1. Fizik kechalarni tashkil etish va o’tkazish bo’yich uslubiy tavsiya



Download 0,66 Mb.
bet9/27
Sana06.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#324397
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
3-Mavzu Fizikadan sinfdan tashqari ishlar, sayllar va ularni o’tish metodikasi

III. Sardorlar bellashuvi

1.Moddaning agregat holatini tushuntiring.

2. Moddaning suyuq holati qanday xarakterlanadi.

3. Moddaning gaz holati qanday xarakterlanadi.

4. Moddaning qattiq holati qanday xarakterlanadi.

5.Molekulani tushuntiring.

6. Qattiq jism molekulalarini joylashish holatini tushuntiring.

7.Konveksiya hodisasini tushuntiring.

8.Energiya nima?

9.Fizika nimani o‘rganadi?

10.Fizikani bo‘limlarini ayting

IV. Sahna ko‘rinishi erkin tayyorlanadi.


  1. Fizikadan fakultativ mashg'ulotlar.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so'ng yosh avlodni tarbiyalash, unga ta'lim berish jarayoniga alohida e'tibor berib kelinmoqda.

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi yosh avlodni tarbiyalash va ta'lim berishning strategik maqsad-larini belgilab berdi va ta'lim sistemasini tubdan isloh etishni rejalashtirdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatda 12 yillik majburiy ta'lim tizimiga o'tish rejalashtirilgan. U 9 yillik umumiy ta'lim jarayoni, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ko'rinishida 3 yillik majburiy ta'limdan iborat bo'ladi. Keyingi uch yillik ta'lim hamma o'quvchilarni to'liq jalb etib, u o'quvchilarning iqtidori, qiziqishi, mamlakat uchun zarur bo'lgan kasblar yo'nalishi va boshqa dalillarni hisobga olingan holda rejalashtiriladi.

Ko'pgina bolalarda fizikaga qiziqish 14-15 yoshidan boshlanadi.Xuddi shu yoshdan fizika o'qitishni differensiatsiyalash maqsadga muvofiqdir (8-9-sinflarda). Hozir differensiatsyalashgan o'qitishning 3 ta shakli mavjuddir:

l.Fakultativ mashg'ulotlar (o'quvchilar tanlaydigan kurslar).

2. Fizika chuqurlashlirib o'qitiladigan sinflar.

3. Universitet va ilmiy tekshirish institutlari qoshida tashkil etilgan ixtisoslashgan Akademik litseylar.

Fakultativ mashg'ulotlar fizikadan bilimni chuqurlashtirish, o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadi. Fizikadan fakultativ kursni o'rganish uchun bitta yoki parallel sinflardan xohlovchi o'quvchilardan guruh tashkil qilinib, unda o'quvchilar soni 15 tadan kam bo'lmasligi lozim. O'quvchilar o'zlari u yoki bu fakultativ kursni tanlaydi, ular mashg'ulotlarga to'la qatnashadi, vazifalarni bajarib boradi va oxirida zachyot topshiradi.

Fakultativ mashg'ulotlarda turli ish shakllaridan foydala-niladi: o'qituvchi ma'ruza va bayon qilishi, seminar mash-g'uloti, o'quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, laboratoriya ishlarini bajarish, tajribalar o'tkazish va hokazo.

Xozirgi vaqtda o'quvchilarning qiziqishlarini, fizika xonasining jihozlanishini va o’quv yurtidaatrofidagi ishlab chiqarish korxonalarini e'tiborga olgan holda o'qituvchi mos keladigan fakultativ kursni tanlashi mumkin. Fakultativ kurslar turlicha bo'iadi:

Maxsus kurslar.Bu kurslar o'quvchilarning ilmiy dunyo-qarashlarini shakillantirishga qaratilgan bo'lib, fizikaning u yoki bu bo'limini chuquro'rganadi, fizika qonunlarini amalda qo'llanishi bilan tanishish imkoniyatlari kengayadi. "Optik hodisalar", "Termodinamika va molekular fizika asoslari", "Fizik masalalar yechish " kabi maxsus kurslarni o'rganish yaxshi natijalar beradi.

Amaliy fizika kurslari.Bu kurslarning asosiy vazifasi fizik qonun va hodisalarning muhim qo'llanish yo'llari va usullari bilan tanishtirish hamda hozirgi zamon texnikasiga qiziqishni orttirishdan iborat. Mexanizatsiya asoslarini o'rganishga bag'ishlangan amaliy fizika kursi, avtomatika elementlarini o'rganishga oid amaliy fizika kursi, elektronika asoslarini o'rganishga oid amaliy fizika kursi, «Fizika va qish-loq xo'jaligi» kabi kurslarni o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Yuqari darajali fizika kurslari.Bu xildagi fakultativ kurslar fundamental fizik nazariyalarni to'laroq holda o'z ichiga oladi. «Issiqlik, elektr va yorug'lik hodisalari», «Mexanika»,«Molekular fizika», «Elektrodinamika», «Tebranishlar. To'lqinlar. Kvantlar» kabi fakultativ mashg'ulotlarni ko'rib chiqish ijobiy natijalar beradi.

Predmetlararo mazmunga ega bo'lgan fakultativ kurslarni o'rganish ham katta ahamiyatga ega.

«Fizika-astronomiya» ga oid fakultativ kurslar quyidagilardir: «Koinotda Yer», «Kosmonavtika asoslari», «Kosmos fizikasi» va hokazo.

«Fizika-matematika-informatika va hisoblash texnikasi» ga oid fakultativ kurslar: «Kibernetika elementlari», «Fizika va kompyuter».

«Fizika-kimyo» ga oid fakultativ kurslar: «Modda tuzilishi va hossasi».

«Fizika-kimyo- biologiya-astronomiya-jamiyatshu-noslik»ka oid fakultativ kurslar: «Dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi».

«Fizika va ekologiya» ga oid fakultativ kurslar: «Salomatik va atrof muhit», «Texnika va atrof muhit», «Biosfera va inson».

Fakultativ kursni o'rgangandan keyin yakuniy konferensiya o'tkazish maqsadga muvofiqdir.Unda o'quvchilar o'z bilimlarini namoyish qiladi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish