin o‘zining butun umri davomida sobiq SSSR maorif vazirligi, Pedagogika fanlar Akademiyasida, SSSR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida katta jamoa ishlarini olib bordi.
Prof. N.F.CHetveruxinning ilmiy faoliyatining eng samarali davrlari Moskva aviatsiya instituti bilan bog‘liq bo‘lib u bu institutga 1941 yildan umrining oxirigacha ishladi. 1967 yilgacha N.F.CHetveruxin MAIda «Amaliy geometriya» kafedrasiga mudirlik qilgan. So‘ngra u bu kafedrani o‘zining shogirdi prof. I.I.Kotovga topshirdi.
Prof. N.F.CHetveruxinning samarali ishlari uchun unga Lenin ordeni, mehnat qizil bayroq ordeni, qizil yulduz va ko‘p medallar bilan mukofatlangan. Pedagogika sohasidagi ishlari uchun SSSR pedagogika fanlar Akademiyasining akademigi etib saylangan N.F.CHetveruxinni Ushinskiy medali bilan mukofatlangan. Prof. N.F.CHetveruxin RSFSR da xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.