P rofessor, texnika fanlari doktori N.A.Rыnin (1877-1943) tasvirlash usullari sohasida ko‘pgina asarlar yozgan olim hisoblanadi. Uning «CHizma geometriya», «Son belgili proeksiyalar», «Perspektiva», «CHiziqli perspektiva elementlari» kitoblari chizma geometriya fanini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. N.A.Rыnin rus olimlaridan birinchi bo‘lib chizma geometriyani proektiv geometriya bilan bog‘lab o‘qitish va «CHizma geometriyaning ahamiyati va uning metodlarini taqqoslash», «Tasvirlash metodlari», «Tekis figuralar transformatsiyasi» kabi ko‘p ilmiy asarlar yozib qoldirgan. N.A.Rыnin «CHizma geometriya masalalar to‘plami», «Proektiv geometriya elementlari va ularni aerofotos’emkada qo‘llanishi», «Kinematografiya», «Kino perspektiva va uni aviatsiyada qo‘llanilishi», «Aksonometriya va uni mexanikada qo‘llanilishi» va boshqa bir qator asarlarni yaratish bilan grafika fanini rivojlantirgan hamda uni boshqa fanlarga tadbig‘ini keng ko‘rsatib bergan olim hisoblanadi.
P rofessor D.I.Kargin (1880-1945) o‘zining ko‘p sonli ilmiy tekshirish ishlari bilan chizma geometriya va injenerlik grafikasi faniga katta xissa qo‘shgan olim. U grafik hisoblashlar va yasashlarni aniq bajarish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borgan. SHrift grafikasi bo‘yicha buyuk mutaxassis bo‘lgan. D.I.Kargin grafika fani bo‘yicha birinchi fan doktori hisoblanadi. U 1947 yilda G.Monjning «CHizma geometriya» kitobini rus tilidagi tarjimasining ilova qismida chizma geometriya tarixi maqolasini yozgan. Professor D.I.Kargin bir necha yillar davomida Leningrad ilmiy seminariga rahbarlik qilgan.
Professor N.A.Glagolev (1888-1945) atoqli sovet geometri bo‘lib, Sovet davridagi proektiv maktabning rahbarlaridan biri hisoblanadi. 1922-23 yillarda Moskvadagi Bauman nomli oliy texnika o‘quv yurtining injener quruvchi fakulteti talabalariga chizma geometriya kursini proektiv geometriya asosida o‘qigan. 1923 yilda shu kurs asosida konspekt chop etgan. U nomografiya va yasashlarni mexanizatsiyalashtirish kabi ishlarni chizma geometriya faniga kiritgan. Uning chizma geometriya fanidan original darslgida pozitsion va metrik masalalarni qardoshlik mosligi asosida bayon etgan. Professor N.A.Glagolev Moskva universitetida chizma geometriya fanidan dars bergan va ilmiy izlanishlar olib borgan.
Professor A.I.Dobryakov (1895-1948) tomonidan 1952 yilda chop etilgan «CHizma geometriya kursi» ancha mukammal darslik hisoblanib, arxitektura-qurilish institutlari uchun yozilgan bo‘lib, kitobda arxitektura fragmentlarining turli elementlarida soyalar va perspektiv yasashlar to‘liq ko‘rsatilgan. Bu klassik darslikda chizma geometriyaning barcha bo‘limlari nazariy tomondan berilgan bo‘lib, ularning tadbig‘i qurilishning turli injenerlik sohalarida keltirilgan. Professor A.I.Dobryakov tomonidan sirtlarni kesishish usullari, sirtlarni klassifikatsiyasining nazariyasi kabi ishlanishlar ham bajarilgan. A.I.Dobryakov chizma geometriya va chizmachilik fanlari bo‘yicha sobiq SSSR Oliy attestatsiya kamissiyasiga N.A.Rыnindan keyin raislik qilgan.
C Hizma geometriya va muhandislik grafikasini rivojlantirishda o‘zlarining eng ko‘p xissalalarini qo‘shgan Sovet geometrlaridan Rossiya professorlari I.I.Kotov, N.N.Rыjov, S.A.Frolov, A.V.Bubennikov va boshqalarning xizmatlari juda kattadir.