1. Geometrik grafika fani noyob adabiyotlaridan Evklidning «Negizlar», G. Monjning «Chizma geometriya» va sobiq ittifoq davrining dastlabki yillarida nashr etilgan o‘quv adabiyotlarining mazmuni bilan tanishtirib


Professor, texnika fanlari doktori Kotov Ivan



Download 36,56 Mb.
bet21/35
Sana09.06.2023
Hajmi36,56 Mb.
#950055
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Professor, texnika fanlari doktori Kotov Ivan
Ivanovich (1909-1976)
M oskva aviatsion institut «Amaliy geometriya» kafedrasi professori, texnika fanlari doktori I.I.Kotov 20 oktyabr 1909 yilda Volga daryosi bo‘yidagi Kamыshin (RF)da tug‘ilgan. 1929 yilda Moskvada ko‘chib kelib Moskva pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. Kotov I.I. institutda yaxshi o‘qigani tufayli unga «Tasvirlash nazariyasi» kursidan dars bergan professor N.F.CHetveruxinning nazariga tushadi. SHu sababli bo‘lsa kerak u N.F.CHetveruxin maktabining hamma bosqichlarida eng yaxshi shogird hisoblangan. 1933 yilda I.I.Kotov fizika-matematika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini professor N.F.CHetveruxin rahbarligida himoya qiladi. 1938-1939 yillar I.I.Astraxan pedagogika institutiga kafedra mudiri bo‘lib ishlaydi. 1939 yildan boshlab I.I.Kotov Moskvaga qaytib kelib sanoat Akademiyasiga ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi. 1941 yili Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi Bilan u o‘z ixtiyori Bilan Moskva shahrini himoya qilish uchun armiya safiga jo‘naydi va 1945 yilgacha frontning eng jangar joylarida ishtirok etadi. Armiya xizmatidan so‘ng N.F.CHetveruxin taklifi Bilan I.I.Kotov Moskva aviatsiya instituti «Amaliy geometriya» kafedrasiga ishga taklif etiladi va uning butun qolgan umri shu kafedra faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘z ustozi prof. N.F.CHetveruxin ishlarini sodiq shogird sifatida rivojlantiradi va davom ettiradi.
I.I.Kotovning Moskva ilmiy seminarlarida «O nekotorыx voprosax teoriya izobrajeniy» mavzusida qilgan ma’ruzasi chizma geometriya fanini rivojlantirishga alohida o‘rin tutadi.
Ukraina ilmiy maktabinig rahbari prof. S.M.Kolotov «Vspomogatelnoe proektirovaniya» metodini ishlab chiqib uni metrik va pozitsion masalalarni echishda qo‘llanishini, hamda bu usulni nazariy va amaliy tomonlarini ko‘rsatgan bo‘lsa ham Moskvadagi yuqori darajadagi ayrim geometrlar bu usulni tan olmagan edilar. Ammo prof. I.I.Kotov o‘zining ilmiy maqolalarida va ma’ruzalarida prof. S.M.Kolotov usulini afzalligini ko‘rsatgan.
1956-1959 yillarda prof. I.I.Kotov chizma geometriya fanini rivojlantirishga qo‘shgan fundamental ishlarni chop ettirdi. Ularga quyidagilar kiradi.
«Kombinirovanie izobrajeniya i prinsip dvoystvennosti v nachertatelnoy geometrii i eyo prilojeniya»
«Geometricheskie osnovы klyuchevыx metodov obrazovaniya poverxnostey», «Sravnitelnыy analiz klyuchevыx metodov», «O polnate izobrajeniy lineychatыx poverxnostey», «Ob odnom metode issledovaniya siklicheskix poverxnostey» va boshqalar.
Professor N.F.CHetveruxinning sevimli shogirdlaridan biri I.I.Kotovga 1961 yil noyabrida SSSR OAK tomonidan texnika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.
Professor Kotov I.I. doktorlik dissertatsiyasidan so‘ng 70 dan oshiq salohiyatli ilmiy ishlari: monografiya, darslik, ilmiy maqolalarni EHM-larini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga tegishlidir.
1962 yilda I.I.Kotov birinchilardan bo‘lib Moskvada «Kibernetika grafikasi» ilmiy seminar tashkil qildi. Bu seminarda chizma geometriya masalalarini xususan sirtlarga tegishli masalalarni EHM yordamida echish usullari haqida bir qator ma’ruzalar qilindi.
1973 yilda Moskva geometrlari Moskva aviatsiya instituti «Amaliy geometriya» kafedrasining 25-yilligi va «Kibernetika grafika» seminarining 10 yillik yig‘ilishini N.F.CHetveruxin va I.I.Kotovlar shunday tashkil qildilarki, bu seminar Butun Ittifoq Amaliy geometriyachilarning forumiga aylandi va unda asosiy ma’ruzani I.I.Kotov qildi.
I.I.Kotov «Analitik va chizma geometriya kurslarini» birlashtiruvchi va «Algebrani chizma geometriyada qo‘llanishi» kitoblari muallifidir. Bu kitoblar kamp’yuter grafika fani uchun asos hisoblanadi. Bulardan tashqari I.I.Kotovning ilmiy tadqiqot ishlari amaliy geometriya sohasida alohida o‘ringa turadi:
Prof. Kotov I.I. o‘rta Osiyo, Sibir, Ukraina va Belorussiya, Povolje hamda boltiq bo‘yi mamlakatlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda kata xizmatlar ko‘rsatgan va 50 dan ortiq Fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlagan. U o‘z maslahatlari bilan Ukrainadagi Fan doktorlaridan G.N.Nikolaevskiy, M.M. YUditskiy, V.E. Mixaylenko, V.M.Naydыshlarga kata yordam bergan. 1967 yilda I.I.Kotov va N.N.Rыjovlarning Xarkov shahrida o‘tkazilgan Butun Ittifoq konferensiyasidagi ilmiy ma’ruzalari mazmun jihatidan alohida o‘rinda turadi.
RSFSR da xizmat ko‘rsatgan Fan va texnika arbobi prof. Kotov I.I.- sovet davridagi «CHizma va amaliy geometriya» fanlarining yirik arbobi hisoblanadi.



Download 36,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish